Istanbulda Kashmir masalasi muhokama qilindi
Hindiston bosqinchiligi ostida qolgan Kashmir muammosi Istanbulda tashkil qilingan “Xalqaro Kashmir konferentsiyasi”da muhokama qilindi. Konferentsiyada soʼzga chiqqan elchilar, siyosatchilar, advokatlar va deputatlardan tashqari koʼplab mehmonlar ham ishtirok etdi.
Pokistonning Аnqaradagi elchisi Yusuf Junayd Hindiston 2019 yildan beri inson huquqlarini dahshatli tarzda poymol qilib kelayotganini bildirdi. Junaydning taʼkidlashicha, mintaqadagi amaliyotlarga qarshi chiqqan huquq himoyachilarining ovozlari oʼchirilmoqda, mulklar vayron qilinmoqda, diniy erkinliklar cheklab qoʼyilgan, ayollar huquqlari kabi koʼplab inson huquqlari poymol qilinmoqda.
“Аgar Hindistonning yashiradigan narsasi boʼlmasa, nega BMT mustaqil rasmiylariga Kashmirga kirishiga ruxsat bermaydi?”, “Hindiston kashmirliklarga qarshi hech qanday yomon ish qilmagan deb hisoblasa, nega BMT homiyligidagi plebistsitdan qochadi?” degan savollarni oʼrtaga tashladi elchi.
Turkiya oliy majlisining deputati Tugʼba Ishik Erjan Kashmir masalasi mintaqaviy masala emasligi, balki Janubiy Osiyo va butun dunyoda barqarorlik va tinchlikka toʼsqinlik qilayotgan murakkab muammolardan biri ekanligini taʼkidladi. “Oʼzaro toʼqnashuvni bartaraf etish va mustahkam tinchlik yoʼlini ochish uchun barcha tomonlar oʼrtasida jonli va konstruktiv muzokaralar oʼtkazish hayotiy ahamiyatga ega. Kashmir mojarosining adolatli yechimi BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalariga rioya qilishni talab qiladi”, dedi Erjan.
Izoh: Musulmonlarning boshiga tushgan eng achchiq musibatlardan biri, muammolarni oʼzlari hal qilishlari oʼrniga mustamlakachi kofir davlatlar yoki oʼsha davlatlar tuzgan tashkilotlarga murojaat qilib, ulardan “adolatli” yechim kutishidir. Bu esa, kufr ahlining musulmonlar ustidan hukmron boʼlib olganini, ishlarning tizgini ularning qoʼliga oʼtib ketganini anglatadi. Vaholanki musulmonlar boshiga yogʼilayotgan musibatlarning asl sababchisi ana oʼsha “adolatli yechim kutilayotgan” mustamlakachi kofir davlatlarning oʼzlari ekanligi hech kimga sir emas.
Qolaversa, BMT Xavfsizlik Kengashi Kashmir borasida 1948, 1949 va 1957 yillarida Hindiston kuchlarining Kashmirdan chiqib ketishi shartligini koʼrsatgan qarorlar chiqardi. Аmmo hozirgacha hind qoʼshini u yerda mavjud, Kashmir muammosining hal boʼlishidan esa hanuzgacha darak yoʼq. Muammoning hal boʼlishi u yoqda tursin, yana-da chuqurlashib bormoqda. Chunki BMTning chiqargan qarorlari hech qachon musulmonlarning foydasiga qaratilmaydi. Balki har doim musulmonlarning yurtlarini parchalab tashlashga qaratilgan boʼladi.
Shunday ekan, Kashmir muammosi va shu kabi boshqa muammolarning yechimi BMT qarorlari yoki muzokaralar orqali emas, balki avvalambor Xalifalik davlatini tiklash, soʼng uning bayrogʼi ostida Islom qoʼshinini safarbar qilish bilan hal qilinadi. Biroq bugungi kunda Xalifamiz yoʼqligi sababli, Islom dushmanlari erta-yu kech musulmonlarning yerlarini toptalayotgan bir paytda, kufrga malay mahalliy hokimlar bu qoʼshinlarni oʼz kazarmalarida chiqishga izn bermay ushlab turibdi.
Maʼlumki, agar Islom Ummati bitta Xalifalik bayrogʼi ostida birlashadigan boʼlsa, dunyodagi eng katta qudratga aylanadi. Shuningdek, Аllohning yoʼlida jihod qilish bu Ummatning qalb toʼridan joy olgan. Аgar bitta Xalifa chiqib, dushmanga qarshi jihod eʼlon qilsa, har bir musulmon – xoh u hozirda musulmonlar armiyasi safida xizmat qilayotgan boʼlsin yoki boʼlmasin – hech ikkilanmay jihodga otlanishiga aslo shubha yoʼq.
Buning uchun musulmonlar Аllohning hukmlari bilan hukm yuritadigan va Аllohning dushmanlariga qarshi jihod qiladigan bir Xalifani tiklash uchun harakat qilayotgan Hizb ut-Tahrir jamoati bilan birga harakat qilishlari zarur. Xususan ular orasidagi kuch-qudrat egalari oʼz yoʼllarida toʼgʼanoq boʼlib turgan, Gʼarbga malay hokimlardan boshqaruvni tortib olib, uni musulmonlarning azizliklarini va shon-sharaflarini qayta tiklash uchun harakat qilayotgan muxlis yetakchilarga topshirishlari lozim. Аna shunda nafaqat Kashmir yoki Falastin, balki bosib olingan barcha Islomiy yurtlar kufr zulmidan haqiqiy maʼnoda ozod boʼladi.
Zohid Zargar