Kirib kelayotgan Ramazon oyi tabrigi

49
0

Kirib kelayotgan Ramazon oyi tabrigi

Butun olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo‘lsin. Muhammad ﷺga, uning oilasiga va sahobalariga salomlar bo‘lsin.

Buxoriy o‘zining “Sahih”ida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirgan. Muhammad ibn Ziyod aytadi: «Men Abu Hurayra roziyallohu anhuning shunday deganlarini eshitdim: «Rasululloh  bunday dedilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Oyni ko‘rib ro‘za tutinglar (ro‘zani boshlanglar), oyni ko‘rib og‘iz ochinglar (ro‘zani tugatinglar), agar havo bulut bo‘lsa, sha’bon oyini sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar».

Bugun, 2024 yil 10 mart, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi Ramazon oyining hiloli kuzatilgandan so‘ng, yangi oyning shariy (ko‘rilgani-ko‘rilmagani) o‘z tasdig‘ini topdi (topmadi). Shunga ko‘ra, ertaga dushanba muborak Ramazon oyining birinchi kunidir (Sha’bon oyining o‘ttizinchi kunidir).

Shu munosabat bilan Hizb-ut-Tahrir Qirg‘iziston barcha musulmonlarni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan tabriklaydi. Ramazon oyi iymon muhiti bilan o‘ralgan. Ramazon oyida taqvo va ma’naviy qadriyatlar ustun bo‘lib, musulmonlar Parvardigori bilan munosabatlarini mustahkamlaydi. Bu muhit musulmonlarni solih amallarga undaydi va muhim amallarning birinchi darajasiga e’tibor qaratishga chorlaydi. Binobarin, Ramazon oyida Qur’oni Karimni go‘zal tilovat qilish bilan birga, Qur’oni Karimning hukmlarini tatbiq etishga ham e’tibor qaratish lozim. Zero, namoz o‘qishning farzligi bilan Alloh Taolo nozil qilgan hukmlar bilan hukm yuritishning farzligi, ro‘za tutishning farzligi bilan Xalifa saylashning farzligi, haj ziyoratining farzligi bilan jihod qilishning farzligini bir-biridan ajratib qo‘yish mutlaqo durust emas. Chunki Alloh Taoloning hukmlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, unda yakka shaxs, jamiyat va davlat muammolari uchun yechimlar mavjuddir.

Shu o‘rinda biz Islom Ummatining haqiqiy yetakchilaridan biri bo‘lmish Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning haq so‘zlarini yodga olsak. Umar roziyallohu anhu: “Biz xor qavm edik, Alloh Taolo bizni Islom bilan aziz qildi. Agar biz azizlikni boshqa joydan qidirsak, Alloh bizni yana xor qiladi”, degan edi. Demak, bu Ramazon oyi azizlikka intilish zamonidir.

Bu yilgi Ramazon oyi yahudiy vujudi mustamlakachi kofir G‘arb bilan birgalikda Falastin aholisini qirg‘in qilayotgan paytga to‘g‘ri keldi. Islom Ummati qanchalik ochlik, azob-uqubat va zo‘ravonliklarga duch kelmasin, u takror oyoqqa turish va azizlikka erishishga qodir Ummatdir. Masalan, salibchilar va mo‘g‘ullar davrida Ummatning boshiga kelmagan musibat qolmadi. Biroq Islom Ummati bu zulmlar qarshisida qo‘l qovushtirib o‘tirmadi. Aksincha, Salohiddin boshchiligidagi Islom qo‘shini Aqsoni salibchilardan ozod qildi! Sulton Baybars qo‘mondonligi ostidagi Islom qo‘shini ham Ramazon oyida mo‘g‘ullarning tor-mor qildi. Islom yana buyuk davlatga aylandi. Hozir ham Islom Ummatining boshiga qancha balolar kelgan bo‘lmasin, u hamon tirikdir. Turkiya, Yaman, Iordaniya va Indoneziyada yuz minglab musulmonlar ko‘chalarga chiqib, Falastinning ozod qilinishini talab qilmoqda.

Shu bilan birga, Falastin hodisasi G‘arbning ikkiyuzlamachilik siyosatini va uning malaylarining xiyonatini fosh qildi. Oqibatda musulmon o‘lkalarining rahbarlari o‘z hokimiyatlarini saqlab qolish uchun aholiga qarshi kuch ishlatishdan boshqa chorasi qolmayapti. G‘arb o‘z muammolari bilan ovora. Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy inqirozlarni yengib o‘ta olmayapti. Ukraina urushi, Xitoy blokadasi, global energiya inqirozi va moliya bozorining beqarorligi tufayli u o‘zi xohlagan loyihalarini amalga oshira olmay qoldi. Ayniqsa, kapitalizmning beshigi bo‘lgan Amerika, Fransiya va Angliyada xalqlarning o‘z hukumatlariga qarshi noroziliklarning kuchayib borishi butun dunyoning buzuq kapitalistik tuzumdan beziganiga dalolat qiladi.

Shunday ekan, bugun musulmonlar uchun, o‘zgalar tarafidan tortib olingan hukumatlarini qaytarib olish vaqti keldi. Aslini olganda, kuch-qudrat egalari bizning o‘lkalardagi G‘arbning nufuzini sindirish va ulardan hokimiyatni tortib olib, Islom Ummatiga topshirish qudratiga egadir. Shuning uchun bu Ramazonda musulmonlar azizlikka erishish uchun, kuch egalaridan o‘z vazifalarini bajarishlarini talab qilishlari kerak. Zero, Islom hukmlarini qo‘llash Xalifalikka bog‘liq bo‘lib, u bilan barcha farzlarning ijrosi hayotga qaytadi. Mol-mulk, nomus va mamlakatning himoyasi ham Xalifalik davlati tomonidan ta’minlanadi. Kofirlarning zulmidan o‘sha qalqon ortida turib himoyalaniladi. Demak, ey musulmonlar, shunday harakat qilingki, bu yilgi Ramazon oyi Allohning Kitobi va Rasululloh ﷺning sunnatlarini tatbiq qiladigan, Allohning va’dasi va Rasulining bashoratini ro‘yobga chiqaradigan davlatsiz o‘tayotgan Ramazonlarning oxirgisi bo‘lsin! Ilk tarixingizni jonlantirib, butun dunyoga nur va ezgulikni yoying!

Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.