Qirg’iziston hukumatini musulmonlarga qarshi kim gij-gijlamoqda?

430
0

420_specnaz 2014 yilning 3 aprel kuni tongi soat 5:30lar chamasi O’sh shahri Oq oltin ko’chasi 25- uyda istiqomat qiluvchi Mamasodiqova X. xonadoniga avtomatlar bilan qurollangan, boshlariga qora niqob kiygan 20 tacha Qirg’iziston respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi (MXDQ)ning xodimlari bostirib kirishadi. Bu xodimlar bostirib kirgach hech qanday hujjat yoki ruxsatnoma ko’rsatmay xonadon sohibasi Mamasodiqova X.ning kelini Mamasodiqova Feruza 14, 11 va 2 yoshli balog’atga etmagan farzandlari bilan yotgan xonaga bostirib kirishadi va nima uchun kelishgani va nima kerakligini aytmay, avtomat bilan tahdid qilgan holda, “erkaklar qani? qaerga yashirding?”, deb bakirib so’rashadi. Feruza qaynonasini chaqirmoqchi bo’lganida, “ovozingni chiqarma, baqirma” deb, butun xonani tintib chiqishadi. Mamasodiqova Feruza bir oz o’ziga kelib olgach, “sizlarga nima kerak”, deb so’ragach, “erkak kerak”, deb javob qaytarishadi. Xonadan hech narsa va hech qanday erkakni topa olishmagach, Mamasodiqova X.ni oldiga chiqishadi. Xonadon bekasidan barcha xonalarni ochishni va xonalar svetini yoqib berishni talab qilishadi. Xonadon sohibasi ularni talabini bajarib, barcha xonalarni ochib, svetlarini yoqib beradi. MXDQ xodimlari xonalarni ostin-ustin qilib titishadi va undan ham erkaklar qaerdaligini so’rashadi. Xonadon sohibasi Mamasodiqova X. “farzandlarim hozir bu erda emas, cholim o’lgan” deb, javob beradi va ularni nima maqsadda kelganlarini so’raydi. Shunda MXDQ xodimlaridan biri ayoldan familiyasi va uy raqamini so’raydi. O’zlarini adashganligini bilgan qora niqoblilarni barchasi shoshilinch ravishda xonadondan chiqib ketishadi va ayolning qo’shnisi Oq oltin ko’chasi 27- uyda istiqomat qiluvchi Abidjonov Muhammadjon xonadoni tomon yo’l olishadi.

 Afg’oniston urishi faxriysi, ikkinchi guruh nogironi, 62 yoshli Abidjonov Muhammadjon xonadoniga kelgan MXDQ xodimlari ko’cha eshigini qattiq taqillatishadi. Abidjonov Muhammadjon tog’a ko’cha eshigini ochishga ulgurmay MXDQ xodimlari ko’cha eshigini tepib sindirib kirishadi va eshik oldida turgan Muhammadjon tog’ani avtomat qo’ndog’i bilan urib yiqitishadi. Shundan so’ng ulardan uchtasi Muhammadjon tog’ani hushidan ketguncha urib-tepishadi.

 Bo’lib o’tgan xodisa yuzasidan xonadon sohibi Muhammadjon tog’aning rafiqasi Abidjonova Yulduzxon opaning Qirg’iziston respublikasi Qiynoq va boshqa shavqatsiz, g’ayriinsoniy va kamsituvchi muomala yoki jazoga qarshi milliy markazining O’sh shahri va viloyati bo’yicha vakili X. Normatovga yozgan arizasida jumladan, “ 3 aprel kuni soat 5, 6lar chamasi eshik taqilladi. Erim eshikni ochishga ulgurmay, ular eshikni tepib sindirib kirib, erimni avtomat bilan urib yiqitishdi. Shundan so’ng uchtasi tizzasida bosib olib urdi. Kaltaklar zarbidan erim hushidan ketdi. U kishi 62 yoshda, 1976 yildan buyon 2- guruh nogironi. Men “dod deb, bordim”. Ular (MXDQ xodimlari) tan olmay eshik tegdi deb, tez yordam chaqirishga ruxsat berishmadi. Qo’shnilarni ham tez yordam chaqirishiga qo’yishmadi”, deb yozilgan.

