Islom Hamkorlik Tashkiloti shoshilinch yigʼilish oʼtkazdi!

122
0

Islom Hamkorlik Tashkiloti shoshilinch yigʼilish oʼtkazdi!

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Qurʼoni Karim yoqib yuborilgani munosabati bilan Islom Hamkorlik Tashkiloti shoshilinch tarzda favqulodda yigʼilish oʼtkazdi. Tashkilotning hozirgi raisi Saudiya Аrabistonining talabi bilan boʼlib oʼtgan yigʼilishidan soʼng yakuniy bayonot eʼlon qilindi.
Bayonotda Stokgolmda Qurʼoni Karimning tahqirlanishi keskin qoralanib, Shvetsiya rasmiylarining bunga ruxsat berilgani qaygʼu bilan tilga olinar ekan, bu kabi provokatsion harakatlar yana takrorlanmasligi uchun “zaruriy choralar koʼrish”ga chaqirildi. Shuningdek bayonotda Islomiy ramzlarga qarshi harakatlar olib borilayotgan davlatlardagi nodavlat tashkilotlardan ham bunday holatlarga qarshi qonuniy choralar koʼrish talab qilindi.

Izoh: Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Qurʼoni Karimni oyoq osti qilishga qarshi «shoshilinch tarzda» yigʼilish tashkil qilganini daʼvo qilayotgan boʼlsalar-da, biroq ular odatdagidek zimmalariga yuklangan vazifani ado etishmoqda. Bunday paytda ularning vazifasi qattiq tanqid qilish, qoralash, norozilik bildirish, undan soʼngra toʼplanib rasmga tushib, tarqalishdir.
Аgar Qurʼoni Karimni oyoq osti qilishga qarshi chora tadbir koʼrilishi kerak boʼlsa, birinchi boʼlib bu ishni mana shu Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning rasmiylaridan boshlash kerak. Chunki hayot uchun asosiy dastur boʼlgan Qurʼon hukmlarini bir chetga surib qoʼyib, uning oʼrniga Gʼarbdan olingan qonunlarni ijro qilish bilan Qurʼoni Karimni oyoq osti qilayotganlar mana shularning oʼzlaridir. Vaholangki, Qurʼoni Karim va Rosululloh ﷺning sunnatlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, taʼlim-tarbiya kabi barcha hayotiy sohalarda qonunchilikning yagona manbaidir. Shunday ekan, bu hokimlarning Qurʼoni Karim hukmlarini hayotga tatbiq qilinishiga tish-tirnoqlari bilan qarshi turishlari uni yoqishdan koʼra ogʼirroq jinoyatdir.
Ha, Qurʼoni Karimning ahkomlarini hayotdan uzoqlashtirib, uni faqat tilovatga cheklab qoʼyish hamda uni dastur va qonun sifatida hayotga qaytarish uchun harakat qilayotganlarni terrorchilikda ayblab, taʼqib qilishning oʼzi Qurʼoni Karimga nisbatan buyuk haqoratdir. Mobodo biror inson ularni bu masalada muhosaba qiladigan boʼlsa, holiga voy, umri qamoqda chiriydi yoki qatl qilinadi. Hozirda Islom hamkorlik tashkilotiga raislik qilayotgan Saudiya Аrabistonida qancha-qancha zabardast ulamolar xuddi shu masala boʼyicha umrini qamoqda oʼtkazmoqda. Ularning ayblari faqat Saudiya hukumati olib borayotgan siyosat Qurʼoni Karim va Rosululloh ﷺning sunnatlariga butunlay zidligini aytib, davlat rasmiylarini Qurʼoni Karimga amal qilishga chaqirganligidir.
Xulosa oʼrnida aytadigan boʼlsak, Islom oʼlkalaridagi qirgʼinlarga va Islomning haqorat qilinishiga qarshi taʼsiri boʼlmagan qoralashlari bilan mashhur boʼlgan Islom Hamkorlik Tashkiloti uchun Islomiy qadriyatlarni himoya qilishga yoʼl boʼlsin! Bu va yana shu kabi Islom toʼni kiygizilgan boshqa tashkilotlarning Islom va musulmonlarga uyushtirilayotgan provokatsiyalarga zarracha taʼsiri yoʼq. Bunday tashkilotlar musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotgan zulmlarga qarshi goʼyo nimalardir qilayotgandek boʼlib, Islom Ummatini “uxlat”ish uchun harakat qilishadi.
Аvval boshdan qayta-qayta takrorlab kelganimizdek, Islom va musulmonlarning azizligini qayta tiklaydigan yagona kuch – bu Xalifalik davlatidir. Zero, faqat Xalifalik davlati bilangina Аlloh kofirlarga moʼminlar ustidan hukmronlik qilishga yoʼl bermagay. Demak bugungi kunda musulmonlar har bir ishdan avval birinchi oʼrinda ana oʼsha Xalifalik davlatini tiklash uchun jiddiy harakat qilishlari lozimdir.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.