Markaziy Osiyo – Germaniya munosabatlari

51
0

Markaziy Osiyo – Germaniya munosabatlari

Germaniya Yevropa ittifoqi davlatlari orasida birinchi boʼlib Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlariga mezbonlik qildi. Berlinda tashkil qilingan sammitda Markaziy Osiyo prezidentlari Federal kantsler Olaf Sholьts hamda prezident Frank Valьter – Shtaynmayer bilan uchrashuvi oʼtkazdi.
Uchrashuvda Qirgʼiziston prezidenti Sadir Japarov geosiyosiy vaziyatda xalqaro hamjamiyat eʼtibori Markaziy Osiyoga qaratilayotganini taʼkidladi. Unga koʼra, bu holat oʼzaro iqtisodiy hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratmoqda. “Bularning barchasi siyosiy deklaratsiyalar qabul qilish bilan cheklanib qolmay, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy ishlarni mazmunli olib borish uchun yaxshi imkoniyat yaratmoqda”, – dedi Japarov.
Germaniya soʼnggi bir yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini sammitga toʼplagan oltinchi davlatdir. Statistik maʼlumotlarga nazar tashlanadigan boʼlsa, soʼnggi ikki yilda tovar ayirboshlash hajmi keskin oshganini koʼrish mumkin.

Izoh: Ukraina urushi tufayli Rossiya holdan toyib borgan sari uning Markaziy Osiyo respublikalari ustidagi siyosiy va iqtisodiy taʼsiri tobora kamayib borayotgani, buning muqobilida Gʼarb davlatlarining Markaziy Osiyoga qiziqishi ortib borayotgani sir boʼlmay qoldi. Yaʼni, har bir mustamlakachi davlat yangi boʼshab borayotgan maydonni oʼz taʼsiri va nufuzi bilan toʼldirib borgani kabi Yevropa Ittifoqi ham Rossiyaning siyosiy va harbiy zaiflashuvidan unimli foydalanib, Markaziy Osiyoda oʼz taʼsirini kengaytirishga intilmoqda. Zero Gʼarb siyosatchilari Markaziy Osiyo strategik ahamiyatga ega mintaqa hisoblanishini, bu yerda ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mavjudligini va bunga befarq qaray olmasligini avvaldan taʼkidlab keladi.
Markaziy Osiyo mintaqasi mustamlakachi davlatlar, yaʼni АQSh, Gʼarb davlatlari, Rossiya va Xitoyning manfaatlari kesishgan muhim mintaqada joylashganligi uchun ham uning ustida mustamlakachilik kurashi tobora kuchayib bormoqda. Bundan tashkari bu mintaqa mustamlakachi davlatlarni oʼziga rom etuvchi mineral resurslar va tabiiy yer osti boyliklariga ega. Bu ketishda Markaziy Osiyo davlatlari bir mustamlakachining taʼsiridan qutulib, boshqasini taʼsiri ostida tushib qolishdan boshi chiqmaydi. Mustamlakachi davlatlar esa, oʼz tabiatlariga koʼra, boyliklarini talon-taroj qilish, xalqlaridan arzon ishchi kuchi safatida foydalanishda davom etaveradi. Bunda asosiy rolni oʼzimizdan chiqqan malay rahbarlar oʼynab beradi.
Shunday ekan, oʼz kelajagimiz va taqdirimizni mustamlakachilar qoʼlida qoʼgʼirchoq boʼlgan malay rahbarlarga topshirib qoʼyishimiz biz musulmonlarga aslo joiz boʼlmaydi. Аksincha, biz bunday holatda ikki dunyo azizligiga olib boruvchi Islomiy Xalifalik davlatini barpo etish yoʼlida harakat qilishimiz zarurdir. Faqat Xalifalik davlatigina bu mustamlakachilarning musulmonlar va Islomiy yurtlar ustida olib borayotgan jirkanch oʼyinlariga chek qoʼya oladi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.