 Oradan bir necha soat o’tib Abidjanov Muhammadjon tog’ani shahar kasalxonasiga olib kelishadi. Biroq, bo’lgan voqeadan xabar topgan shifokorlar uni kasalxonaga yotqizishdan bosh tortishdi. Muhammadjon tog’ani qon bosimi ko’tarilib ketgani va bosh chanog’i jarohatlangan bo’lishiga qaramay tibbiy yordam ko’rsatishmagan.

 Davlat milliy xavfsizlik qo’mitasi xodimlarining mavjud qonun-qoidalarni qo’pol ravishda buzib, inson sha’ni va qadr-qimmatini oyoqosti qilib qo’shni xonadonga va Muhammadjon tog’aning xonadoniga kelishlaridan maqsadlari, Muhammadjon tog’aning farzandi, Hizb ut-Tahrir a’zosi Abidjonov Hakimjon Muhammadjonovichni uyudirma ayblovlar bilan qamoqqa olish bo’lgan.

 DMXQ xodimlari Muhammadjon tog’ani urib-tepib hushidan ketkizishgach, uning o’g’li Hakimjon yotgan xonaga bostirib kirishadi va hech qanday hujjat taqdim qilmagan holda xonani tintishni boshlashadi. Ularni ortidan kirgan Hakimjonning onasini do’q-po’pisalar bilan xonadan chiqarib yuborishadi. Shundan so’ng Yuldizxon opa qo’shnilarini chaqiradi. Qo’shnilari kelganidan so’ng ulardan uchtasining guvohligida xonani qaytadan tintuv qilishadi. Tintuv soat 10:00ga qadar davom etadi. Tintuv tugagach Hakimjonni qo’liga kishan solib MXDQning O’sh shahridagi boshqarmasiga olib ketishadi.

 MXDQ binosida Hakimjonni tergovchi Shadibekov Artur tergov qiladi va tushlik qilish bahonasida Hakimjonni qo’liga kishan solib chiqib ketadi. Soat 12lar chamasida Hakimjonni oldiga fuqaro kiyimidagi ikkita MXDQ xodimlari kelib, hech qaday sabab va so’roq-savolsiz kaltaklashni boshlashadi. Shavqtsiz qiynoqlar yarim soatdan ziyod davom etadi. Bu qiynoqlar natijasida Hakimjonning badanida sog’ joyi qolmaydi va og’ir tan jarohati olib, sog’ligi yomonlashadi. Unga hech qanday tibbiy yordam qo’rsatilmaydi.

 Bo’lib o’tgan xodisa yuzasidan adolat istagan abidjonovlar oila a’zolari Muhammadjon tog’a, Yulduzxon opa, Hakimjon va bu xodisaga guvoh bo’lgan qo’shnilar, Oq oltin ko’chasi 22- uyda yashovchi Mamadalieva Dilafruz, shu ko’chaning turli 29- uyida yashovchi Nazirova Hilola va 9-uyda yashovchi Hakimova Maxfuzalarning Qirg’iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambaev O’shda sodir bo’layotgan bunday qonun buzilishlaridan bexabar deb umid qilib, Harbiy prokuror, Qirg’iziston respublikasi Qiynoq va boshqa shavqatsiz, g’ayriinsoniy va kamsituvchi muomala yoki jazoga qarshi milliy markazining O’sh shahri va viloyati bo’yicha vakili X. Normatov va boshqa idoralarga yordam berishni so’rab murojaat qilishmoqda.

 Qirg’iziston kuch ishlatar idoralari so’nggi vaqtlarda Islom va musulmonlarga va xususan Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasiga nisbatan kurashlarini kuchaytirib bormoqda. Bu kurashdan hatto ayollar ham omon qolishmayapti. O’zbekiston rejimi qamoqxonalarida shavqatsizlarcha qiynab o’ldirilgan Omonov Hamidullohning qotillarini topilishi va jazolanishi uchun kurashayotgan birodarimizning qizi 1994 yilda tug’ilgan muslima singlimiz Omonova Zulfiya ham shunday jabr ko’rgan ayollar jumlasidan bo’lib, O’sh viloyati Ichki ishlar boshqarmasining 10- bo’limi xodimlari tomonidan 31 mart kuni hibsga olindi va sud bir oy qamoqda saqlash to’g’risida qaror chiqardi.

