Ramazon ibodat, nusrat, jihod… fathlar oyidir

35
0

Ramazon ibodat, nusrat, jihod… fathlar oyidir

(U shunday oydir-ki, unda nafl amallarga farzning savobi beriladi, farz amallarga esa, yetmish barobar savob beriladi)

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِيَ أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ

«Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib hamda hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib, Qur’on nozil qilindi»

Butun olamlar Parvardigori Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Sarvari olam Muhammad Mustafoga, ul zotning ahli oilalari va as’hoblariga hamda qiyomat kuniga qadar go‘zal suratda U zot ﷺga ergashgan zotlarga salotu salomlar yog‘ilsin, ammo ba’d.

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Qadrli birodarlar!

Mana, oradan bir yil o‘tib oylarning sayyidi va eng fayzlisi bo‘lgan Ramazon oyi yana mehmon bo‘lib kelmoqda. Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi ushbu kirib kelayotgan Ramazon oyini musulmonlar uchun yaxshilik va g‘oliblik oyi qilishini Alloh Taolodan so‘ragan holda, butun Islom Ummatini, ayniqsa, Allohni kalimasini oliy qilish yo‘lida harakat olib borayotgan birodarlarni ushbu muborak oyning boshlanishi bilan tabriklaydi. Avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lish oyi bo‘lgan bu oy barcha musulmonlar uchun xayrli va muborak bo‘lsin. Alloh Taolo Ramazon oyining hayit namozini roshid xalifa imomligida ado etishni barchamizga nasib etsin.

Barchaga ma’lumki, bu oy oylarning sultonidir. Bu oyda Qur’oni Karim nozil bo‘ldi. Bu oy – ibodat, sabr, jihod, nusrat, g‘alaba va fathlar oyi bo‘lgani kabi, amal, sa’y-harakat va jiddi-jahd ko‘rsatish oyidir. Bu oyda qilinadigan nafl amallarga farzning savobi beriladi, farz amallarga esa, yetmish barobar savob beriladi. Shunday ekan, bu oyda barcha amallar qatori farzlarning gultojisi bo‘lgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tiklash uchun astoydil yeng shimarib harakat qilish ayni muddaodir. Chunki bugungi kunda musulmonlarni taqdirlarini hal etuvchi eng dolzarb masala, hayotdan uzoqlashtirilgan Allohning ahkomlarini qayta hayotga qaytarishdir. Bu esa payg‘ambarlik minhoji asosidagi to‘g‘ri yo‘lni tutuvchi Xalifalik davlatini barpo qilish bilan amalga oshadi. Zero, Xalifalik dinni barpo etadi, musulmonlar daxlsizligini himoya qiladi, qonlari, nomuslari va boyliklarini saqlaydi va yurtlarini birlashtiradi. Xalifalik Islomni dunyoga yaxshilik va hidoyat risolati sifatida olib chiqadi, natijada Ramazon oyi haq kalimasini oliy qilish, fath va ochiq nusrat oyiga aylanadi. Tarixda buni isbotlovchi voqea-hodisalar juda ko‘p. Quyida ramazon oylarida sodir bo‘lgan g‘alaba-nusrat hodisalaridan namunalar keltiramiz.

