Amerika manfaatlari ayrilgan malaylarni yaqinlashtiradi

33
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika manfaatlari ayrilgan malaylarni yaqinlashtiradi

Ustoz Mahmud Laysiy – Misr viloyati

Biz o‘tmishda Erdoganning Misr rejimiga qarshi hujumkor bayonotlarini ko‘p eshitganmiz. Buni o‘sha vaqt va Amerika manfaatlari taqozo qilgan. Masalan, u 2013 yil noyabrida Turkiya elchisi Misrdan chiqarib yuborilganidan keyin: «Biz to‘ntarish orqali hokimiyatni egallab olganlarni hech qachon hurmat qilmaymiz», deb bayonot bergan edi. Shuningdek, Erdogan Turkiya shimolidagi Giresun viloyatida qilgan chiqishida «Kecha Misrda to‘ntarish rahbari Sisiy taklif qilgan Yevropa Ittifoqi bilan Arab Davlatlari Ligasi a’zolari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi», degan. U «Hokimiyatni qo‘lga olganidan beri 42 kishini qatl qilgan Sisiyning taklifiga javob berganingizdan keyin Yevropa Ittifoqidagi demokratiya haqida gapira olasizmi», deb qo‘shimcha qilgan. Erdogan televideniyega bergan intervyusida ilk bor Sisiyga hujum qilgan. U Misr prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazish haqida berilgan savolga javoban shunday degan edi: «Nega Sisiy bilan uchrashmaysiz, deb savol berganlarga javobim… Men bunday odam bilan umuman uchrashmayman». (Rusiyal Yavm, 2019 yil 26 fevral). Erdogan Sisiy va uning rejimini shunday sifat bergan edi. O‘zaro dahanaki jang shunday bo‘lgan. Ayniqsa, 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishni qo‘llab-quvvatlagandek bo‘lib ko‘ringan Misr tomonidan bu jang shiddatli kechgan. Ammo bu xusumat va dahanaki jang haqiqiy emas edi. Aksincha, Amerikaning raqiblari rejim muxoliflarini, ayniqsa, islomchilarni o‘zlariga og‘dirib, ular orqali Amerikani Misrdan siqib chiqarishga imkon beradigan zaminni yaratishga harakat qilmasliklari uchun muxoliflar va islomchilarni to‘xtatib qolishga qaratilgan edi. Amerika o‘zi istagan narsaga erishdi. Chunki u ko‘plab Ixvon yetakchilarini va muxolafatchi kadrlarni to‘xtatib qoldi va ularni bosib o‘tish mumkin bo‘lmagan qizil chiziqlar bilan jilovladi. Shuningdek, ularga demokratiya orqali rejimga muxolafatchi bo‘lish hamda demokratiyani saqlab qolish majburiyatini yukladi. Shunday qilib, Erdogan Misr rejimi va Sisiyning haqiqiy qo‘llab-quvvatlovchisi bo‘ldi hamda o‘rtada haqiqiy xusumat bo‘lmadi. Ikki davlat o‘rtasida savdo ayirboshlash va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik to‘xtamadi. Qolaversa, Misrdan Turkiyaga boshpana so‘rab qochib borganlarning ba’zilari Misr rejimiga topshirildi va u yerda ular o‘lim jazosiga tortildilar. Bu – Misrda yashayotgan muxolafatchilarning kattalariga tahdid o‘rnida bo‘ldi. Ya’ni agar ular rejimga va Amerikaning Misrdagi manfaatlariga ziyon yetkazsalar ularni ham shu qismat kutishi ularga eslatib qo‘yildi.

Yuzaki qarashga ega bo‘lgan muxolafatchilarning ko‘pchiligi Turkiyadan panoh topishdi. Ular Erdogan bilan Sisiy o‘rtasida haqiqiy xusumat bor va u bizga yordam beradi deb o‘ylashdi. Erdogan ularni qabul qildi va bir oz tinchlanishlari uchun himoyasiga oldi. Chunki shunda ular Misr rejimiga og‘ir yuk bo‘lmaydilar va boshqa o‘rinda unga xavf tug‘dirmaydilar. Qolaversa, ularning aksariyati ularga qarshi chiqarilgan amaldagi hukmlar tufayli Misrga deportatsiya qilinish xavfi ostida edi. Shunga ko‘ra, ular atrofi o‘ralgan doira ichida bo‘lib, uning ichida yurishlari va uni kesib o‘tmasliklari kerak edi. Aslini olganda, hech kim ularni majburan hibsga olmagani holda ularning erkinligi tortib olingandi. Turkiya ularning bo‘ysunmaganlaridan yuz o‘girdi va ular boshqa boshpana izlab Turkiyani tark etishdi. Ularning orasida istiqomat qilishi uzaytirilmaganlar va Turkiya fuqaroligi berilishi rad etilganlar bor edi. Ayniqsa, aslini olganda Ixvondan yuz o‘girish hisoblangan o‘sha tashrifdan keyin, ba’zilarining fuqaroligi bekor qilindi.

