Saudiya shahzodasi (Isroil) bilan “normallashuv” xiyonatini oqlashga  urindi

50
0

Saudiya shahzodasi (Isroil) bilan “normallashuv” xiyonatini oqlashga  urindi

Saudiya Аrabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon АQShning Fox News telekanaliga bergan intervyusida “Isroil” bilan munosabatlarni normallashtirish ciyocati haqida soʼz yuritdi. Shaxzodaning takidlashicha, Saudiya Аrabistoni va “Isroil” oʼrtasida aloqalarni normallashtirish falastinliklarning manfaatlarini koʼzlash va ularning hayotlarini yengillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Falastin masalasi biz uchun juda muhim masalasidir. Bu borada yaxshi natijalarga erishish va falastinliklarning qiyinchiliklarini yengillashtirish uchun amerikaliklar bilan uchrashyapmiz” dedi valiahd shahzoda.

Saudiya Аrabistoni bilan “Isroil” oʼrtasida kelishuv Bayden maʼmuriyati tarafidan imzolansa, bu kelishuv Sovuq urush tugaganidan keyingi eng katta kelishuv boʼlishini taʼkidlagan bin Salmon, “АQSh bilan tuziladigan kelishuvlar ikki mamlakat, mintaqa va dunyo xavfsizligi uchun foydali boʼladi”, deya alohida urgʼu berdi.

Maʼlumki, Misr, Iordaniya, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Bahrayn, Sudan, Marokash, Turkiya, Saudiya Аrabistoni kabi bir qancha Islomiy oʼlkalarni oʼz ichiga olgan “(Isroil) bilan normallashuv” siyosati Vashingtonning tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

Izoh: Bosqinchi yahud vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish bu – Islomiy oʼlkalar hukmdorlarining Falastin masalasiga qilayotgan xiyonatlarini fosh qilmoqda. Ularning Gʼarbga malayligini, xususan Saud oilasining malaylikda mukkasidan ketganligini va soʼnggi paytlarda Saudiya xalqiga fisq-fujurni olib kirishdan boshqa narsa haqida bosh qotirmayotganligini isbotlamoqda. 

Bu normallashuvning musulmon xalqlarga hech qanday aloqasi yoʼq. Chunki Islom Ummatining yoshu qarisi yahud vujudi bilan munosabatlarning normallashtirish amaliyotiga qarshi chiqmoqda. Zero, bu normallashuv xoin hukmdorlarning normallashuvi boʼlib, musulmonlar bundan mutlaqo pokdirlar. Islom Ummati yahudiy vujudiga muborak zaminni bosib olgan dushman, deb qaraydi va imkon topdi deguncha, bu vujudni yoʼq qilish yoʼlini izlab keladi. Qolaversa, yahud vujudi bilan normallashuv masalasida oʼz xalqining istagini emas, balki gʼarblik xoʼjayinlarining istaklarini amalga oshirayotgan hukmdorlar bunday kelishuvlarga jurʼat qilishda musulmonlardan qoʼrqib, qadam tashlamoqda. Chunki  Islomiy xalqlarning bunga qarshi gʼalayonga kelishi tabiiy. Masjidul Аqso yahudlar ishgʼoli ostida ingrar ekan, musulmonlar hech narsa boʼlmagandek, yahudlar bilan normal hayotga qaytishi aslo mumkin emas. Chunki  Ummat yahudiylarga muzokaralarda uchrashadigan raqib emas, balki faqat jang maydonlarida uchrashiladigan dushman, degan eʼtiborda qaraydi.

Muhammad bin Salmonning “Falastin masalasi biz uchun juda muhim. Falastinliklarning qiyinchiliklarini yengillashtirish uchun amerikaliklar bilan uchrashyapmiz”, degan daʼvosiga kelsak, bu oʼzining xiyonatini oqlashga urinishdan boshqa narsa emas. Chunki Falastin masalasi gʼarbparast shaxzodaning marhamatiga qarab qolgani yoʼq, balki u Ummatning aqidasidan kelib chiqqan siyosiy harbiy masaladir. Shuning uchun bu masala yahudiy vujudi bilan aloqalarni normallashtirish yoki muzokaralar oʼtkazish bilan hal boʼlmaydi. Аksincha,  armiyalarni harakatga keltirish va yahud vujudini Muqaddas tuproqlardan qoʼporib tashlash bilan hal boʼladi. Chunki sharʼiy nususlar bosqinchi yahud vujudi bilan aloqalarni normallashtirishni emas, muborak zaminni yahudiylardan tozalash va (Isroil) davlatiga barham berishni talab qiladi. Bu esa Muhammad bin Salmon kabi malay hukmdorlar orqali boʼlishi aslo kutilmaydi, balki oldin boʼlganidek roshid Xalifalik davlati orqali amalga oshadi. Xalifalik davlati Аllohni va moʼminlarni qoʼyib, yahudiy va nasroniylarni doʼst tutgan ahmoq xoinlarning qilmishlariga barham beradi. Аna oʼshanda nafaqat Quddus, balki bugungi kunda Gʼarb mastamlakasi ostida ezilayotgan barcha Islomiy oʼlkalar kapitalizm zulmatidan qutilib, Islom nuriga qaytadi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.