O‘zgartirishdagi xato fikrlar va izlanishlar

30
0

بسم الله الرحمن الرحيم

YO‘L

3 fasl

O‘zgartirishdagi xato fikrlar va izlanishlar

Bu Ummatning “fikriy tabib”lari bo‘lmish mufakkirlar Ummatga bir qancha choralarni qo‘llab ko‘rdilar. Biroq ular Ummatni taraqqiyot karvoniga qo‘shilib olishiga yo‘l bermayotgan, uni halokatga yetaklab ketayotgan kasallikdan forig‘ eta olmadilar. Biz yashayotgan hozirgi qora achchiq voqelik ularning muvaffaqqiyatsizliklariga dalildir.

Ushbu tabiblarning muvaffaqqiyatsizligini asosiy omillarini diqqat bilan tekshirib chiqsak, ular ikkita asosiy omildan biri ekanligini ko‘ramiz:

Birinchisi, ular kasallikni to‘g‘ri aniqlay olmaganlar, o‘z navbatida kerakli “dori”ni bera olmaganlar.

 Ikkinchisi, ular kasallikni to‘g‘ri aniqlashgan va uni dorisini ham bilishgan. Lekin kasalga — Ummatga — dorini to‘g‘ri tarzda va zarur miqdorda bera olmaganlar. Kasalga dorini og‘zidan berish o‘rniga orqasidan berishgan. Har kuni dorini uch martadan berish o‘rniga yo bir marta yoki o‘n marta berishgan.

Shuning uchun avvalo zarur dorini, to‘g‘ri muolajani axtarish kerak. Ummatga bu muolajani belgilashdan oldin unga to‘liq ishonch hosil qilish zarur. Bu muolajani Ummatga bildirishdan oldin u tajribada sinalgan, muvaffaqqiyati isbotlangan bo‘lishi zarur. Chunki bu bechora Ummat ustida qo‘llanilgan tajribalarni ko‘pligidan yangidan tajriba o‘tkazishga, igna sanchishga yaraydigan biror tomiri, bo‘g‘ini, bo‘sh joyi qolmagan. Bu Ummat keragidan ortiq azob-uqubot tortdi. Bu esa, “shu muolajadan boshqa muolaja yo‘q” ekanligiga dalil bo‘luvchi qat’iy yo‘llar bilan foyda berishi isbotlanmagan har qanday muolajani rad etishga Ummatni haqli qilib qo‘ydi.

Shundan kelib chiqib, “to‘g‘riligi aniq muolaja”ni bayon qilishdan oldin tajriba kilinib, yaroqsizligi isbotlangan ba’zi muolajalarni Ummatga aytib o‘tishni lozim ko‘rdik. Ba’zilar ushbu muolajalarni yaroqsizligiga, noto‘g‘riligiga qaramay hamon ularga da’vat qilishyapti,

Ularning eng muhimlari:

 1 — Iqtisod orqali uyg‘onish.

Ba’zi insonlar o‘ylashdiki – hatto ayrim insonlar hamon o‘ylashyapdiki – boshimizdan kechirayotgan tubanlik va olam karvonidan orqada qolishning sababi — iqtisodiy qoloqlikda, shu jumladan boylikning kamligi, milliy va xususiy daromadning pastligi, iqtisodiy manbalarni yetishmasligi, sanoat mahsulotlarini yetarli emasligida va hokazo. Ular aytdilarki: iqtisodiy rivojlanishni vujudga keltirish uchun harakat qilish  uyg‘onishning asosidir. Bu fikrning yaroqsizligi shundaki:

a)  Jahondagi birinchi davlat bo‘lgan Amerika iqtisod yoki shunga o‘xshash narsa asosida uyg‘ongan emas. Chunki u ozodlikka erishib uyg‘ongunga qadar Angliyani mustamlakasi edi. Britaniya uni boyliklari va imkoniyatlarini ekspluatatsiya qilar edi. U uyg‘ongunga qadar ahvol shunday davom etdi. Uyg‘ongandan so‘ng, bir necha yillar o‘tishi  bilanoq uning iqtisodiy, sanoat va  harbiy  rivojlanishi ko‘rina boshladi va hokazo..

