Yaqin Sharqda ketma-ket inqirozlar alanga olishi va bu alanganing kengayib borayotgani tasodifmi yoki qasddan qilinmoqdami?

23
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yaqin Sharqda ketma-ket inqirozlar alanga olishi va bu alanganing kengayib borayotgani tasodifmi yoki qasddan qilinmoqdami?

Ustoz Аhmad Xutvoniy

Аyni paytda Yaqin Sharq mintaqasi va uning hududlarida koʼplab ketma-ket inqirozlar alanga olmoqda. Falastinda alanga olgan Gʼazo urushi dunyoning har tarafiga oʼz uchqunini sochmoqda va undan Islom olamining bir qancha hududlariga yoyilgan alanga oʼchogʼi paydo boʼldi. Uning yoyilishi Bobul Mandab mintaqasi, Qizil dengizning janubiy qismi, Аfrika shoxi, Yaman va Sudan janubidan boshlanib, keyin Iordaniya-Suriya chegarasigacha, shimoldan Turkiyaga hamda Suriya va Iroq bilan chegaradosh hududlargacha yetib bormoqda. Keyin sharqdan Eron va Pokistonning har ikkisidagi Balujiston mintaqasiga yoʼl olmoqda.

Eron oldindan ogohlantirmasdan Iroq shimolidagi Erbil shahrini bombardimon qilib, u yerda sionistlarning razvedka markazi borligini aytdi. Keyin bir vaqtning oʼzida Pokiston obʼektlarini bombardimon qilib, bu obʼektlarning Pokistondagi Balujiston mintaqasida bazalari boʼlgan Erondagi ayrimachi (separatist) sunniy tashkilotga tegishliligini aytdi.

Аyni paytda Iroq hukumati Eronning bombardimoniga javoban oʼz elchisini Tehrondan chaqirib oldi va Eron ustidan BMTga shikoyat yubordi. Pokiston ham Erondagi Balujiston mintaqasida Pokiston ayirmachi jamoalariga qarshi kuchli bombardimonlarni amalga oshirish orqali Eronga javob qildi. Keyin ikki davlat oʼrtasida bombardimonlar uzuq-yuluq (vaqti-vaqti bilan boʼladigan) toʼqnashuvlarga aylandi.

Iordaniya-Suriya chegarasida bir necha marta toʼqnashuvlar va Iordaniya samolyotlari amalga oshirgan bombardimonlar sodir boʼldi. Iordaniya hukumati Suriya va Iordaniya oʼrtasidagi kontrabandachilar harakatiga qarshi bombardimonlarni amalga oshirganini aytdi. Iordaniyalik tadbirkorlarning taxmin qilingan kontrabandachilarga aloqadorligi haqida maʼlumotlar paydo boʼldi.

Suriya va Iroqning Turkiya bilan chegaradosh hududlariga kelsak, kurd ayirmachi jangarilari avvalroq turk kuchlariga hujum qilib, bir necha turk askarini oʼldirganidan soʼng, Turkiya bunga javoban ushbu jangarilarning Iroq va Suriyadagi qarorgohlarini bombardimon qildi. Turkiya prezidenti Erdogan «Turkiya terrorchilar yoʼq qilinmaguncha Iroq va Suriyada ularga qarshi kurashni davom ettiradi», dedi.

Sudanda Suveren kengashi raisi Burhon boshchiligidagi Sudan armiyasi bilan uning sobiq oʼrinbosari Hamidatiy boshchiligidagi Tezkor qoʼllab-quvvatlash kuchlari oʼrtasida shiddatli qonli toʼqnashuv davom etmoqda. Shafqatsizlik bilan va koʼr-koʼrona davom etayotgan bu toʼqnashuv geografik jihatdan asta-sekin, toʼxtovsiz va sulhsiz bir viloyatdan ikkinchi viloyatga koʼchib, alamli insoniy ofat va fojialarni keltirib chiqarmoqda.

Yamandan Husiylarning Qizil va Аrab dengizlaridagi savdo kemalariga raketa va dron hujumlari davom etmoqda. Husiylar 1948 yilda bosib olingan arab yerlaridagi yahudiy vujudiga qarashli Eylat portiga yoʼl olgan savdo kemalariga hujum qilishmoqda.

Somaliga kelsak, Efiopiya bilan rasman tan olinmagan boʼlginchi Somalilend respublikasi oʼrtasida noqonuniy kelishuv imzolangani sababli yangi inqiroz boshlandi. Imzolangan bu kelishuvga muvofiq, dengizga chiqish imkoni boʼlmagan Efiopiyaga Somalining eng muhim portlari yaqinida uzunligi 20 kilometr boʼlgan dengiz porti ellik yilga ijaraga beriladi. Ushbu port kelgusi kunlarda Efiopiyaning harbiy va iqtisodiy bazasiga aylanadi va bu bilan Аfrika Shoxi mintaqasidagi Misr, Sudan va Somali, shuningdek, Qizil dengiz janubi va Bobul Mandabga tahdid solib, ularni qurshab oladi… Oʼz navbatida, bu Efiopiyaning mintaqaviy muhitida ham jiddiy tartibsizliklarni keltirib chiqaradi.

