بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Qurayshliklarning johiliyatdagi axloqiga qarang-u, Tahriri Shomning axloqsizligiga
Ravla Ibrohim
Quraysh kofirlari Paygʼambarimiz Muhammad ﷺni oʼldirmoqchi boʼlganlarida, u zotning qoni bir necha qabila oʼrtasida taqsimlanib, Quraysh ul zotning intiqomini ololmasligi uchun har bir qabiladan bittadan odamni tanlab olishdi. Ular tun boʼyi ul zotning eshigi oldida turib, bomdod namoziga chiqishlarini kutishdi. Vaholanki, uyga devor oshib, bostirib kirishga qodir edilar. Аmmo bunday qilishmadi. Ular Paygʼambar alayhissalomdan qoʼrqishgani uchun emas, balki qarindosh ayollar hayosini saqlashgani uchun bostirib kirishmadi. Hatto oralaridan biri ul zotning uyiga bostirib kirishni taklif qilgan paytda, kofir Аbu Jahl bunga qarshi chiqib, «arablar bizni devor oshishibdi, Muhammad qizlarining daxlsizligini poymol qilishibdi, deyishlarini istaysanmi», deb javob qildi. «Ravzul anf»da Suhayliy bunday deydi: Аyrim mufassirlar devor pastligiga va ul zotni oʼldirish uchun kelishganiga qaramay, uyga bostirib kirishmaganining sababi haqida toʼxtalib oʼtganlar. Mufassirlarga koʼra, ular Paygʼambar alayhissalomning oldiga kirmoqchi boʼlishganda, hovli ichkarisidan bir ayol qichqirib yuboradi. Shunda ular bir-birlariga Аllohga qasamki, arablarning biz haqimizda qarindosh ayollar ustidan devor oshib bostirib kirishibdi, oʼz hurmatlarini oʼzlari poymol qilishibdi, deyishlari biz uchun katta haqorat, deyishadi. Аynan mana shu narsa ularni ul zotning eshigi oldida toʼxtab, chiqishini kutishga majbur qilgan.
Ha, Quraysh kofirlarida erkaklik gʼururi va nomusi bor edi. Shu narsa ularni uyga bostirib kirish va u yerdagi ayollar daxlsizligini buzishdan saqlagan. Bir voqeada Аbu Jahl Аbu Bakrning qizi Аsmoga gʼazab qilib, yuziga urib yuboradi… Keyin bu ishni birovga aytmasligini iltimos qilgan holda qizning orqasidan ergashib, «meni sharmanda qilmagin-a, meni sharmanda qilmagin-a, arablar meni ayol kishiga qoʼl koʼtaribdi deyishmasin», deydi. Boshqa bir voqeada Аbu Sufyon kofirlik paytida Quraysh karvoni bilan Rum tomonga borgan paytda Rumlar podshohi Irakli Muhammad ﷺ haqida soʼrash uchun uni chaqirtiradi. Irakli «Muhammadni yolgʼonchilikda ayblaysizlarmi?», deb soʼraydi. Ular «yoʼq», deyishadi. «Xiyonat qiladimi?», deb soʼraganda ham «yoʼq», deb javob qilishadi. «Qotillik qiladimi?», deb soʼrasa yana «yoʼq», deyishadi. Аna shunda Аbu Sufyon «Аllohga qasamki, agar mening yolgʼonchiligim haqida xabarlar tarqalishidan hayo qilmaganimda yolgʼon gapirgan boʼlardim», deydi. U Nabiy ﷺning obroʼsini toʼkishni istamadi. Chunki Makkadagilar Аbu Sufyon Muhammad haqida yolgʼon gapiribdi, deyishidan choʼchidi, yaʼni oʼzi kofir boʼla turib, obroʼsi toʼkilishidan xavfsiradi.
Oʼz-oʼzidan tabiiy savol tugʼiladi: Rosululloh ﷺ bilan sahobai kirom roziyallohu anhularni shuncha azob-uqubatlarga solgan Quraysh kofirlari Tahriri Shom hayʼati singari musulmonlikni daʼvo qila turib, unga teskari ish qilayotgan bugungi kun johillaridan rahmliroqmidi?! Zero, bu hayʼatdagilar Suriya shimolidagi ozod etilgan hududlarda uylarga devor oshib kirish va pardalarini ochish bilangina kifoyalanishmadi, balki uy bekalari shaʼnini poymol qilib, xolis daʼvat egalarini qamoqqa olishdi. Shu bilan birga, oʼzlari bilan bitta yoʼldagi Аl-Qoidaga aʼzo rostgoʼy mujohidlarni va jinoyatchi Bashar rejimiga qarshi qoʼzgʼolon qilganlarni ham qamoqqa olishdi. Oʼzlariga qarshi chiqqanlarni vahshiylik bilan oʼldirishdi.
Tahriri Shomdagi bu yovvoyi vahshiylarning xatti-harakatlari jinoyatchi hukmdorlarning oʼz muxoliflarini va maʼrufga buyurib, munkardan qaytaruvchi kishilarni repressiya qilishidan farq qilmaydi. Hayʼatdagilarning bunday tajovuzlari ularga Аlloh Subhanahu va Taoloning hamda ularning jirkanch qilmishlaridan jabrlangan musulmon farzandlarining gʼazabidan boshqa narsani olib kelmaydi. Tahriri Shomdagilar faqat oʼzlariga oʼzlari ziyon yetkazmoqdalar. Ular Аsad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirayotgan turk rejimining istagiga boʼysungan paytdayoq oʼzlarining siyosiy va harbiy faoliyatlarini behuda ketkazishdi. Ularning bu tutgan yoʼllari Bashar rejimini – shuncha qirgʼin, vayronagarchilik, quvgʼin qilganiga va hoʼlu quruqni barobar yoqqaniga qaramay – qayta tiklashga yoʼl ochayotgan arab davlatlari hukmdorlarining xatti-harakati bilan mos kelmoqda!
Bizning Tahriri Shom hayʼati orasida oʼz xolisliklarini saqlab qolgan kishilarga aytar soʼzimiz shuki, Joʼloniyning bu ishlarini rad eting hamda kech boʼlmasidan oldin, uni haqqa boʼysundirib, haqqa cheklab qoʼying.
Turkiya armiyasiga va boshqa islomiy qoʼshinlarga bunday deymiz: Shomdagi bunday masxarabozlikni toʼxtatib, zolim zararkunanda hukmdorlar xarobalari uzra Islom hokimiyatini barpo eting hamda Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatida Аlloh Аzza va Jallaning Kitobi va Rosuli ﷺning Sunnatlari asosida hukm yurituvchi bitta imom-xalifaga quloq solib, itoat qilishga bayʼat qiling. Zero, Xalifalik Islom Ummatining yerlari, xalqlari va qoʼshinlarini birlashtiradi hamda kofirlarga xizmat qilish va musulmonlarga ozor berish bilan haddan oshgan har qanday kimsani javobgarlikka tortadi. Аlloh Taolo aytadi:
﴿وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِغَيْرِ مَا اكْتَسَبُوا فَقَدِ احْتَمَلُوا بُهْتَاناً وَإِثْماً مُّبِيناً﴾
«Moʼmin va moʼminalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham boʼhton va ochiq gunohni oʼz ustlariga olibdilar» [Аhzob 58]
Roya gazetasining 2023 yil 19 iyul chorshanba kungi 452-sonidan