Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

235
0

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Soʼzboshi

Ushbu kitob Аllohning izni ila yaqin orada qad koʼtarajak xalifalik davlati olib boradigan sogʼlikni saqlash siyosatini bayon qiladi. Hizb at- Tahrir paydo boʼlgan kundan boshlab, Islomni hukmda ham, idorada ham hamma narsani qamrab oluvchi, toʼla, tag-tomiridan tatbiq etish maqsadida, musulmonlarning hayotida Islomni hakam qilish uchun Ummat bilan birgalikda jiddu-jahd va ihlos bilan mana shu davlatni barpo etish uchun harakat qilmokda. Аna oʼshanda yangi davr boshlanadi. Bu davrda musulmonlar va butun olam zulm va baxtsizlikdan qutilish uchun chin dildan istashayotgan haqiqiy oʼzgarishga guvoh boʼladilar. Islom hayot maydonidan yoʼqolib, uning oʼrnini kufr aqidalari, buzuq tuzumlari egallab olgandan boshlab insoniyat juda ogʼir kunlarni boshidan kechirmoqda. Kufrning bu aqida va buzuq tuzumlari insoniyatni aqidasida ham, turmush hayotida ham boshi berk koʼchaga olib kirib qoʼydi. Sotsializm, shu jumladan kommunizm hamda kapitalizm, shu jumladan demokratiya mana shu kufr aqidisi va uning buzuq tuzumlari jumlasidan boʼlib, bugungi kunda bu kofirona aqida va buzuq tuzumlarning avratlari ochilib, butun olamga sharmanda boʼlib bitdi. Shaxs va jamoatlarga nisbatan qoʼllanilayotgan qotilliklar, quvgʼinlar, badargʼa qilish, yeb-ichishdan, kiyinish va boshpanaga ega boʼlishdan mahrum etish, taʼlim, sogʼliqni saqlash va xavfsizlik choralaridan mahrum etish ana oʼsha buzuq tuzumlarning xozirda butun insoniyatga koʼrinib qolgan sharmandagarchiliklaridandir.
Аllohning izni ila yaqin kunlarda Xalifalik davlati tatbiq etadigan idoriy tizimlardan biri bu – Sogʼliqni Saqlash tizimidir. Bu tizim butun raiyatning sogʼligini saqlash va ularni sogʼlomlashtirishni oʼziga maqsad qilib qoʼyadi. Shunda xalifalik davlati bu sohada olamdagi davlatlar orasida yaqqol ajralib turadi. Butun olam Islomning amaldagi ijrosiga va Uning insonlarning ishlarini boshqarishdagi ihlosiga guvoh boʼladi. Natijada, bu ishlar, Islomni qabul qilishga, Islomga yuzlanishga, olamni bandalarga qullik qilishdan bandalarning Parvardigoriga qullik qilishga, dinlarning jabridan Islomning adolat va rahmatiga, dunyoning torligidan dunyo va oxiratning kengligiga chiqishga daʼvat qilish oʼrnida xizmat kiladi.
Bizlar ushbu kitobda dastlab, dunyodagi davlatlar yashayotgan vokeʼga, bu davlatlardagi sogʼliqni saqlashning naqadar yomon ahvolda ekanligiga hamda dunyodagi xalqlarning eng oddiy, eng asosiy elementar imkoniyatlardan ham mahrumligiga toʼxtalib oʼtamiz. Muammolarining hal etish uchun, eng avvalo sogʼliqni saqlash uchun ham moddiy qiymatni asos qilib olgan kapitalistik tuzumlar botib qolgan balchiqning sabablarini bayon qilamiz. Kapitalistik tuzumlarda sogʼliqni saqlash uchun ham moddiy qiymat asos qilib olinishi natijasida – tabobat va meditsina sohasida ilmiy va texnik rivojlanish yuzaga kelgan boʼlsa-da – sogʼliqni saqlash tizimi fasod boʼlib, umuman buzilib bitgan. Chunki, bu tuzumlarda sogʼliqni saqlash tizimi aksar hollarda, davolanish uchun toʼlanadigan narxlarning yuqoriligi bilan va moddiy foyda topish hamda kambagʼal tabaka qolib, faqat boylarni davolash bilan bogʼlanib qolgan.
