Da’vatni ko‘tarib chiqqan birodarimiz Jihod Abdulqadim Zallumning vafoti to‘g‘risidagi xabar

285
0

Da’vatni ko‘tarib chiqqan birodarimiz Jihod Abdulqadim Zallumning vafoti to‘g‘risidagi xabar

مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُم مَّن قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلاً

«Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bor. Bas, ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q»

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati butun Islom Ummatiga Hizb ut-Tahrir a’zolaridan biri Jihod Abdulqadim Zallumning vafot etganini chuqur qayg‘u ila xabar qiladi. Sobiq amirimiz va marhum shayximiz Abdulqadim Zallumning o‘g‘li Jihod Abu Amin bugun hijriy 1442 yil 14 rabiulavval, milodiy 2020 yil 31 oktyabr shanba kuni Ammon shahrida vafot etdi.

Marhum Jihod Abu Amin da’vatni haq-rost ko‘tarib chiqqan, butun hayoti va umrini da’vatga armug‘on etgan yaxshi ajdodning yaxshi avlodi edi. Biz shunday hisoblaymiz, lekin hech kimni Allohga gunohdan pok, deb ko‘rsatmaymiz.

Biz har narsadan oliy, har ishga qodir Allohdan Jihod Abu Aminni O‘zining cheksiz rahmatiga burkashini, borar joyini keng qilib, Firdavsi A’lo jannatida anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlarga hamroh aylashini so‘raymiz. Ularga hamroh bo‘lmoq naqadar buyuk baxtdir. Allohdan bizga va marhumning oila-a’zolariga sabri jamil va tasalli ato etishini tilaymiz.

إِنَّا للهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz» [Baqara 156]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.