Mana u iqtisodi zaif bo‘la turib qanday uyg‘ondi?

b) Chor Rossiyasi iqtisodi zaif davlatlardan edi. Hukmron bo‘lib turgan podshohlik nizomi o‘zgargunga qadar ahvol shundayligicha qoldi. Yangi (ya’ni sotsialistik)sistema hokimiyat tepasiga kelib, bir qancha yillar o‘tgach uning iqtisodiy rivojlanishi ko‘zga yaqqol tashlandi.

Mana u iqtisodi qoloq bo‘la turib qanday uyg‘ondi?!

v) Agar boylik-qashshoqlik, milliy va xususiy iqtisodiy daromad miqdori taraqqiyot-rivojlanish o‘lchovlari bo‘lsa, u holda Fors ko‘rfazi davlatlari, Saudiya kabi arab davlatlari ba’zi uyg‘ongan davlatlardan ko‘ra rivojlangan bo‘lishi kerak edi-ku? Nimaga Yevropa davlatlari uyg‘onganu, bu arab davlatlari uyg‘onmagan?

Yuqoridagi fikrlardan «iqtisod – uyg‘onishga-taraqqiyotga asos bo‘lishga yaraydi» degan fikrni yaroqsizligi ma’lum bo‘ladi.

Iqtisodiy rivojlanish uyg‘onishning bir alomati, uning bir natijasi ekanligini anglash zarur. Iqtisodiy rivojlanish uyg‘onish samarasi bo‘lishi kerak. Aks holda bunday rivojlanish qashshoqlikni, ochlik, yalang‘ochlikni yashirib turgan, qarzga olingan kiyim bo‘lib qoladi. Mustahkam ildizlari bo‘lsagina iqtisodiy rivojlanish bo‘ladi. Aks holda shaharlikni kiyimini kiyib olgan qishloqiga o‘xshaydi. U ko‘rinishda shaharlikka o‘xshaydi,. biroq birinchi xatti-harakatidan qishloqiligi bilinib qoladi, qalbaki niqobi yirtiladi. Iqtisodiy rivojlanish ham shunga o‘xshaydi… Mabodo buyuk davlatlar arab nefti narxini tushirib yuborsalar yoki qandaydir yo‘llar bilan uni olmaslikni ilojini qilsalar, unda nima bo‘ladi? Unda iqtisodiy rivojlanish ko‘rinishlarini yashirishga to‘g‘ri keladi. Chunki u mustahkam asosga qurilmagan.(siz yashayotgan yurtda shunga o‘hshash misollar bormi?)

– Ta’lim berish va ilm-fanni rivojlantirish yordamida uyg‘onish.

Bunday fikrdagi insonlar “yaqqol ko‘rinib turgan qoloqligimizning sababini savodsizlikni keng tarqalganligida, ziyolilarni kamligida, institutlarni yetishmasligida va ilm-fanni omma orasiga yoyilmaganligida” deb biladilar. Shuning uchun «ilm uyg‘onishning asosi», «G‘arbning uyg‘onishiga ilmlar sabab bo‘ldi» kabi iboralarni ko‘p takrorladilar. Aslida esa bu fikr yaroqsiz, buzuq fikrdir.

Yaroqsizligi shundaki:

a) Agar bizdagi ziyolilar soni bilan uyg‘ongan davlatlar fuqarolarini ziyolilar sonini taqqoslasak, bizdagi ayniqsa, Livan, Iordaniya,   Kuvaytdagi ziyolilarning soni uyg‘ongan sharqiy va g‘arbiy Yevropa davlatlaridagi ziyolilar sonidan ko‘p.

