Britaniya «terrorizmga qarshi kurash» niqobi ostida Hizb ut-Tahrirni taqiqlamoqda

40
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Britaniya «terrorizmga qarshi kurash» niqobi ostida Hizb ut-Tahrirni taqiqlamoqda

﴿قَدۡ بَدَتِ ٱلۡبَغۡضَآءُ مِنۡ أَفۡوَٰهِهِمۡ وَمَا تُخۡفِي صُدُورُهُمۡ أَكۡبَرُۚ﴾

«Ularning sizlarni yomon koʼrishlari ogʼizlaridan oshkor boʼldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir»

Hizb ut-Tahrirning muborak

Falastin zaminidagi

matbuot boʼlimi aʼzosi

Britaniya parlamenti Hizb ut-Tahrirni taqiqlash va uni «terrorchi tashkilot» deb tasniflash toʼgʼrisidagi qarorni yoqlab ovoz berdi. «Hizb ut-Tahrir terrorizm va «antisemitizmni» maqtaydi» degan asosda ichki ishlar vaziri Jeyms Kleverli tomonidan taqdim etilgan bu qaror, shoshilinch muhokamadan soʼng, umum va lordlar palatasidagi barcha Britaniya vakillari tomonidan qoʼllab-quvvatlandi. Britaniya ichki ishlar vaziri Jeyms Kleverli oʼz bayonotida Hizb ut-Tahrirga taqiq qoʼyilishini uning 7 oktyabr voqealarini maqtagani va Falastin qarshilik harakatining (Isroil) obʼektlariga qarshi zarbalarini yuksak baholagani bilan asosladi. Bayonotda Hizbning bu voqealarni qoralashi «terrorizmga daʼvat» va «ekstremizm va antisemitizmga targʼib qilish» deb hisoblandi.

Shunday qilib, demokratiya va erkinliklar qonunchilarini, liberal va ilmoniy qadriyatlar nazariyotchilarini oʼzida jamlagan deb faraz qilingan Britaniya parlamenti oʼz printsiplarini, daʼvo qilgan qadriyatlarini va yolgʼon saqofatlarini oyoq-osti qilib, Hizbni terrorchi deb hisoblashda ijrochi hokimiyatga qoʼshildi.

Dunyoning 50dan ortiq davlatida faoliyat yuritayotgan, 70 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud boʼlgan Hizb ut-Tahrirning terrorchilik va moddiy ishlar bilan mashgʼul boʼlganini yoki zoʼravonlikdan vosita oʼrnida foydalanganini birorta hukumat isbotlay olmagan. Hizbni taqiqlagan, uning aʼzolarini quvgʼin qilgan davlatlarning barchasi Gʼarbning oʼzi tomonidan hamisha diktator va mustabid deb taʼriflangan davlatlardir. Holbuki, Gʼarb arab davlatlari, Rossiya va Oʼrta Osiyo davlatlari kabi baʼzi davlatlarga qarshi kurashishini va ularning rejimlariga dushmanligini daʼvo qilib, ularni qoloq, reaktsion, demokratiya va erkinlik dushmani deb taʼriflab keladi. Barcha davlatlar Hizbni fikriy va siyosiy kurash maydonidan zoʼravonlik maydoniga chiqaradigan birorta voqeani topisha olmagan. Britaniya siyosatchilarini oʼz qonunlariga zid boʼlgan bunday qadamni tashlashga nima undadi?! Eʼtibor qaratilishi kerak boʼlgan va chuqur tekshirishni talab qiladigan narsa shudir.

Bu savolga javob berishdan oldin shuni aytib oʼtish kerakki, bu Britaniya hukumatining Hizbni jinoiy javobgarlikka tortish yoki taqiqlashga qaratilgan birinchi urinishi emas. Taqiqlash qarori Toni Bler, Devid Kameron va Tereza Mey kabi bosh vazirlar tomonidan bir necha bor muhokamaga qoʼyilgan. Ular taqiqlashni oqlaydigan aniq qonuniy asos boʼlmagani uchun ortga chekinishgan. Ular qarorni qonuniy jihatdan oqlaydigan asosni hozir haqiqatdan topishdimi?! Аlbatta, yoʼq. Hizb oʼz fikrini, xatti-harakatini, eʼtiqodini va faoliyatini oʼzgartirmagan. U Аlloh uni gʼolib qilmagunigacha, oʼz yoʼlini aslo oʼzgartirmaydi va oʼz printsiplarida sobit turadi. Oʼzgarish ularda sodir boʼldi, Hizbda emas.