Biz bu tashrifning bo‘lishini muqarrar deb bildik hamda ular o‘rtasidagi xusumat va dahanaki jang Amerika manfaatlari taqozosiga ko‘ra bo‘lganini bir necha bor takrorladik. Chunki Amerika manfaatlari ularning har birini alohida masalalarda o‘z rolini o‘ynashga majbur qildi. Agar Amerikaning manfaati ularning murosaga kelishini taqozo etsa, bu albatta bo‘lardi va ular uchrashib quchoqlashardi.

Bu uchrashuv o‘tkinchi va shunchaki murosaga kelish bo‘lmadi. Balki, o‘yin kartalarini va o‘yinchilarning rollarini tartibga solish hamda Amerika hal qilishga harakat qilayotgan va Sisiy hal qila olmagan ba’zi masalalarni topshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘ldi. G‘azodagi vaziyat Ramazon kirib kelishidan oldin sulhga erishish uchun Hamas bilan aloqa o‘rnatib, ularning talablari shiftini pasaytirishga qodir Islom qiyofasidagi yuzni talab qiladi. Negaki G‘arb xalqning g‘azabidan qo‘rqib, Ramazonda urushni davom ettirishdan qo‘rqmoqda. Chunki bu malay rejimlarni qulatishi mumkin bo‘lgan portlashga va butun mintaqaning G‘arbga qaramlikdan xalos bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, Erdogan G‘azoni qayta qurishga ba’zi turk kompaniyalarini jalb qilish orqali ba’zi iqtisodiy manfaatlarni qo‘lga kiritishni xohlamoqda. Shuningdek, Misrdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatni va Misr rejimining uni cho‘kishdan qutqaradigan har qanday somonga (cho‘pga) muhtojligini e’tibordan qochirmasligimiz kerak. Ehtimol, Misr va Turkiya o‘rtasidagi savdo ayirboshlashning bir qismi, bu yo‘nalishda biroz bo‘lsada Misrga foyda olib kelishi mumkin. Bu yerda allaqachon muhokama stoliga qo‘yilgan Liviya masalasi ham bor. Bu, Somalilend masalasidan farqli o‘laroq, Amerika o‘z nufuzini kengaytirishda bu ikki rejimning hamkorligiga muhtoj bo‘lgan masalalardan biridir… Ya’ni hamma uchrashuvlar Amerika yakunlashni istagan masalalar, birinchi navbatda G‘azo, Ramazongacha vaqtincha bo‘lsa ham sulhga erishish orqali mintaqada barqarorlikni o‘rnatish hamda Falastin masalasini tugatish uchun Amerika qarashini ifodalagan «ikki xalq va ikki davlat» yechimini mustahkamlashga harakat qilish bilan bog‘liq.

Erdogan o‘ynagan rol eng iflos va jirkanch rollardan biridir. Biz Erdoganning Sisiydan ko‘ra yomonroq va yovuzroq ekanligini oldin ham aytgan edik. U Islom qiyofasida bo‘lgani, yuzaki fikrlaydigan islomchilarni aldash uchun Islom bayrog‘ini ko‘targandek bo‘lib ko‘ringani tufayli, Islom va Ummat uchun Sisiydan ko‘ra xavfliroqdir. Yuzaki fikrlovchilar uning shirali ovoz bilan Qur’on tilovat qilishiga hamda dushman va qotilni qo‘llab-quvvatlab turgan bir paytida, mazlumlarni qo‘llab-quvvatlagan shiorlarni ko‘tarishiga aldanib qoladilar. Misrdagi davlat to‘ntarishidan keyin u Ixvonga nisbatan shunday yo‘l tutdi. U jarangdor shiorlarni va bir qancha o‘rinlarda «Robia Adaviy qirg‘ini» masalasini ko‘targan bo‘lsada, maydondagi namoyishchilarga yordam ko‘rsatish va ularning qotilini tiyib qo‘yish uchun harakat qilmadi. Qolaversa, butun o‘n yil davomida Misr va Turkiya o‘rtasidagi savdo almashinuvi to‘xtamadi. U G‘azoga nisbatan ham xuddi shunday yo‘l tutib, yahudiylarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va temir yetkazib bermoqda. Hatto aytilishicha, G‘azo bombalanganidan keyin, u yerdan ustiga «Turkiyada ishlab chiqilgan» deb yozilgan bomba parchasi topilgan. Erdogan G‘arb ko‘rsatmalarini qabul qiladigan, uning manfaatlarini himoya qiladigan hamda G‘arb ko‘targan demokratiya doirasidan chiqmaydigan xonakilashtirilgan mo‘tadil Islomni namoyon etadi. Ya’ni u ko‘targan Islom fikrati tariqatidan ajragan, G‘arb undan rozi bo‘ladigan va uning manfaatlariga xavf tug‘dirmaydigan Islomdir. Haqiqatdan ham u Xalifalik davlatini qulatgan Mustafo Kamolning nabirasi bo‘lib, uning izidan ketmoqda.