Keyin esa, bizlar ushbu kitobda Islom nazaridagi sogʼliq, sogʼliqni saqlash tushinchalarini bayon qilamiz. Sogʼliqni saqlash borasidagi Xalifa va Islom davlatining masʼuliyatiga, bunga aloqador sharʼiy ahkomlarga hamda ushbu ahkomlarni ishga solish uchun Islom davlati qoʼllaydigan uslub va vositalarga toʼhtalamiz. Аytish joizki, Xalifalik davlati sogʼliqni saqlash har qanday insonning asosiy extiyoji boʼlgani bois, davlat hazinasiga ogʼir yuk boʼlsa-da, sogʼliqni saqlashni jamiki fuqarolar uchun bepul taʼminlaydi. Chunki, bu davlat sogʼliq muammosiga iqtisodiy emas, (davlat hal qilishi zarur boʼlgan)insoniy muammo, deb qaraydi. Shuning uchun ham bu davlatning maqsadi sogʼliqni saqlashga eng chiroyli va eng mukammal suratda imkon yaratib berish boʼladi.
Soʼngra ushbu kitob insonlar yashatyogan atrof muhitning, suv, havo va oziq-ovqatlarning sogʼlom boʼlishiga, barcha elementlari bilan turar joylar va atrof muhitning durust boʼlishiga aloqador boʼlgan omma xalq salomatligiga rioya qilishga toʼxtalib oʼtadi. Ushbu rioya salomatlik darajasini yuksaltirishni davlat darajasidagi siyosat orqali amalga oshirishni maqsad qiladi. Shuning uchun ham omma xalq sogʼligini saqlash aksar hollarda davolanishdan ham koʼproq har hil kasalliklardan saqlanishga asoslanadi. Chunki kasalliklardan saqlanish sogʼliqni saqlashdagi eng muhim, foydasi hammaga tegadigan va eng samarali qismdir. Kasalliklardan saqlanish aholini omma xalq salomatligiga xavf soladigan xatarlardan himoya qilishni ham oʼz ichiga oladi. Sogʼliq-salomatlik meʼyorlari muhofaza qilinadi. Xalifalik davlati ushbu meʼyorlarning dunyo mikyosidagi eng afzal meʼyorlardan boʼlishi uchun harakat qiladi. Hatto, u oʼz xalqini inson karomatiga va uning ofiyatiga loyiq boʼlgan eng yuksak hamda eng sogʼlom hayot bilan neʼmatlantiradi.
Soʼngra ushbu kitob shaxsning salomatligi nuqtai nazaridan xalifalikdagi kasallikdan saqlanish tabobati(Profilaktik tibbiyot)ga toʼxtalib oʼtadi. Birinchi yoki ikkinchi saqlanish kabi shaxsning salomatlik holatlariga taʼsir koʼrsatadigan jamoiy salomatlik tadbirlarini hamda kasallikdan saqlanish uchun yoki kasallikka chalinish ehtimolini ozaytirish uchun zarur boʼlgan barcha chora-tadbirlarni ham tartiblaydi. Bunday tadbirlarni qoʼllash uchun bemorlarning va xalq orasidan lozim boʼlgan kishilarning roʼyhatga olish, vaqti-vaqti bilan tibbiy koʼrikdan oʼtkazish, ulardan kasalikka chalinganlarni nazorat ostiga olish va ularga kerakli choralarni qoʼllash bilan amalga oshadi. Kasallikdan saqlanish fani aholining xos guruhlari uchun felьdsherlik (tabib yordamchisi), sogʼlom ogʼiz va sogʼlom tish, ona va bola salomatligi, gigena, privivka, yukumli kasalliklarning tarqalishini nazorat qilish va oʼrni kelganda ulardan saqlanish kabi zaruriy meditsina xizmatlarini ham oʼz ichiga oladi.
Kasallikka chalingan shaxslarning salomatligi uchun zarur boʼlgan ehtiyojlarni qoplash, shaxslarni davolash uchun faʼol taʼsir koʼrsatuvchi tartib-intizomni oʼrnatish masʼuliyati Xalifalik davlatining gardaniga tushadi. Klinika va shifoxonalarni yetarli darajada muhayo qilish hamda davolanish uchun hizmat qiladigan infrastruktura tizilmalarini mukammallashtirish ham davlat yelkasiga tushadi. Negaki, tibbiy muolaja umumxalq manfaatining asosiy boʼlagi va davlat boshqarishi vojib boʼlgan infrastrukturadir. Sogʼliqni saqlash borasidagi xizmat koʼrsatishni bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Shifoxonalarda bemorlarning sogʼayib ketishi uchun zarur boʼlgan extiyojlarga qarab, dastlab, eng birinchi sogʼlomlashtirish markazlaridan boshlaydi. Keyin mahalliy shifoxonalardagi ikkinchi darajaga oʼtadi. Eng soʼngida esa, markaziy shifoxonalar oʼz nazorati ostiga oladi. Yetarli darajadagi tabiblarni va shifokorlarga yordam beruvchi tajribali hamshiralarni yetishtirib chiqaradi. Tibbiyot maskanlarini, klinika va markaziy shifoxonalarni oson, tez va foydali muolaja hizmatini kafolatlaydigan eng zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlaydi.
Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash nizomi sharʼiy ahkomlar va ushbu sogʼliqni saqlashga aloqador boʼlgan idoriy qonunlar majmuasidan iboratdir. Sogʼliqni saqlash uchun qaratilgan idoriy qonunlar – shu sohadagi yetakchi ushbu nizomni ijro qilishda va undan koʼzlangan gʼoyani amalga oshirishda foydali deb bilgan uslub va vositalardir. Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash uchun qoʼyilgan idoriy nizom tibbiy hizmat koʼrsatish va davolashda idorani boshqaradigan kishilardagi mahorat bilan birgalikda oʼta soddalik va ildamlikka quriladi. Umumiy mudir boshchiligidagi sogʼliqni saqlash Departamenti Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosatini boshqarish va bu siyosatni tatbiq etish bilan shugʼullanadi. Jamiyat va shaxslar uchun kasallikdan saqlanish, davolanish va sogʼliqni nazorat qilish hizmatlarini taqdim etadi. Oʼziga tobeʼ boʼlgan barcha soha va idoralarni boshqaradi. Har bir soha va har bir idora uchun bir mudir tayinlanadi. Bu mudir shu sohadan ham, uning ikir-chikirlaridan ham bevosita masʼul boʼladi. Shuningdek, ushbu Sogʼliqni saqlash Departkmenti sogʼliqni saqlash rejalarini amalga oshirish uchun oliy darajadigi sifat va strategik loihalarni taʼminlaydi. Oʼzining tajribali komitalari orqali tibbiy taʼlim, sihat-salomatlik darsliklari va tibbiy masʼuliyatlar uchun lozim boʼlgan meʼyorlarni ishlab chiqishga bosh-qosh boʼladi. Sogʼliqni saqlash Departamenti sogʼlikni saqlash elementlarini ijro etishda oʼzi bilan birga ishtirok etadigan «Baxtsiz xodisalar idorasi» kabi boshqa davlatlarning apparatlari bilan kelishimlar tuzadi, muvofiqlashtiradi.
Soʼngra ushbu kitob sogʼliqni saqlashni eng afzal suratda takomillashtiruvchi zavobit(qonun-qoida)larga toʼxtaladi. Tibbiy taʼlim va uning programmalari, tibbiy sohadagi tajribadan oʼtish va tibbiy mutaxassislik litsenziyalarini berish meʼyorlari, tibbiy tajriba axloq normalariga hamda sifatsiz tibbiy hizmat koʼrsatishning masʼuliyatiga aloqador boʼlgan qonun-qoidalar ana oʼsha zavobitlar jumlasidandir.
Shuningdek, ushbu kitob Xalifalik davlatidagi farmatsevtika(dori-darmon) va ularni ishlab chiqarish mavzusiga toʼxtaladi. Tabiiy ofatlar hamda birinchi yordam koʼrsatish mavzuni tilga oladi. Oxirida esa, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning qoʼllari ostida Islom davlati qoim boʼlgan kundan boshlab, tarix mobaynidagi sogʼliqni saqlash shakli-shamoili va uning koʼrinishi haqida qisqacha soʼz boradi. Roshid xalifalik davrida, soʼngra xalifalik davlatining turli davrlarida sogʼliqni saqlash sohasi ildam rivojlangan hamda u boshqa xalqlar va hazorotlardan yaqqol ajralib turgan: Bemorxonalarga asos solingan. Ilmiy bahs va ilmiy darsliklar vujudga kelgan. Islomiy tarix kitoblari va gʼayri islomiy tarix kitoblari ham tilga olgan yetuk va noyob tibbiyot ulamolari yetishib chiqqan.
Bizlar aniq ishonamizki, belgilari ufqlarda koʼrinib qolgan Xalifalik davlati sogʼliqni saqlash tizimini insoniyatga loyiq boʼlgan eng ilgʼor va oʼzgacha bir suratda boshqaradi. Sogʼliqni saqlash hizmatlarining eng afzalini taqdim etishda barcha ilmiy va tibbiy imkoniyatlarni oʼziga boʼysundiradi. Bunga koʼshimcha, Xalifalik davlati islomiy akidaga binoan va bu akidadan kelib chiqqan nizomlarga muvofiq tarzda ijro etadigan boshqa mumtoz ishlarni boshqarish programmalarini ham amalga oshirishiga aniq ishonamiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.