«Xalifalik yurtlarni ozod etib, bandalarni himoya qiluvchidir»

31
0

Matbuot bayonoti

Hizb ut-Tahrir Livan viloyati konferensiyasi

«Xalifalik yurtlarni ozod etib, bandalarni himoya qiluvchidir»

Milodiy 1924 yil 3 mart kuni Usmoniy Xalifaligi qulatilganiga yuz yil to‘lishining alamli xotirasi doirasida Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati konferensiya o‘tkazdi. Tripoli madaniyat uyushmasi markazida bo‘lib o‘tgan «Xalifalik yurtlarni ozod etib, bandalarni himoya qiluvchidir» nomli ushbu konferensiyada markaz zali ishtirokchilar bilan to‘ldi…

Konferensiya dasturi quyidagilardan iborat bo‘ldi:

Shayx Xolid Sayf Isro surasidan Allohning muattar oyatlarini tilovat qildi…

Ustoz Ahmad Qasos nutq so‘zlab, Baytul Maqdisning sayyidimiz Muso alayhis-salom zamonidan buyon haq bilan botil o‘rtasidagi kurash nuqtayi nazaridan muhim bo‘lib kelganligi, Baytul Maqdisning Islomdagi o‘rni, uning Umar foruq tomonidan fath qilinganligi, Abbosiy Xalifalikning rabboniy sarkarda Salohiddin Ayyubiy qo‘li bilan ozod etilgani, Usmoniy Xalifalik, xususan, xalifa Abdulhamid ikkinchi tomonidan avaylab-asralgani, ammo Xalifalik qulatilishi bilan Baytul Maqdis ham qulagani… to‘g‘risida gapirdi. Ustoz Qasos, shuningdek, yahudiy vujudining yirik davlatlar va islomiy yurtlardagi tog‘ut hukmdorlar yordami bilan G‘azodagi qonxo‘rliklariga to‘xtalib, agar musulmonlarning xalifasi bo‘lganda edi, yahudiylar va ortlaridagi qo‘llab-quvvatlovchilar bu qatli omlarga jur’at qila olishmagan bo‘lardi, hatto asli anavi yahudiy vujudining o‘zi mavjud bo‘lmasdi, dedi.

Keyin ikkinchi nutq Hizb ut-Tuhrir markaziy matbuot bo‘limi raisi muhandis Salohiddin Azozaga berildi. U arab davlatlaridagi malay hukmdorlar tomonidan Ummat farzandlari va kuch-qudrat ahli kishanlab qo‘yilgani, Ummatning yuragi qaynab, bu hukmdorlardan qutulish va Allohning shariatini hukmron qilish fursatini kutayotgani haqida so‘z yuritdi. U, shuningdek, Ummatda Xalifalikni qabul qilish va uni barpo etishga nisbatan jamoatchilik fikri vujudga kelganini ko‘rsatib berdi hamda Ummatning Xalifalikni o‘z bag‘riga olish imkoniyatini va bunga qodirligini ta’kidladi.

Keyin konferensiyada muborak Falastin zaminiga oid voqea-hodisalardan hamda armiyaning rolidan ta’sirlangan holda markaziy matbuot bo‘limi bilan  Voqiya telekanali tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Keyin Ahmad Sufiy (Abu Nizor Shomiy) nutq so‘zlab, Ummat farzandlarining, ulamolarining hamda zobitu qo‘mondonlar doxil armiyaning Xalifalik davlatini barpo etishdagi roli haqida, zero, uning barpo etilishiga Alloh Subhanahu va’da qilib, Rosuli A bashorat berganliklari to‘g‘risida gapirdi.

Anjuman so‘nggida Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘limi raisi yakuniy bayonotni o‘qib eshittirdi. Bayonotda musulmon yurtlarni bo‘lib tashlagan va bir-birlariga yordam berishga xalaqit berayotgan Sayks-Piko mafkurasi va voqeligini parchalash yo‘lidagi Hizb faoliyatini bayon qildi. Shuningdek, Hizbning Ummat qo‘shinlari orasidagi faoliyatini, ularga anavi hukmdorlarni ag‘darib, Ummat hokimiyatini qayta barpo etishdek o‘z burchlarini ado etish uchun loyiha taqdim etayotganini ta’kidladi.

Yakuniy bayonotda quyidagi uch tomonga noma yuborildi:

Butun dunyodagi, xususan, Livandagi musulmonlarga…

Armiyalarimiz orasidagi kuch-qudrat ahliga…

Musulmon armiyalarimizdan nusrat talab qilayotgan Hizb ut-Tahrir safidagi yigitlarga, asosan ularning boshida turgan Hizb amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga.

Bayonot so‘nggida chaqiriqni qabul qilib konferensiyaga tashrif buyurganlarga tashakkur bildirildi. Xususan, markaziy matbuot bo‘limiga va Voqiya telekanali xodimlariga ushbu anjumanning muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun qilgan barcha sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik izhor etildi.

Biz Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘limi a’zolari Alloh Azza va Jalladan yurtlarni ozod etib, bandalarni himoya qiluvchi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali nusratini va yorug‘ kunlarini ato etishni so‘rab qolamiz.

Hizb ut-Tahrirning Livan viloyatidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.