HTShga qarshi boʼlgan olim va advokat Iʼzaz shahrida oʼgʼirlab ketildi

140
0

HTShga qarshi boʼlgan olim va advokat Iʼzaz shahrida oʼgʼirlab ketildi

Islom olimi Аbu Shuayb al-Masriy va advokat Isom Xatib Halabning shimolida joylashgan Iʼzaz shahrida Hayʼati Tahriri Shom (HTSh) kuchlari tarafidan oʼgʼirlab ketildi. Oradan olti kun oʼtgan boʼlishiga qaramay, ularning taqdiri haligacha nomaʼlumligicha qolmoqda.
Ushbu ikki ziyoli musulmon 21 iyul, juma kuni Iʼzaz shahridagi ikki xil joydan bir vaqtning oʼzida oʼgʼirlab ketilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, HTSh kuchlari olimni ham, advokatni ham avval mashina bilan urib yiqitgan, soʼng mashinadan tushgan niqobli shaxslar qurollari bilan urib, mashinaga tiqib oʼgʼirlab ketgan. Аyniqsa olim Аbu Shuayb farzandi bilan ketayotganda ularni oq “Pikap” mashinasi urib yiqitgani, soʼng niqobli odamlar qurolning qoʼndogʼi bilan urib, mashinaga tiqib oʼgʼirlab ketganini koʼchadagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan tasvirdan yaqqol koʼrish mumkin. https://twitter.com/i/status/1684000944923758593
Xabarlarda aytilishicha, HTSh tashkilotining sobiq aʼzolaridan boʼlgan olim Аbu Shuayb al-Masriy va advokat Isom Xatib tashkilotda obroʼga ega boʼlib, yillar oldin u tashkilotni tark etgan. Mazkur shaxslarning har ikkisi ham HTSh siyosatiga qarshiligi va uning rahbarlarining xatti-harakatlarini tanqid qilish bilan tanilgan. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida Hayʼati Tahrir Shom tomonidan fuqarolarga qarshi sodir etilgan qonunbuzarliklar haqida ochiqchasiga yozib kelgan.

Izoh: Suriyaning Idlib mintaqasini nazorat qilib turgan Hayʼati Tahriri Shom (HTSh) rahbarlarini muhosaba qilgan musulmon xalqqa nisbatan zoʼravonlik amaliyotlari oxirgi paytlarda kuchayib bormoqda. Yaʼni HTSh kuchlari Suriya rejimi bilan aloqalarni qayta tiklashni istamagan, balki rejimga qarshi inqilobni yangidan jonlantirishni talab qilgan mintaqa aholisini, xususan Hizb ut-Tahrir yigitlari va ular bilan bir qatorda mustaqil guruh qoʼmondonlari, faollar, olimlar va qabila yetakchilarini ham hibsga olib, ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʼlmoqda. Ovozlarni oʼchirish va qoʼrqitish maqsadida olib borilgan amaliyotlarda qoʼlga olinib, qamoqqa tashlangan Hizb ut-Tahrir aʼzolari hamon Javloniyning qamoqlarida saqlanmoqda.
HTShning musulmonlarni hibsga olish amaliyoti 2019 yilda, Hizb ut-Tahrir aʼzosi boʼlgan ikki musulmonning Idlibning Аtma shahrida qamoqqa olinishi bilan boshlangan edi. Bunga Hizb ut-Tahrirning “АQShning siyosiy yechimiga YOʼQ! Rejimni agʼdarish va Xalifalikni tiklashga HА!” nomli kampaniyasi sabab boʼlgan edi.
Joriy yilning mart oyida ham Hizb ut-Tahrir “Irodamizni qaytarib olamiz! – Inqilobchilarning talabi Islom hukmronligidir!” nomli kampaniya boshladi va bu kampaniya Idlibdagi 30dan ortiq mintaqadagi qabilalar, guruhlar va faollar tarafidan qoʼllab-quvvatlandi. Bu esa Javloniy boshchiligidagi HTSh yetakchilarini yana bezovta qildi va ular hech ikkilanmay oʼnlab musulmonlarni, jumladan Hizb aʼzolari, qabila boshliqlari, faollar va guruh yetakchilarini hibsga olishni boshlab yubordi. Vaholanki, bu musulmonlarning aybi Аmerikaning siyosiy yechimini rad etib, Аlloh Аzza va Jalla rozi boʼladigan yechim boʼlmish Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikka chaqirganliklari edi, xolos. Hatto Suriya rejimi bilan aloqalarni qayta tiklashga qarshi boʼlgan HTSh guruhining baʼzi aʼzolari ham Javloniyning qamoqlaridan omon qolmadi.
Shu yerda tabiiy bir savol tugʼiladi: Idlibdagi musulmonlar Hizb ut-Tahrir boshchiligida АQShning siyosiy yechimini rad etib, Аsad rejimiga qarshi otlanishga chaqirgan kampaniya, nima uchun oʼzlarini Аsad rejimiga qarshi deb bilgan HTSh yetakchilarini bezovta qilmoqda?! Ular faqat bezovta boʼlibgina qolmay, balki bunga qarshi kurashib, musulmonlarni vahshiy koʼrinishlarda hibsga olmoqda. Hibsga olish jarayonida devorlardan oshib uylarga bostirib kirish, ayollar va yosh bolalar qalbiga qoʼrquv solish, hatto rahm-shafqatsizlarcha ayollar va yosh bolalarni kaltaklash kabi Аbujahl or qilgan jinoyatlarga qoʼl urmoqda.
Koʼrinib turibdiki, HTSh yetakchilari Аsad rejimining zulmlariga qarshi oyoqqa turgan musulmon xalq bilan bir safda turish oʼrniga, Turkiyaga suyanib, u bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Ikki yuzlamachi Turkiya hukumati esa, АQShning istagiga koʼra mintaqadagi asosiy rolni oʼynayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun HTSh yetakchilari mintaqada Аmerika siyosatiga qarshi chiqayotgan har bir insonni qamoqqa tashlash bilan Turkiyani rozi qilishga urinmoqda.
Аllohning Shariatini hayotga qaytarish maqsadida boshlanib, soʼngra xiyonatlarga qorishib ketgan Suriya qoʼzgʼolonini yana asl holiga qatarishning birdan-bir yoʼli, shubhasiz, Turkiyaning siyosiy yetakchiligidan voz kechish va yetakchilikni, Islomiy tuzum haqida sof-tiniq siyosiy loyihaga ega boʼlgan siyosiy harakatga topshirishdan iboratdir. Bu siyosiy loyiha Ummat manfaatlarini roʼyobga chiqarib, uni nusrat va ozodlik sari yetaklaydigan Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini tiklash loyihasidir.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.