2 ramazon hijriy 702 yil, 20 aprel milodiy 1303 yil: mo‘g‘ullar bilan mamluklar o‘rtasida Damashq yaqinidagi «Sifr» yaylovida jang yuzaga keldi. Mo‘g‘ullarga Qutlug‘shoh, mamluklarga nusratdor Muhammad Qalovun qo‘mondonlik qilgan ushbu jang go‘zal sinovlarni boshdan o‘tkazgan mamluklar nusrati bilan tugadi. Mo‘g‘ullar sultoni Mahmud G‘ozon ayni mag‘lubiyat xabarini eshitgach, qattiq g‘am alam chekdi va ko‘p o‘tmay qayg‘udan vafot qildi.
2 ramazon hijriy 996 yil 26 iyul, milodiy 1588 yil: qudratli polyaklar qo‘shinlari Usmoniylarning yashindek kuchli harbiy qismlari yordamida «Karfu» jangida nemislar qo‘shinlarini mag‘lub etib, nemislar qo‘mondoni Zigmundni asirga oldilar. Ushbu jang sababi Germaniyaning milodiy 1592 yilgacha Usmoniylar davlatiga tobe bo‘lgan Polsha taxtini egallamoqchi bo‘lganiga borib taqaladi.
2 ramazon hijriy 1224 yil, 2 avgust milodiy 1848 yil: Usmoniy davlat qo‘shini Ruminiyaga kirdi. Rossiya Usmoniylar davlatining ayni qadamiga Moldaviyani bosib olish bilan javob qaytardi. Bu Yevropadagi Bolqon mintaqasida shu ikki davlat o‘rtasidagi raqobat doirasida bo‘ldi.
4 ramazon hijriy 927 yil, 8 avgust milodiy 1521 yil: Usmoniy sulton Belgrad shahrini fath qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu shahar markaziy Yevropaning kaliti hamda Usmoniy vengriya chegarasidagi eng kuchli qal’a hisoblangan.
4 ramazon hijriy 173 yil, 12 aprel milodiy 1663 yil: Usmoniy davlat Germaniyaga urush e’lon qildi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi sobiq urushni to‘xtatgan «Sitvaturuk» bitimidan so‘ng yuz berdi. Bu urushga bu safar nemislarning Usmoniylar davlati chegaralari yaqiniga mustahkam qal’a qurib olishlari sabab bo‘ldi.
5 ramazon hijriy 666 yil, milodiy 19 may 1268 yil: musulmonlar Baybaris qo‘mondonligida salibchilar qo‘lidan Antakyani tortib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu shahar 170 yildan buyon salibchilar qo‘lida asirlikda bo‘lib, uning ishg‘ol etilishi qattiq aks-sado berdi. Chunki u salibchilar milodiy 1097 yili sharqda asos solishgan ikkinchi Edessa (Raho) shahri amirligi hisoblangan.
7 ramazon hijriy 960 yil, 17 avgust milodiy 1553 yil: Usmoniylar dengizchi qo‘mondoni Targ‘ad bek Korsika oroli bilan Sitsiliyadagi Kataniya shahrini bosib oldi, ularning soqchilar garnizonini qirib tashlab, yetti ming nafar musulmon asirlarni ozod qildi.
10 ramazon hijriy 8 yil, 1 yanvar milodiy 630 yil: Rosululloh A va as’hoblari hijratning sakkizinchi yilida Makkani fath qilgani harakat boshladilar. O‘sha yil fath yili, deb ataldi. Ushbu fath Nabiy Aning da’vatdagi harakatlarining asosiga, Islomning arab yarim orolida hukmronlik qilishining muqaddimasiga aylandi.
10 ramazon hijriy 961 yil, 9 avgust milodiy 1554 yil: Usmoniy harbiy flot bilan portugallar harbiy floti o‘rtasida Arab Ko‘rfazidagi Ormuz qo‘ltig‘ida kuchli dengiz jangi boshlandi. 18 soat to‘xtovsiz davom etgan ushbu jang tomonlar to‘la g‘alabaga erishmay nihoyasiga yetdi.
15 ramazon hijriy 1224 yil, 24 oktyabr milodiy 1809 yil: Usmoniy davlat «Tatariga» jangida Rossiya ustidan nusrat qozondi, ruslardan 10 ming nafar askarini halok qildi.
17 ramazon hijriy 2 yil, 13 mart milodiy 623 yil: Rosululloh A qo‘mondonliklari ostida musulmonlar bilan mushriklar o‘rtasida Badr jangi boshlandi. Unda musulmonlarga nusrat yor bo‘ldi.
17 ramazon hijriy 223 yil, 12 avgust milodiy 838 yil: musulmonlar abbosiylar xalifasi Mo‘tasim qo‘mondonligi ostida «Umuriya» jangida Vizantiya davlati ustidan nusrat quchdi. Unda Mo‘tasim o‘zining musulmon birodarlari yordamga chaqirganda otilib borib, Vizantiya davlatiga «saboq» berib qo‘yish uchun qo‘shin tortib bordi.
18 ramazon hijriy 1249 yil, 29 yanvar milodiy 1834 yil: Rossiya qo‘shinlari Ruminiyani besh yil istilo qilib turgandan so‘ng undan chiqib ketishdi. Ruslar Usmoniy davlatga tobe bo‘lgan Ruminiyani 1828 yildagi Usmoniylar bilan bo‘lgan urushlarida bosib olishgandi.
21 ramazon hijriy 941 yil, 7 iyun milodiy 1523 yil: xalifa Xayriddin Baybarisni Usmoniylar harbiy dengiz flotiga qo‘mondon qilib tayinladi. Baybaris buyuk davlat rahbarlaridan hamda dunyo dengizchilari orasida ulug‘ qo‘mondon edi.
21 ramazon hijriy 1271 yil, 7 iyun milodiy 1855 yil: ruslar hozirda Ukrainada joylashgan Sevastopol qal’asiga Usmoniylar qo‘shini tomonidan qilingan hujumda 20 ming askarlarini yo‘qotishdi. Bu Usmoniylar bilan ruslar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Qrim jangi»da bo‘lib o‘tdi.
22 ramazon hijriy 1182 yil, 31 yanvar milodiy 1769 yil: Usmoniy davlatiga tobe bo‘lgan Qrim xoni Ukrainaga kutilmaganda qishki hujumni boshladi. Usmoniylar va ruslar o‘rtasidagi ayni urushda minglab ukrain qo‘shinlari asirga olindi.
25 ramazon hijriy 658 yil, 3 sentyabr milodiy 1260 yil: Falastindagi Bison va Nablus shaharlari orasidagi «Ayni Jolut» jangi boshlandi. Musulmonlarga muzaffar Sayfiddin Qutz qo‘mondonlik qildi, mo‘g‘ullarga Kitbuk qo‘mondonlik qildi. Darhaqiqat, musulmonlar Alloh ularning peshonasiga nusrat yozishi bilan ulkan g‘alabani qo‘lga kiritdilar va vahshiy mo‘g‘ullar hujumini to‘xtatib, Islom hazoratini vayron bo‘lishdan qutqarib qoldilar.
25 ramazon hijriy 1294 yil, 4 oktyabr milodiy 1877 yil: Usmoniy qo‘mondon Ahmad Muxtor posho rus qo‘shinlari ustidan nusrat quchdi. U o‘zining 34 ming askari bilan ruslarning 740 ming askari ustidan ustun kelish bilan ushbu nusratga erishishga muvaffaq bo‘ldi hamda ruslarning 10 ming askarini yer tishlatdi.
27 ramazon hijriy 1093 yil, 29 sentyabr milodiy 1682 yil: Usmoniy qo‘mondon Uzun Ibrohim posho Slovakiyadagi mustahkam «Volk» qal’asini ishg‘ol qildi va bunga qo‘shimcha, mintaqadagi boshqa 28 ta qal’ani ham qo‘lga kiritdi. Bu qo‘mondon Slovakiya ustidan to‘la hukmronlik o‘rnatishga erishdi.
27 ramazon hijriy 1107 yil, 20 aprel milodiy 1696 yil: Usmoniy sulton Yevropaga qarshi o‘zining ikkinchi hamlasini boshladi. Nemislar qo‘shiniga qarshi olib borilgan va o‘sha yilning 25 oktyabriga qadar olti oy davom etgan ushbu jang Usmoniylar g‘alabasi bilan tugadi.
28 ramazon hijriy 92 yil, 18 iyul milodiy 711 yil: Toriq ibn Ziyod qo‘mondonligida musulmonlar bilan Roderix qo‘mondonligidagi gotlar o‘rtasida «Shazuna» yoki «Lakka» vodiysi jangi boshlandi. Bu jangda ham nusrat musulmonlarga yor bo‘lib, Islomning Ispaniyaga kirib borishiga hamda Ispaniya sakkiz asr musulmon yurti bo‘lib turishiga zamin tayyorladi.