b) Tarixida, Islom Ummatini ilmiy taraqqiyot cho‘qqisiga yetaklagan arab xalqi, ziyolimidi? Yoki ilmiy taraqqiyot Islom Ummati uyg‘ongandan so‘ng yuz berdimi? Amerika va Rossiyada uyg‘onishlaridan oldin ilmiy taraqqiyot  bormidi? Yoki bu davlatlarning uyg‘onishi ilmiy taraqqiyotni paydo qildimi? Javob aniq… Ziyolilari ko‘p ummatlarni  hammasi uyg‘ongan ummat bo‘lmaydi. Buni teskarisi ham to‘g‘ri emas.  Aks  holda   ko‘p davlatlarimiz uyg‘ongan, ko‘p uyg‘ongan davlatlar qoloq, uyg‘onmagan bo‘lar edilar. Demak, ilm-fan rivojlanishiga uyg‘onish sabab bo‘ladi. Aslo aksi emas.

— Axloq yordamida uyg‘onish.

Bu fikrdagi insonlar o‘ylashadiki: shaxslarning axloqi yuksalishi bilan Ummat uyg‘onadi va ulardagi axloqni tubanlashuvi bilan Ummat tubanlashadi, Bu fikrlarini Shavqiy kabi shoirlarning she’rlaridagi baytlar bilan quvvatladilar.

Ummatlar axloqlari bor ekan ummatdir,

Axloqlari yo‘qolsa ular ham yo‘qolur

yoki:

Ishlarning o‘nglanish manbasi — axloq,

Nafsni axloq bilan o‘ngla, bo‘l xush axloq.

yoki:

Axloqlari xarob el Obod bo‘lmas aslo, bil.

Shuningdek fikrlarini Qur’oni Karimdagi ushbu

 وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍ

– „Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz”        [68:4]

oyati bilan yoki Rosululloh s.a.v. ning ushbu:

إِنَّمَا بُعِثْتُ لِأُتَمِّمَ مَكَارِمَ الأَخْلَاقِ

 «Men ulug‘ xulqlarni kamoliga yetkazish uchun yuborildim», degan hadislari bilan ham quvvatlaydilar.

Ularning bu ra’ylarini yaroqsizligi shundaki: Bahs shaxslarni qanday isloh qilish haqida emas, balki Ummat va jamiyatni qanday uyg‘otish haqida ketayapti. Shu tufayli jamiyat voqeligini va uni o‘zgartirishga harakat qilishni yaxshilab tushunish zarur. Farazan axloq shaxslarni o‘zgartirsa ham, shaxslarni o‘zgarishi jamiyatni o‘zgarishga olib bormaydi. Chunki jamiyat shaxslarni yolg‘iz o‘zidan tashkil topmaydi. Balki u shaxslar va shaxslar o‘rtasidagi aloqalar hamda bu aloqalarni nazorat qiluvchi nizomdan tashkil topadi. Bu nizom muayyan aloqalarga ruxsat berib, boshqa navdagi aloqalarni taqiqlaydi. Shuning uchun uyg‘onish va o‘zgartirish paydo bo‘lishi uchun bahs jamiyatni yoppasiga, shu jumladan shaxslarni qanday o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lishi, faqat shaxslarga qaratilmasligi lozim. Ma’lum bir xulqni qabul qilishga, uni mahkam ushlashga shaxsni undayotgan narsa xulqning o‘zi emas, balki xulqdan boshqa omillardir. Masalan, inson rostgo‘ylikda o‘zi foyda ko‘rgani uchun yoki ota-onasi rostgo‘ylikka o‘rgatgani uchun yoki odamlar rostgo‘y insonni hurmat qilishgani uchun rostgo‘ylikni mahkam ushlaydi va hokazo. Shundan ko‘rinib turibdiki, agar biz insonlarni biror xulq bilan xulqlanishlarini xohlasak, shu xulqni keltirib chiqarayotgan asosga da’vat qilishimiz zarur. Chunki o‘sha asos insonga barcha tasarruflarni, shu jumladan axloqini ham belgilab beradi.

v) Boshqa   narsalarga   nisbatan axloqning muhim emasligiga eng yorqin dalil shuki, Qur’oni Karim axloq haqida ushbu:

 وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍ

– „Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz”        [68:4]

oyatdan boshqa hech qayerda gapirmagan.