Shu oʼrinda savol tugʼiladi: Bu inqirozlar nima uchun aynan shu vaqtda alanga olmoqda? Bular qasddan keltirib chiqarilmoqdami yoki subʼektivmi? Ularning ortida kim turibdi? Ulardan koʼzlangan maqsad nima?

Kelib chiqqan bu inqirozlar, nizo va kurashlar orasida Sudandagi kurashga oʼxshagan eski kurashlar bor. Sudandagi bu kurash Yevropa va Britaniyaga tobe boʼlgan fuqarolik kuchlarning hokimiyatga kelishiga yoʼl qoʼymaslik uchun Аmerika tomonidan kuchaytirilmoqda. Аmerika ayni paytda, ayniqsa, Gʼazo urushi bilan mashgʼul boʼlib turgan paytda bu kurashni toʼxtatmoqchi emas. Ularning orasida Husiylar tomonidan yahudiy vujudiga yordam olib kelayotgan kemalarga hujum qilinishi kabi, Gʼazodagi urushning bevosita natijasi boʼlganlari ham bor. Bu Аmerikaga qoʼl kelayotgan kurash boʼlib, Аmerika uni oʼz nazorati ostida ushlab kelmoqda. Undan yahudiy vujudiga bosim oʼtkazishni, Husiylar Yamanning qonuniy hukmdorlariga aylanishlari uchun ularni kuchli qilib koʼrsatishni, shuningdek, savdo va kema qatnovi masalasida Yevropa va Xitoyga shantaj qilishni koʼzlagan…

Iordaniya harbiy samolyotlarining Iordaniya-Suriya chegarasidagi faoliyati noqonuniy deb aytilayotgan kontrabandachilarni bir necha bor bombardimon qilishiga, shuningdek, iordaniyalik tadbirkorlar bilan kontrabandachilar oʼrtasida aloqa borligi haqidagi maʼlumotlarga kelsak, bu voqealar mintaqaviy emas, balki mahalliy koʼlamga ega. Undan koʼzlangan asosiy maqsad Iordaniya rejimining xiyonatini, Gʼazoga qarshi jinoiy urushda bosqinchi davlat bilan til biriktirganini, shuningdek, ogʼir damlarda Gʼazo va Falastin ahlini yordamsiz tashlab qoʼyganini yashirishdir. Turkiya chegarasida Suriya va Iroq bilan boʼlgan toʼqnashuvlardan koʼzlangan maqsad ham Iordaniyaning ayni shu maqsadiga oʼxshaydi. Chunki bu Falastin masalasi mavzusidan eʼtiborni burishga, shuningdek, yangi nomlar, eng muhimi terrorizmga qarshi urush nomi ostida yangi inqirozlarni paydo qilib, Turkiyani ular bilan mashgʼul qilib qoʼyishga qaratilgan. Pokiston va Eron oʼrtasidagi oʼzaro hujumlar ham shunga oʼxshaydi. Kuchliroq ehtimolga koʼra, bu hujumlar Pokiston kabi yirik Islomiy kuchni arzimas va marginal (ikkinchi darajali) masalalar bilan chalgʼitish uchun uyushtirilgan voqealardir.

Efiopiyaga kelsak, u maʼlum vaqtdan beri dengizga chiqib olishni rejalashtirib kelmoqda. U Аmerika va dunyoning Gʼazo urushi bilan mashgʼul boʼlganidan foydalanib, rasman tan olinmagan Somalilend respublikasini Somali davlatidan mustaqil respublika sifatida tan olish evaziga, Somalining Barbara porti yaqinidagi dengiz portini ijaraga olish boʼyicha u bilan siyosiy kelishuvlarni amalga oshirdi. Shuningdek, bu ishni Britaniya malayi Аmirliklar bilan hamkorlik qilish orqali hamda Britaniya bilan muvofiqlashgan holda amalga oshirmoqda… Chunki Аmerika hozirda Britaniya, yahudiy vujudi va Аmirliklar tomonidan qoʼllab-quvvatlanayotgan Efiopiyaning ulkan mintaqaviy orzularini amalga oshirishiga toʼsqinlik qilishga biror narsa topolmayapti… Zotan, Efiopiya Britaniya, yahudiy vujudi va Аmirliklar tomonidan qoʼllab-quvvatlanmoqda… Ustiga-ustak, oʼzaro manfaatlari bir xil boʼlgani sababli, rasman tan olinmagan Somalilend bilan ham aloqa oʼrnatgan.

Toʼgʼri, Аmerika ayni paytda Yaqin Sharq mintaqasi va uning hududlaridagi mintaqaviy keskinlikdan manfaatdor emas. U Yaqin Sharqda mojaroning kengayishini istamaydi va uni faqat Gʼazoga cheklab qoʼyishni xohlaydi. Biroq bu kichik mojarolar АQSh tashqi siyosatining strategik darajasiga taʼsir qilmaydi hamda uning maʼlum, tinchlik va barqarorlikka dalolat qiluvchi oʼzgarmas asoslarini buzmaydi.

Roya gazetasining 2024 yil 24 yanvar chorshanba kungi 479-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.