Shom tog’uti kimyoviy qurollarini topshirmoqda, Obama maqtanmoqda, buning badalini esa Suriyadagi musulmonlar to’lamoqdalar

322
0

01

2013 yil 10 sentyabr kuni Obama telemurojaat qilib, unda Suriyaga harbiy zarbani kechiktirgani va Bashar Asadga kimyoviy qurollarni topshirishi orqali yana bir bor fursat bergani haqida bayonot berdi. U bu bayonotini Suriyaga harbiy zarba berish haqida tahdid qilishi orqali butun dunyo qulog’ini qomatga keltirishi ortidan aytmoqda. U aytgan zarba aniq yovuzlik bo’lgani sababli musulmon odam uni qo’llab-quvvatlashi yoki unga chaqirishi joiz emas. Shuning uchun musulmonlar muammolarini hal qilish uchun ajnabiy mustamlakachi davlatlardan yordam so’rash mumkin emasligidan tashqari, bu siyosiy xudkushlik va yomg’irdan qochib do’lga tutilish hamdir. Axir, Alloh Subhanahu va Taolo:

«Ey mo’minlar, mo’minlarni qo’yib kofirlarni do’st tutmang, Alloh uchun o’z zararingizga ochiq hujjat qilib berishni istaysizmi» [Niso 144] demoqda. Rosululloh s.a.v esa shunday dedilar:

«لاَ تَسْتَضِيئُوا بِنَارِ الْمُشْرِكِ»

«Mushrik olovi yorug’idan foydalanmanglar». Imom Ahmad Anasdan rivoyat qilgan. Bayhaqiy rivoyatida:

«لاَ تَسْتَضِيئُوا بِنَارِ الْمُشْرِكِينَ»

«Mushriklar olovi yorug’idan foydalanmanglar» degan lafz bilan kelgan, Buxoriy ham «Tarixi kabir»da shu lafz bilan keltirgan. Bundan mushriklar olovini o’zingizga yorug’lik qilib olmang, degani tushuniladi. Olovdan maqsad urushdir. Hadis mushriklar tarafida turib urush qilish va ularning fikrini olishdan kinoya qilib, undan ulardan yordam so’rashdan qaytarish tushuniladi. Shuningdek, Rosululloh s.a.v:

«فَإِنَّا لاَ نَسْتَعِينُ بِمُشْرِكٍ»

«Biz mushrikdan yordam so’ramaymiz», deganlar. Ahmad va Abu Dovud rivoyati. Shu bois kofirlarning harbiy aralashuv orqali yordam berishini so’rash, hatto ular bilan o’z muammolarimiz borasida maslahatlashish ham gunohi kabiralardan bo’lib, aslo durust emas.

Obamaning bu bayonoti Asad rejimi kimyoviy qurol qo’llab 1400 musulmonni shahid qilganidan keyin Obama unga tahdid qilganiga uch haftadan ko’proq vaqt o’tgandan so’ng yangramoqda. Amerika o’z odatiga ko’ra, ikki yarim yildan beri Suriyadagi islomiy qo’zg’olonni yo’q qilish maqsadida Asadga muhlat ketidan muhlat berib kelayotgani kabi, Obamaning bu bayonoti yangilikdan darak ham bermaydi, ular aytishga odatlangandek, qizil chiziqni ham anglatmaydi. Zero, bugun barcha qizil chiziqlar ko’k chiziqlarga aylanib bo’lgan. Obama bu telemurojaatida kimyoviy qurollarga Amerika milliy xavfsizligi uchun xavf, deya baho berdi. Unga ko’ra, «bu qurollar amerikalik askarlarni xavf ostiga qo’yishi va terrorchi tashkilotlarning bu qurollarga ega bo’lib, uning fuqarolariga hujum qilishlarini osonlashtirishi mumkin emish». Yahud davlati xavfsizligini himoya qilishni ta’kidlar ekan: «Bu qurollar Suriya tashqarisiga chiqib ketgudek bo’lsa, bizning Turkiya, Iordaniya va Isroil kabi ittifoqchilarimizga tahdid tug’dirishi muqarrar», dedi. Suriyaga harbiy zarba berish ortidagi maqsadini ochiqlab, «Biz har qanday harbiy amaliyotni olib borarkanmiz, muxolafatchilarning zolim kuchlarga va ekstremistik tashkilotlarga qarshi kuchaytirajak siyosiy echimga erishish yo’lida harakatimizni ikki barobar kuchaytiramiz», dedi.