Toʼgʼri, bu safar Hizbni taqiqlash uchun ular koʼrsatgan bahona Hizbning Gʼazodagi mujohidlarni qoʼllab-quvvatlashi hamda jinoyatchi dushman boʼlgan yahudiy vujudiga qarshi mujohidlarga yordam koʼrsatishga chaqirishidir. Buni ular antisemitizm va terrorizmni ragʼbatlantirish deb hisoblashdi. Biroq bu bahonalari va «hujjat»lari shu darajada past-qadrsizki, hatto koʼrib chiqishga ham arzimaydi. Birodarning oʼz birodarini qoʼllab-quvvatlashi qachondan beri antisemitizm boʼlib qoldi?! Yahudiylar tomonidan Falastin ahliga qarshi amalga oshirilayotgan qirgʼin va vahshiyliklarni rad etish irqchilik pozitsiyasi hisoblanadimi?! Xoʼsh, adolat, haqiqat va mazlumlarga yordam koʼrsatish mezonlari qani?! Bu – butun dunyoda, shu jumladan, Gʼarb olamida ushbu jinoyat va vahshiylikni rad etish uchun yurish va namoyishlarga chiqqan odamlarni Britaniya hukumati antisemit deb hisoblaydi deganimi?!

Gʼazo va uning ahlini qoʼllab-quvvatlash, ularga yordam berishga chaqirish terror deb hisoblanayotgan ekan, xoʼsh, kim terrorist deya tavsiflanishga loyiq: Britaniyada oʼzining din, hazorat va saqofatda qardoshi hisoblangan musulmonga ogʼzaki yordam berib, unga sabot, gʼalaba va qirgʼinlardan najot topishini tilab duo qilayotgan musulmonmi yoki yahudiy vujudini qoʼllab-quvvatlab, uni qurol-yarogʼ, portlovchi moddalar, samolyotlar va razvedka maʼlumotlari bilan taʼminlayotgan hamda bolalar, ayollar va qariyalarning oʼldirilishiga, masjid va maktablarning ichidagi odamlari bilan qoʼshib portlatib tashlanishiga sherik boʼlayotgan, shuningdek, jangovar samolyot bortidagi harbiy yuklar orasidan chiqib, qilmishlari bilan olamga maqtanayotgan britaniyalikmi?! Genotsid va vahshiylik ostidagi mazlum tomonida turgan kishi nahotki terrorchi hisoblansa?! Nahotki, jinoyatchi qotil bilan birga boʼlib, unga qurol-yarogʼ, taʼminot va razvedka maʼlumotlarini yetkazib bergan kishi tinchlikparvar va insoniyat himoyachisi hisoblansa?!

Ularning dalillari qonuniy jihatdan asossizligi aniq. Bu qaror nufuzli guruh tomonidan qabul qilingan siyosiy qarordir. Bu guruh vakillikka, erkinliklar va inson huquqlari saqlanishi talablariga endi toqat qilolmaydi. Shuning uchun tishlarini koʼrsatib irillab, oʼzining haqiqiy basharasini oshkor qildi. Chunki Hizbning faoliyati, jinoyatchi hukmdorlar xiyonatini va Islom olamidagi malaylarni fosh etishi, Ummatni taxtlarni qulatishga undashi, shuningdek, Falastin, Gʼazo va Аqso masjidiga yordam koʼrsatish uchun armiyalarni harakatga keltirishga chaqirishi ularni vahimaga solib qoʼydi. yahudiy vujudining jinoyati va uni qoʼllab quvvatlovchi Gʼarb hukmdorlarining vahshiyligi Hizb tomonidan fosh etilishi ularni zeriktirdi. Gʼarb jamoatchiligi oldida ularning basharasi ochilib qoldi va jamoatchilik ularni jinoyatda yahudiylarga sherik, qirgʼinlar va genotsidda ularga tarafdor deb biladigan boʼlib qoldi. Shuning uchun ular Islomga va Hizbga nisbatan qalblaridagi yashirin nafratning bir qismini chiqarishga majbur boʼlishdi. Chunki Hizb hech qachon ular bilan doʼstlashmadi, uni toʼxtatib qolishlariga yoki unga taʼsir oʼtkazishlariga umid qoldirmadi.

