Turk rejimi bilan Аsad rejimi mustamlakachi kuchlarning bitta basharasidir!

205
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Turk rejimi bilan Аsad rejimi mustamlakachi kuchlarning bitta basharasidir!

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʼgʼli Turkiya Аsad rejimi uchun Suriya Demokratik Kuchlari jangarilariga qarshi kurashda barcha turdagi siyosiy qoʼllab-quvvatlov taqdim etishini taʼkidladi. Turkiya vaziri oʼz mamlakati ilgari terroristlarni mintaqadan chiqarib yuborish masalasida Eron bilan soʼzlashuvlar oʼtkazganini aytar ekan, «bu xususda Suriya rejimi faoliyati uchun kerakli barcha siyosiy yordamlarni taqdim etamiz», dedi. Soʼng «terroristlarni oʼz tuprogʼidan chiqarib tashlash Suriya rejimining tabiiy huquqi, biroq, u yerdagi moʼʼtadil muxolafatchilarni terroristlar, deb hisoblashi toʼgʼri emas»ligini qoʼshimcha qildi.
Oʼz navbatida, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʼlimi raisi ustoz Аhmad Аbdulvahhob Chovushoʼgʼlining bu bayonotiga nisbatan bunday dedi:
«Turk rejimi oʼzining milliy xavfsizligini taʼminlash yoʼlida suriyalik shaytonni toʼla qoʼllab-quvvatlashga tayyor. Jangchi guruhlar rahbarlarini esa, oʼz manfaatlarini amalga oshirishdan boshqa bir kun ham qoʼllab-quvvatlamagan. Ularni yollanma askarlarga aylantirib, nopok siyosiy pullarni toʼkib qoʼygan ekan, turk rejimining bu bayonotidan soʼng ularning pozitsiyasi qanday ham boʼlardi?!».
Oʼz navbatida, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati markaziy aloqalar qoʼmitasi raisi ustoz Аbdulhamid Аbdulhamid ham quyidagilarni taʼkidladi:
«Turk rejimi Suriya rejimini faqat kurd milliy guruhlariga qarshi qoʼllab-quvvatlayotgani yoʼq. Balki biz uning qonxoʼr rejimga xavf tugʼdiruvchi har bir jamoaga qarshi qoʼllab-quvvatlashga tayyorligini yaxshi bilamiz. Chunki bu Suriya va Turk rejimlari ikkalasi ham anavi yirik davlatga doʼst».
Ustoz Аbdulhamid turk rejimining qoʼzgʼolon yillari davomida sodir etgan qilmishlaridan asosiylarini keltirib oʼtib, bunday dedi:
«Qoʼzgʼolon boshlanganda Suriya armiyasidan ajralib chiqqan ofitserlarni qisuvga olib, ularni lagerlardan chiqarmay ushlab turdi… Turkiyadagi mehmonxonalarni xalqaro josuslik uyalariga aylantirib qoʼydi… Siyosiy pullarga bogʼlash orqali jangchi guruh rahbarlarining qarorlarini tortib oldi. Ostonada ochiqchasiga Eron va Rossiya bilan qonxoʼr rejim istagan frontlarni muzlatish borasida til biriktirib, rejimni mintaqa ketidan mintaqaga hukmron qilish maqsadida jangchi guruh rahbarlariga ayni kelishuv bandlarini bajarish vazifasini yukladi. Halabni topshirish borasida bosqinchi ruslar bilan ochiqchasiga hamkorlik qildi. Oʼn minglab suriyalik jangchilarni Liviya va Ozarbayjonda Аmerika manfaatlariga xizmat qiluvchi yollanma jangarilarga aylantirish orqali frontlarni boʼshatib berdi. Rossiya kemalariga turk boʼgʼozlaridan oʼtishga ruxsat berib, ozod etilgan hududni ikkiga – vaholanki, ikkala hudud yetakchilari ham bitta tarafga boʼysunadi – boʼlib tashladi. Bularning barchasini amalga oshirgan mana shu Turkiya rejimidir. Endi tabiiy savol tugʼiladi: bu ochiq-oshkor ishlar turk rejimi qoʼzgʼolonga qarshi qonxoʼr rejimni qoʼllab-quvvatlayapti, deyish uchun kifoya qilmaydimi?!
Roya gazetasining 2022 yil 3 avgust chorshanba kungi 402-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.