 IIV va MXDQ xodimlari uchun musulmon boylik ortirish manbaiga aylanib qolishdi. Mazkur kuch ishlatar idora xodimlari soqol qo’yganlik, turli xil diniy oqimlarga a’zolik va yana boshqa ayblovlar bilan musulmonlardan yirik miqdorda pul undirishmoqda. Pul berishdan bosh tortgan yoki bunga imkoniyati bo’lmaganlarni hech bir asossiz ushlab turish, kaltaklash va boshqa qonun buzilishlar Qirg’iziston va xususan mamlakatning janubiy viloyatlaridagi kuch ishlatar idoralari uchun odatiy holga aylanib qolgan. O’zlarini topgan mana shunday harom pullari evaziga bola-chaqalarini boqish ular uchun arzimas ishdek tuyuladi. Harom luqma egan farzand esa bir kun kelib hatto o’z otasi yoki onasiga qarshi qo’l ko’tarishi, qarigan chog’ida qarovsiz, xoru zor tashlab qo’yishi mumkin. Ota-bobolarimiz bekorga luqmai halol deb aytishmagan va farzandlari tomog’idan bir luqma bo’lsa ham harom taom o’tib ketishidan huddi o’tdan qo’rqqandek qo’rqishgan. Ammo faqat shu kuninigina o’ylaydigan, halolmi, harommi farqi yo’q oson pul topishga o’rganib qolgan kuch ishlatar idora xodimlari esa ertasini o’ylashni ham xohlashmaydi.

 Qirg’iziston aholisining qaryib 90 foizi musulmonlar bo’lishga qaramay, Islom diniga qarshi kurashni kuchaytirayotgan, erkaklarning nomusi bo’lgan ayollarni ham hibsga olayotgan yoki qamoqqa tashlayotgan, bu orqali musulmonlarning izzat-nafsoniyatlarini qo’zg’ab islomiy Ummat va hukumat o’rtasidagi jarlikni kengaytirishga harakat qilayotgan kuchlar Qirg’iziston respublikasining hududiy yaxlitligini parchalashga va musulmonlarni davlatga qarshi gij-gijlash orqali Ukraina yoki Suriyada sodir bo’layotgan kurashlarni Qirg’izistonga ko’chirishga harakat qilishmoqda. Bu kuchlar yirik davlatlar, xususan, Rossiyaning berayotgan arzimas puli evaziga o’z xalqi va davlatini sotishga ham tayyor bo’lgan bir hovuch sotqin va Qirg’iziston davlatiga qarshi bo’lgan xoinlar to’dasidan iboratdir.

 Bugungi kunda Qirg’izistonda sodir bo’layotgan musulmonlarga qarshi kurashdan hukumatning o’ziga ham manfaat yo’q. Chunki Atamboev boshlagan korruptsiyaga qarshi kurash va xalqning turmush darajasini oshirishga bo’lgan harkatlarini nihoyasiga etkazishida prezident uchun tinchlik va xotirjamlik o’ta muhimdir. Shu sababli Atamboev musulmonlarga qarshi kurashga qo’shilmagan deb umid qilamiz.

 Endi, bugungi kunda dunyoning ellikdan ortiq davlatlarida faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir islomiy partiyasiga keladigan bo’lsak, Hizb ut-Tahrir Qirg’izistonda Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilayotgani yo’q. Balki aholisining aksarini tashkil etuvchi musulmonlarni yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish orqali Qirg’izistondagi islomiy Ummatni Xalifalik davlati sari fikriy etaklamoqda xolos. Bundan tashqari, Qirg’izistonning bugungi kundagi holati Xalifalik davlati barpo etiladigan shartlarga tamoman mos kelmaydi.

 Xalifalik davlati barpo etiladigan davlatning ichki va tashqi siyosatda birorta ham yirik davlat tobe bo’lmasligi, musulmonlar va davlat himoyasi faqatgina musulmon armiyasi qo’lida bo’lishi shart hisoblanadi. Qirg’izistonni hozirgi holati esa, hattoki mustaqil davlat bo’lishlik sifatiga ham mos kelmaydi. Shu sababli Qirg’iziston Xalifalik davlati barpo bo’ladigan tayanch nuqtasi emas, balki Xalifalik davlati barpo bo’lganidan so’ng uning tarkibiga qo’shib olinadigan davlatlar sirasiga kiradi. Bu ish esa Allohga oson.

Hizb ut-Tahrir Qirg’iziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.