Hizbning Аqso toʼfoniga nisbatan tutgan pozitsiyasi, Ummatni va Ummat armiyalarini Gʼazoga yordam koʼrsatishga chaqirishi, Gʼarb va uning yetakchilarini fosh qilishga qoʼshgan hissasi Rishi Sunakning iligini qaltiratdi. Shu bois Hizbni taqiqlash qarorini qabul qilish uchun oʼz demokratiyasini devor ortiga uloqtirib, oʼzlari daʼvo qilgan erkinlik printsiplarini oyoq-osti qildi. Ish sudga havola qilingan paytda modomiki sud hukumat va parlamentni qoʼllab-quvvatlashga qaror qilgan ekan, demak bu qaror bosim ostida qabul qilingan qaror emas. Аksincha, u Britaniyadagi davlat ortidagi davlatning qarori hisoblanadi va ular ertaga oʼz gʼazablarini bosish uchun barcha qadriyatlarini ham qurbon qiladilar.

Britaniya siyosatchilari hamda boshqa dunyo yetakchilari va rejimlari biladigan haqiqat shuki, Hizb oʼz faoliyati va daʼvatini davom ettiradi. U taqiq qoʼyilishi yoki ruxsat berilishiga parvo qilmaydi va uning Islom olamidagi faoliyati bunga dalildir. Hizb rejimlarga yaltoqlik qilish yoki ularning yomonligidan saqlanish uchun hech qachon oʼz fikri va printsiplarini oʼzgartirmagan va to Rosululloh ﷺning quyidagi hadislarining tasdiqi sifatida Аlloh uni gʼolib qilguniga qadar oʼzgartirmaydi:

«لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي عَلَى الْحَقِّ ظَاهِرِينَ لَعَدُوِّهِمْ قَاهِرِينَ، لَا يَضُرُّهُمْ مَنْ خَالَفَهُمْ، إِلَّا مَا أَصَابَهُمْ مِنْ لَأْوَاءَ، حَتَّى يَأْتِيَهُمْ أَمْرُ اللهِ وَهُمْ كَذَلِكَ»

«Ummatimdan bir guruh kishilar dinda gʼolib boʼlib, dushmanlarini magʼlub qilgan holda davom etadilar. Qarshi chiqqanlar ularga zarar yetkaza olmaydi. Faqat ularga turli azob-uqubatlar yetadi, xolos. Аllohning amri kelgunga qadar ular shunday holatda davom etadilar». Oʼsha gʼolib va muzaffar toifa Аllohning izni ila biz boʼlamiz, degan umiddamiz.

Bugun Gʼarb dunyosi va malay hukmdorlar soʼnggi nafaslarini olishmoqda. Zero, ularning koʼpchiligi Ummatning qoʼzgʼalish uchun qaynoq holatda turganini, haq bilan botil ajralib boʼlganini, orani ochiq qiladigan tomonga qarab ketilayotganini koʼrib turgan ekanlar, kelajak Islomniki va roshid Xalifalik davlatiniki ekaniga, buning yaqinlashib qolganiga ishonch hosil qilishgan.

Masalan Britaniya oʼzining Islom Ummati va kelgusi Xalifalik bilan boʼladigan hisob-kitobi juda ogʼir boʼlishini biladi. Chunki musulmonlarning Xalifaligini qulatgan, Ummatni parchalagan va Islom yurtlarini mustamlaka qilib, qonini soʼrgan Britaniyadir. Yuz yildan ortiq vaqtdan buyon uning tishlari Ummat tanasiga sanchilgan, buzgʼunchiligi Islom olamining har tarafiga yoyilgan. Ummat bilan uning oʼrtasidagi adovat eski boʼlib, chuqur ildiz otgan. U buni biladi va Islom Ummati bilan boʼladigan ushbu toʼqnashuvni kechiktirishga astoydil intiladi. Bu toʼqnashuv Ummat oʼz Xalifaligini barpo qilganida boʼlishini ham biladi. Shuning uchun u Hizb bilan Xalifalikni barpo etilishi oʼrtasini toʼsish xayolida unga qarshi kurashmoqda va makr-hiyla qilmoqda. U bu borada xayolparastlik qilmoqda. Аlloh Taolo aytadi:

﴿إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمۡرِهِۦۚ قَدۡ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَيۡءٖ قَدۡرٗا﴾

«Аlbatta Аlloh Oʼzi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yoʼqdir). Darhaqiqat Аlloh barcha narsa uchun miqdor-oʼlchov qilib qoʼygandir»                              [Taloq 3]

Roya gazetasining 2024 yil 24 yanvar chorshanba kungi 479-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.