Bu voqealar Islom ahkomlari bilan boshqaradigan Xalifalik davlati mavjud bo‘lgan kunlardagi g‘alaba-nusrat hodisalaridir. Zero u davrdagi musulmonlar ramazon oyini taqvo oyi va ibodat oyi deb bilish bilan bir qatorda g‘alaba va nusrat oyi deb bilishardi. Ammo afsuslar bo‘lsinki, 100 yildan buyon muborak ramazon oyi Xalifaliksiz kirib kelmoqda… Umid qilamizki, yuqoridagi voqealarni yodga olish ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish yo‘lida faoliyat qilish uchun biz musulmonlarga turtki bo‘lar. Zero, Alloh Taolo faoliyat qilayotgan mo‘min bandalariga ularni yerda xalifa qilish va o‘zi rozi bo‘lgan dinlariga imkoniyat berishga va’da bergan. Alloh Taolo bu haqda shunday deydi:

وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَيَسۡتَخۡلِفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ كَمَا ٱسۡتَخۡلَفَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمۡ دِينَهُمُ ٱلَّذِي ٱرۡتَضَىٰ لَهُمۡ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعۡدِ خَوۡفِهِمۡ أَمۡنٗاۚ يَعۡبُدُونَنِي لَا يُشۡرِكُونَ بِي شَيۡ‍ٔٗاۚ وَمَن كَفَرَ بَعۡدَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni xalifa qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Allohdan Islom Ummatiga – avval uni mukarram qilganidek – u bilan himoyalaniladigan va ortida turib jang qilinadigan, Ummatga Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning Sunnati asosida yetakchilik qiladigan to‘g‘ri yo‘lni tutuvchi odil Xalifani qaytarib berishini so‘raymiz. Bu esa, Allohga osondir.

Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

11.03.2024

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.