Iordaniya rejimi (Isroil)ni himoya qildi
G‘azodagi mazlumlar uchun Iordaniya poytaxti Ammonda namoyishga chiqqan musulmonlar hukumatning qattiq qarshiligiga duch keldi. Namoyishda yuz minglagan iordaniyalik musulmonlar tarovih namozidan so‘ng (Isroil) elchixonasini yopish va u bilan tuzilgan tinchlik bitimini bekor qilish hamda G‘azoga eshiklarni ochishni talab qilib, (Isroil) elchixonasi tomon yurish qildi.
Olomonni to‘xtatish uchun safarbar qilingan Iordaniya xavfsizlik kuchlarining barcha to‘siqlariga qaramay, namoyishchilar sionist (Isroil) elchixonasini qurshab oldi. Chorasiz qolgan xavfsizlik kuchlari musulmonlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi va bir qancha kishilarni qamoqqa oldi.
Izoh: Yahudiy vujudining qirg‘inlari Ramazon oyida ham tinim bilmayapti. G‘azo ahli har kuni iftorlik va saharliklarini o‘z yaqinlarining o‘lim xabari bilan o‘tkazmoqdalar. Butun yer yuzidagi musulmonlar, ayniqsa Falastinga chegaradosh bo‘lgan musulmonlar G‘azo xalqi uchun jon kuydirayotgani ma’lum. Ammo iqtidorni qo‘lda tutib turgan Islomiy o‘lkalarning rahbarlari esa, o‘z xojalari tarafidan topshirilgan vazifani a’lo darajada bajarib, bor kuchi bilan yahudiy vujudini himoya qilmoqda. Eng achinarlisi G‘azoda go‘daklar ochlikdan o‘layotgan bir paytda, Islomiy o‘lkalarning rahbarlari og‘izda (Isroil)ni qotillikda ayblab, amalda o‘sha qotil rejimni qo‘llab quvvatlashda davom etmoqda. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, sionist bosqinchilarning sabzavot va meva ehtiyojlarining 55 foizini Turkiya ta’minlamoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar Turkiya suv va sabzavot ta’minotini to‘xtatib qo‘ysa, yahudiy vujudi og‘ir oziq-ovqat inqirozi girdobida qolardi. Ammo afsuski, musulmonlar yetishtirayotgan meva va sabzavotlar – yoshu-qari, erkagu-ayol demay – eng shafqatsiz tarzda musulmonlarni qirg‘in qilayotgan sionist bosqinchilarning qornini to‘ydirmoqda. Undan ham yomoni, endilikda Turkiyadan (Isroil)ga eksport qilinayotgan yoqilg‘i, neft, po‘lat, sabzavot va mevalar qatorida 2024 yil yanvar oyidan boshlab porox, portlovchi va yonuvchi moddalar, o‘q-dorilar, qurol-yaroqlar va ehtiyot qismlar ham eksport qilina boshladi. Bu haqida davlatning rasmiy muassasasi TÜİK (Turkiya Statistika Instituti)ning veb-saytlarida e’lon qilindi.
Yahudiy vujudi 76 yildan buyon davom ettirib kelayotgan bosqinchiliklar va xususan 175 kundan buyon hech to‘xtamayotgan ayovsiz qirg‘inlarning asl sababchisi Islomiy o‘lkalar rahbarlarining ularni dastaklashidir. Agar bu rahbarlar harbiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan yahudiy vujudini qo‘llab quvvatlamaganda edi, yahudiy vujudi bunchalik haddidan oshishga botina olmas edi.
Musulmonlarning Xalifasi yo‘qligi va mavjud 57 davlatchalar rahbarlarining xiyonatda bir-birlari bilan musobaqalashishi sababli Ummat mana shunday ahvolga tushib qoldi. Shunday ekan, musulmonlar bugungi kunda Allohga osiy, g‘arblik xo‘jayinlariga sodiq bo‘lgan ushbu hukmdorlarni tag-tubi bilan qo‘porib tashlab, uning o‘rniga butun Islom olamini bitta bayroq ostida birlashtiradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilmoqlari lozim. G‘azo va barcha Islomiy o‘lkalardagi muammolarni tubdan hal qiladigan shar’iy yechimi mana shudir.
Zohid Zargar