Turli bahonalar bilan masjid va madrasalar yopilmoqda!

80
0

Turli bahonalar bilan masjid va madrasalar yopilmoqda!

Milliy xavfsizlik boʼyicha davlat qoʼmitasi idoralararo ishchi guruhi bilan birgalikda Oʼsh viloyatidagi diniy maskanlarning faoliyati borasida tekshiruv oʼtkazdi. 20 iyul kuni boshlangan kampaniya doirasida 39 ta masjid va 21 ta madrasaning ish faoliyati vaqtincha toʼxtatildi. 39 ta diniy va ziyoratgohlarga jarima solindi. 48 ta masjid va 40 ta madrasa yongʼin xavfsizligi talablarini buzganligi uchun ular ustidan akt tuzildi.
Ushbu tekshiruvlardan koʼzlangan asosiy maqsad diniy sohada nazoratni kuchaytirishdir. Sanitariya va yongʼin xavfsizligi talablari kabi narsalar esa faqat bahonadan iborat. Chunki hukumat yongʼin xavfsizligini oldini olishni chindan ham istasa, avvalo yoqilgʼi quyish shoxobchalaridan boshlash kerak edi. Bugungi kunda Bishkek shahrida va aholi punktlari orasida joylashgan yoqilgʼi quyish shoxobchalari va neft omborlarining xalq salomatligiga taʼsiri va atrof-muhit uchun xavfliligi dolzarbligicha qolmoqda. Ularda ham yongʼin sodir boʼlgan holatlar mavjud. Masalan, oʼtgan yili, 21 dekabrь kuni Jibek Jolu va Timiryazev koʼchalari chorrahasida joylashgan yoqilgʼi omborlaridan birida yongʼin sodir boʼlib, yaqin atrofdagi uylarni ham qamrab oldi. Yongʼin natijasida omborxona bilan birga bitta uy butunlay yonib ketdi, yana bitta turar joy va xususiy bolalar bogʼchasining yarmi yonib ketdi. Oʼz xavfsizligidan xavotirga tushgan qoʼshnilar barcha davlat idoralariga murojaat qilib, ushbu korxonani yoptira olmadi.
Norasmiy maʼlumotlarga koʼra, Bishkekda 140 ga yaqin yoqilgʼi quyish shoxobchasi va sakkizta neft ombori mavjud. Ularning 70 foizi munitsipalitet hududida, qolgan 30 foizi esa xususiy yerlarda joylashgan. Davlat organlari xususiy yerlardagi stantsiyalarni nazorat qila olmasligini va ular haqida aniq maʼlumot yoʼqligini aytishdi. Hokimiyat qoshidagi yer resurslari boshqarmasi tomonidan 98 ta yoqilgʼi quyish shoxobchalari uchun ijara shartnomasi tuzilgan. Ularning 27 nafari shartnoma muddati tugashiga qaramay ishlashni davom ettirmoqda. Munitsipalitet hududida joylashgan 98 ta neft shoxobchalarining 56 tasida qonun buzilish holatlari aniqlanib, prokuratura organlariga maʼlumot berildi. Biroq, shu kungacha faoliyati toʼxtagani yoʼq. Ikkinchi poytaxt sanalmish Oʼsh shahrida ham holat xuddi shunday. Oʼsh shahrida vaqti-vaqti bilan yoqilgʼi quyish shoxobchalarida yongʼin kelib chiqishi holatlari uchrab turadi. Bundan tashqari, yirik bozorlar va aholi dam olish joylarida ham yongʼin xavfsizligi taʼminlanmaganligi sababli yirik yongʼin hodisalari takrorlanib turadi.
Sanitariya masalasiga kelsak, davlat tozalik va aholi salomatligini saqlash haqida chin koʼngildan qaygʼurganida, bu ishni oziq-ovqat sohasini nazorat qilishdan boshlagan boʼlardi. Negaki, restoranlarda haddan tashqari antisanitariya holatlariga qaramay, “koʼrib, koʼrmaslikka olish” usuli hali ham davom etib kelmoqda. Oqibatda ovqatdan zaharlanish holatlari koʼp uchramoqda. Masalan, 7 iyun kuni Bishkekda tez ovqatlanish shaxobchalaridan birida oʼn kishi ovqatdan zaharlandi. Kasallikning oldini olish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi binolar koʼzdan kechirilganini maʼlum qildi. Tekshiruv chogʼida meva va tuxumlarni yuvish qoidalariga va dezinfektsiya shartlariga rioya etilmagani maʼlum boʼldi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining hujjatlari bilan bogʼliq bir qator qonunbuzarliklar aniqlandi. Аgar tekshirilsa, bu kabi faktlarni deyarli har qanday oshxonadan topish mumkin. Hatto blogerlar tomonidan “Ne sahar” loyihasi doirasida yuzlab antisanitariya holatlari aniqlangan boʼlsa-da, ekotexnika inspektsiyasi hech qanday chora koʼrishga harakat qilmadi.
Tibbiyot sohasida ham sanitariya qoidalariga rioya etilmaydi, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Baʼzi hollarda ushbu sohadagi sanitariya qoidalariga toʼgʼri kelmaydigan holatlar oʼlimga sabab boʼladi. Masalan, Qorakoʼl shahridagi tugʼruqxonada asosiy sanitariya talablari va gigiena qoidalariga rioya qilinmagani ikki hafta ichida olti nafar goʼdakning oʼlimiga sabab boʼlgani rasman aniqlandi. Natijada olti nafar rahbar ishdan boʼshatildi.
Shunday ekan, masjid va madrasalarni yopish uchun ruxsat qogʼozi, yongʼin xavfsizligi yoki sanitariya holati kuruq bahonadan boshqa narsa emas! Hozirgi hukumat muxolifat yetakchilarining ayrimlarini hibsga olib, baʼzilariga mansab berib, baʼzilari bilan kelishib olgach, endi kurash navbati Islomga kelgan koʼrinadi. Diniy qadriyatlar keng tarqalgan hududlarda masjid va madrasalarning yopilishi buning dalilidir. Аyniqsa, yozgi taʼtilda minglab ota-onalar farzandlarini masjid-madrasalarga yuborish uchun navbat kutayotgan bir paytda hukumatning bunday qadam tashlashi provokatsion harakatdan boshqa narsa emas. Shuning uchun biz Qirgʼiziston hukumatiga shunday murojaat qilamiz: hayit namozlarida xalqqa koʼrinish berib, keyin masjidlarni yopish bilan oʼzingizdagi munofiqlik alomatlarini koʼrsatyapsizmi? Аllohdan qoʼrqing va Islomga yuzlaning! Sizning asosiy vazifangiz masjid va madrasalarni yopish emas, aksincha, masjidlar qurib, ibodatga sharoitlar yaratib qoʼyishdir! Madrasalar ochib, musulmon yoshlarga dinni oʼrgatishdir! Lekin, afsuski, siz Аllohning huzuridagi azizlikni tanlash oʼrniga, mustamlakachilarga malaylik qilish bilan horlikni tanlamoqdasiz!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.