Amerika Suriya qo’zg’oloni mobaynida musulmonlar qoni daryo bo’lib oqizilishiga nisbatan miq etgani yo’q. Aksincha, bundan ko’zini yumib oldi, go’yo yuz mingdan ziyod musulmon qirg’in qilinganini eshitmaganday yoki otib tashlash, bomba yog’dirish, portovchi bochkalar orqali qirg’in qilish bo’g’ib yo zaharlab qirg’in qilishdan boshqachaday. Amerika ham, butun G’arb ham tog’ut Asadning bundan oldin kimyoviy qurollarni ishlatganini yaxshi bilishadi. Ammo uning bu tahdidlari ortida Suriyadagi musulmonlar va qo’zg’olonchilarni tazyiq ostiga olish maqsadi yotibdi. Toki, Jenevaga borish bilan siyosiy echimni zo’rlab tiqishtirishga, Asad bilan muzokara stoliga o’tirib, o’zining Suriyadagi rejimidagi ayrim basharalarni o’zgartishga, binobarin, emirilayotgan eski rejimini saqlab qolib, unga yangidan jon berishga muvaffaq bo’lsin. Chunki Amerika Suriyadagi musulmonlarning «qo’zg’olonimiz Alloh uchun, Alloh uchun», deya qattiq turishlari ortidan ularga bosim o’tkazishga muvaffaq bo’la olishiga aniq ishongan emas. Shuning uchun o’ziga ham, jinoyatkoriga ham harakatga kirishish uchun vaqt berdi. Keyin Amerika ma’muriyati bu zarba uchun ta’tildagi kongressning ruxsatini olishi kerakligini aytdi. Holbuki, Amerika konstitutsiyasida prezident bunday masalada kongress ruxsatiga muhtoj emasligi aytilgan. Amerika odamlar rejimning qolishini rad etayotganlarini aniq bilgach, Jon Kerrining 2013 yil 9 sentyabrdagi Asad kimyoviy qurollarni topshiradigan bo’lsa, zarbadan omon qolishi mumkinligi haqidagi taklifi orqali o’ziga echim yaratdi. Buning ortidan Rossiya tashqi ishlar vaziri Suriya rejimini bunga ko’ndirish imkoniyati borligini e’lon qildi. Bundan bir necha lahza vaqt o’tishi bilan Asad tashqi ishlar vaziri rejim kimyoviy qurollarni topshirishga rozi bo’lganini aytdi. Amerika Suriya qo’zg’oloni bilan til topishish uchun shu tarzda vaqtni cho’zyapti, Suriyadagi musulmonlar o’z qonlari va mollari badalini to’layotgan kimyoviy qurollarni yo’q qilish fikrini ko’tarib chiqyapti, Asadlar oilasi 40 yil davomida qil ham tekkazmagan yahudlar xavfsizligini himoya qilyapti.

Amerika va butun G’arb insonlarning qirilishiga – modomiki bu ularning manfaatiga xizmat qilar ekan – bir kun ham qayg’urgan emas. Ular ikkita jahon urushida millionlab insonning yostig’ini quritishdi. Yuz minglab ruandaliklarning o’limi G’arb insoniyligiga zarracha ta’sir qilmadi, yuz minglab iroqlikliklarning o’limi G’arb tinmay sayraydigan va Obama ham o’z murojaatida tilga olgan qadriyat va printsiplarni himoya qilish tuyg’usini qo’zg’amadi. Falastin, Kashmir, Afg’oniston, Myanma va Somalida minglab musulmonlarning qirilishi taraqqiyot va madaniyat haqida og’iz ko’pirtirayotgan Amerika va G’arb tuyg’usini qirmirlatib ham qo’ymadi. Amerika agar biror ish unga manfaat yo foyda keltirmaydigan bo’lsa, uni qilishga qadamini bosmaydi. Aks holda, u qanday qilib o’zining manfaatini ro’yobga chiqarmagan holda Suriyaga zarba berishga mablag’ sarflaydi?! Amerika harbiy shtabi boshlig’i general Martin Dempsi bunday deydi: «Fikrimcha, biz tanlayotgan tomon kuchlar muvozanati ularning foydasiga og’gan vaqtda o’zlarining ham, bizning ham manfaatlarimizni mustahkamlashga tayyor tomon bo’lishi kerak, ammo bunday tomon yo’q».

Har bir musulmon Asad rejimini rad etmog’i va uni qo’llab-quvvatlamasligi lozim. Hech bir musulmon o’z muammolarini hal etishda G’arbning aralashuviga rozi bo’lmasligi, aksincha, musulmonlar o’z muammolarini o’zlari Islom ahkomlariga muvofiq hal etishlari lozim. Musulmonlar ko’rgan musibatlariga to Allohning yorug’ kunlari kelgunga qadar sabr qilmoqlari kerak. Barcha musulmonlar Islom olamidagi malay rejimlardan, avvalo, Asad rejimidan qutulishga harakat qilmoqlari va islomiy boshqaruv nizomi bo’lmish Xalifalikni barpo etmoqlari lozim. Ana shunda Alloh Azza va Jallaning rizosiga, keyin esa ikki dunyo baxt-saodatiga noil bo’ladilar, butun olamni xavfsizlik va tinchlik o’z og’ushiga olishi uchun butun dunyoga tatigulik adolatli tuzum yaratadilar, insonni g’amxo’rlik bilan boshqarib, uning hurmatini himoya qiladigan xalqaro haqiqiy nizom paydo qiladilar. Alloh Taolo aytadi:

«Ey mo’minlar, Alloh va Rosuli sizni (abadiy) hayot beradigan narsaga da’vat qilgan paytda uni qabul qiling va bilingki, Alloh kishi bilan uning qalbi o’rtasini ajratib qo’yadi va Uning huzuriga to’planajaksiz» [Anfol 24]

Hizbut Tahrir

7 zul-qa’da 1434h

Amerika

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.