Bundan tashqari faqih ulamolar har bir hukmga (qonunga) alohida-alohida bob qilgan bo‘lsalarda, o‘z kitoblarida axloq uchun alohida bir bob qilishmagan.

g) Agar uyg‘ongan ummatlar va ularning axloqlarini qoloq ummatlar va ularning axloqlariga solishtirib ko‘rilsa, qoloq ummatlar, xususan, musulmonlarni eng axloqli insonlar ekanligini ko‘ramiz. Shunday bo‘lsada ular qoloqdirlar.

d) o‘tgan yillar mobaynida axloq haqida chiqarilgan millionlab kitoblar, nashrlar, o‘qilgan ma’ruzalar, o‘tkazilgan yig‘ilishlar nima foyda berdi? Voqeligimizni ozgina bo‘lsada o‘zgartirdimi?

Yuqoridagi gaplardan uyg‘onishga asos sifatida axloqqa qilinayotgan da’vatning yaroqsizligi namoyon bo‘ladi. Biroq shunga e’tibor berish kerakki, «Axloq uyg‘onish uchun asos bo‘lishga yaramaydi» degan gapimiz axloqni inkor etamiz degani emas. Balki uning ma’nosi insonga chiroyli xulq zarur bo‘lsada, u Ummatni uyg‘onishiga asos bo‘la olmaydi.

— Harbiy sohani rivojlantirish va qurollanish yordamida uyg‘onish.

Ba’zi ziyoli insonlarning fikricha; qoloqligimizning sababi  harbiy quvvatga va kuchli qurollarga ega emasligimizda… shundan kelib chiqib o‘yladilarki, zamonaviy qurol-yaroq va kuch-quvvat yetarli bo‘lsagina uyg‘onishimiz amalga oshadi… va hokazo.

Aslini olganda bu fikr  eng yaroqsiz fikrdir. Buni sababi oddiy va ravshan. Biz haqiqatni olganda qurol-yaroqqa muhtoj emasmiz. Balki arab davlatlarining qurol-aslahaxonalarida g‘amlab qo‘yilgan qurol-yaroqlar uyg‘ongan davlatlarning ko‘pida yig‘ilgan qurollar miqdoridan ancha ortiqdir. Biroq bizning qurollarimiz Isroil yoki unga o‘xshaganlarning hujumi paytida ko‘rinmaydi. Balki, boshqa musulmonlarni qirg‘in qilishda, zulmdan charchagan xalqlarni noroziligi bostirishga yoki baxtsizlarning urushlarida ko‘rinadi.

Shu tufayli uyg‘onmagan davlatlarnnng qo‘llaridagi qurollar bola yoki jinni qo‘lidagi qurolga o‘xshab yo‘naltirilishi lozim tomonga yo‘naltirilmaydi. Masalan, jinni biror nishonni mo‘ljallamay duch kelgan tomonga otadi. Oqibatida o‘zini yoki aka-ukasini otib qo‘yadi.

Shundan xulosa qilib bunday nosog‘lom fikrdagilarga aytamizki: qurollanish aslo uyg‘onishga olib bormaydi. Uyg‘onishni paydo bo‘lishga uni aloqasi yo‘q. To‘g‘ri, uyg‘ongan davlatlar qurol-yaroqlarga egadirlar. Ummat uchun bu juda zarur. Biroq qurollanish uyg‘onish natijasidan kelib chiqqan va undan keyin bo‘lishi lozim. “O‘zi yetishtirmagan narsani yeydigan, o‘zi tikmagan kiyimni kiyadigan xalqni holiga voy bo‘lsin”.