Erdogan G‘azo ahlidan voz kechib, ularga qarshi yahudiylarga yordam berganlarning eng kattasi va ashaddiysidir. Chunki undan yaxshilik umid qilib, yordam ko‘rsatishini kutganlar, uning quruq shiorlar bilan ularni qo‘llab-quvvatlashini, dushmanni oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa narsalar bilan ta’minlashini emas, balki g‘alaba keltiruvchi armiyani va haqiqiy yordamni kutishgan edi. Shom qo‘zg‘olonini zaiflashtirgan, Amerikaning guruhlarni sotib olib, o‘ziga og‘dirishiga imkon bergan va Halabni Rossiyaga topshirgan ham ayni shu Erdogandir. Jinoyatchi rejim hayotni ta’minlovchi barcha asoslarni yo‘qotganidan keyin, Erdogan uning yana hayotga qaytishiga imkon berdi.

Bu hukmdorlarning hammasi hamda ularning boshchisi, qolaversa, eng g‘arazlisi bo‘lgan Erdogan G‘arbning qo‘lidagi quroldan boshqa narsa emas. Ular G‘arbning manfaatlarini himoya qilishga, hukmronligini kengaytirib mustahkamlashga hamda yurtlarimizning G‘arbga qaram bo‘lishiga yakun yasaydigan hamma narsani oldini olishga harakat qilishadi. Bu hukmdorlarning rolini hamda ularning Ummat dushmani bo‘lgan G‘arb qo‘lidagi shunchaki qurol ekanliklarini islomchilar qachon anglab yetadilar?! Qachon ularga tayanmay qo‘yadilar va qachon odamlarni qul qilishlariga imkon bermay qo‘yadilar?! Agar Islomga mansubligini da’vo qilayotgan ayrim kishilarning soddaligi bo‘lmaganida, Erdogan Shom qo‘zg‘olonini zaiflashtira olmas edi. Agar til ostidagi zaharni yashirgan shirin gaplarga aldangan yuzaki fikrlovchi islomchilar Erdoganga tayanishmaganda edi, u Misrdagi qo‘zg‘olonchilar g‘ayratini so‘ndira olmagan bo‘lardi.

Nihoyat, bu hukmdorlar G‘arb xohlagan tomonga buriladilar. Ular biron bir maqsadga va G‘arbning irodasidan boshqa irodaga ega emas. Ular Ummatdan ajralgan va Uning baxtsizligiga sababchi bo‘lgan kimsalardir. Shuningdek, ular dushmanni himoya qiluvchi, Ummat bilan Uning qaramlikdan ozod bo‘lishi o‘rtasini to‘suvchi haqiqiy qalqondir.

Ha, ular hatto Ummatning dinidan siyosiy aqidani sug‘urib olish, uni G‘arbning havoi nafsiga mos va manfaatlariga xavf tug‘dirmaydigan dinga aylantirish uchun dinni yangilashga intilishmoqda. Ammo ularning umidlari puchga chiqdi va o‘qi nishonga tegmadi. Chunki Ummat orasida Ummatni G‘arbga tobelikdan qutqarish va hayotini Islom davlati soyasida qayta islomiy hayotga aylantirish uchun kunlarini tunlarga ulab faoliyat qilayotgan er kishilari bor. Zero, Islom davlati chegaralarni buzib, bosib olingan zaminlarimizni ozod etadi, mazlumga yordam berib, Ummatni avvalgidek yana butun dunyoning xo‘jayiniga aylantiradi. Ana shunda biz anavilarga – umidlaring puchga chiqdi, yutqazdilaring, bizning Alloh Subhanahuning va’dasini va Nabiysi Aning bashoratlarini amalga oshirishimizga, ya’ni Islomni va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini qayta qoim qilishimizga to‘sqinlik qilisholmading, deb ayta olamiz. Garchi yomon ko‘ruvchilar istamasalar-da, Alloh o‘z nurini to‘la har tarafga yoyguvchidir.

Roya gazetasining 2024 yil 28 fevral chorshanba kungi 484-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.