Uyg‘onish uchun asos sifatida taklif qilingan va qilinayotgan yechimlar, fikrlarga misollar keltirdik. Bunday navdagi barcha takliflarni yaroqsizligi shundoq bilinib qoldi. Lekin shu narsa esimizdan chiqmasligi kerakki: uyg‘onish uchun asos sifatida bu yechimlarni yaroqsizligi haqidagi gaplarimiz ularni rad etish degani emas. Balki asos sifatida rad etish degani, xalos. Axloq, iqtisod, ta’lim, qurol-yaroq va bundan boshqa narsalar Ummatga nihoyatda zarur. Ular yetarli darajadami? yo‘q, albatta. Masalan; qurol-yaroq uchun harajat qilishimiz kerak. Lekin uyg‘ongandan keyin, aslo oldin emas.

Uyg‘onishnnng asosi bo‘la oladigan va uyg‘onishga erishish uchun kerak bo‘ladigan to‘g‘ri yechim va sog‘lom fikrga kirishishdan oldin taklif qilingan fikrlardan xato va kamchiliklarning asosiy sabablarini qisqacha xulosa qilishimiz kerak.

Ular quyidagilar:

1 — Taklif qilingan yechimlarning mualliflari bo‘lgan mufakkirlar Ummatning tubanlashishiga olib borgan sababni chuqur o‘rganmadilar. Balki yuzaki nazar tashlash bilan kifoyalandilar. Buni oqibatida ildizga, asosga emas, balki tashqi ko‘rinishga taalluqli muolajalarni ishlab chiqdilar. Kasallik virusini yo‘qotishga emas, balki uning tashqi alomatlarini yo‘qotishga yaraydigan chora tadbirlarni tuzdilar. Bu ishda xuddi istimani muz parchasini qo‘yish bilan davolayotgan, kasalning harorati pasayishi bilan kasallik tugadi – deb o‘ylayotgan tabibga o‘xshadilar. Yoki chechak bilan og‘rigan bemordagi chechak viruslarini yo‘qotish o‘rniga badandagi toshmalarni davolayotgan tabibga o‘xshab qoldilar. Yoki kattalar olamiga kirish uchun katta bo‘lib qolishni istab, onasiga: «akamni kiyimini kiygizib qo‘ying»  deyayotgan yosh bolaga o‘xshab qoldilar va hokazo. Yoki shaharlik bo‘lishni orzu qilib, shaharlik kiyimini kiyib olib, «shu bilan ish bitdi» – deb o‘ylayotgan qishloqini qilig‘ini qildilar. Bu ishlarni qilayotganda bularning hammasini asosiy sabablarga aslo aloqasi yo‘qligini, balki faqat tashqi ko‘rinishlardagi izlanishlar ekanligini unutib qoldirdilar.

Aslida maqsadga erishish uchun jiddiy izlanishlari, chuqur nazar tashlashlari kerak edi.

Bu mutafakkirlarning izlanishlari uyg‘onishdan ko‘zda tutilmagan ishlarga qaratilgan edi, chunki bahs mavzusi harbiy, iqtisodiy yoki siyosiy jihatdan qanday rivojlanishimiz haqida emas edi. Balki bahs mavzusi «Inson qanday uyg‘onadi? O‘zining iqtisodiy, harbiy va milliy boyligidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun va o‘tgan asrlarda bo‘lgani kabi olamga yetakchilik qilishi uchun Ummat qanday uyg‘onadi?»  edi.

Iqtisod, kurol-yaroq, axloq haqida bahs yuritish esa zarur bo‘lmagan mavzu haqida bahs yuritish hisoblanadi.

Ummatni uyg‘onishiga kafil bo‘ladigan yo‘l haqida fikrlashda yuqoridagi mulohazalarga e’tibor berish zarur. Shundan kelib chiqib Ummatni uyg‘onish uchun inson voqeligini tushunib yetish, uni to‘liq bilish, Ummat va jamiyat voqeligini tushunib yetish zarurligini bilib olamiz.

Bundan boshqa ishlarga e’tibor berish vaqtni, mol-dunyoni, harakatlarni zoye ketishidir. Shu sababli keyingi fasl inson voqeligi va uni yaxshi holatga qanday o‘zgartirish haqida bo‘ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.