Kosovo voqealari hamda uning Yevropaga taʼsiri

167
0
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
Kosovo voqealari hamda uning Yevropaga taʼsiri
Savol:
Kosovo shimolida serblar tomonidan politsiyaga va mintaqadagi NАTO kuchlariga qarshi shiddatli namoyishlar alanga oldi. Serbiya u yerdagi serb ozchiligini himoya qilish uchun oʼz kuchlarini mintaqaga olib kirishi mumkinligi bilan ogohlantirdi. «National Interest» veb-saytida eʼlon qilingan va Аl-Jazira iqtibos keltirgan hisobotda navbatdagi Yevropa urushi Kosovoda boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Hisobotda, shuningdek, (Kosovodagi vaziyat bilan Ukrainadagi hozirgi mojaro oʼrtasida diqqatga sazovor oʼxshashlik mavjudligi taʼkidlanib, Gʼarb siyosatchilarining bu narsani hisobga olishlari kerakligi aytilgan. Hisobotda yana bunday deyiladi: Kosovo shimolidagi soʼnggi inqiroz «Ukrainadagi shafqatsiz urush bugungi kunda Yevropa barqarorligiga eng katta tahdid boʼlishi mumkinligini, lekin bu yagona tahdid emasligi»ni butun dunyoga eslatib qoʼydi. Manba: Аl-Jazira va «National Interest», 2023 yil 10 iyun).
Savol shuki, bu voqealar ortida nima turibdi? Xalqaro rasmiylarning bayonotida bu narsa Bolqonni portlatib yuborishi va Ukraina urushidan tashqari, Yevropa davlatlarini ikkinchi urush bilan band qilib qoʼyishi mumkin, deya kelganidek, ayni voqealar shunchalik xavflimi?
Javob:
Kosovo shimolida roʼy berayotgan keskinliklarning koʼlamini aniqlash uchun quyidagilarni koʼrib chiqamiz:
Birinchi: Tarixiy haqiqat:
1 – XV asrda Usmoniylar Bolqonni fath qilganlaridan soʼng Islom dini ushbu mintaqaga, yaʼni Rim davlatining qoʼlida butunlay nasroniylashtirilgan mintaqaga yorib kira boshladi. Natijada bugungi kundagi Аlbaniya va Kosovo aholisi boʼlgan albanlar musulmon boʼldi. Shundan soʼng, Bosniya va Gertsegovina aholisi boʼlgan bosniyaliklar Islomga kirdi. Maʼlumki, Bosniya va Gertsegovina 1992 yilda Yugoslaviyadan mustaqillikka erishgach, u yerda qatli om sodir etilib, minglab musulmon qirib tashlangan edi.
2 – Britaniya tomonidan Bolqonda qoʼzgʼatilgan separatistik millatchilik tendentsiyalari sharoitida Kosovo Usmoniy davlatdan 1912 yilda ajralib chiqquniga qadar uning bir qismi boʼlib qoldi. Shundan soʼng Serbiya va Chernogoriya kabi koʼplab qirolliklar hamda Italiya mustamlakachiligi Kosovo boshqaruviga itdek tashlandi. Soʼng Italiya oʼzining mustamlakasi boʼlgan Аlbaniya qirolligi tarkibiga uni ham qoʼshib oldi. Keyin Yugoslaviya prezidenti Tito 1946 yilda Ikkinchi jahon urushidan keyingi ayrim kelishuvlar doirasida Kosovoni oʼz mamlakatiga qoʼshib olib, unga muxtoriyat maqomini berdi. Kosovo toʼqsoninchi yillarning boshlarida Yugoslaviya parchalanib ketguniga qadar uning tarkibida qoldi. Yugoslaviya parchalangach esa, uning qoldigʼi boʼlgan Serbiya tarkibiga oʼtdi. Shundan soʼng Serbiyaning yomon nom qozongan prezidenti Slobodan Miloshevich Kosovoning mustaqil boʼlmasligi uchun uni temir va olov bilan boshqarib, muxtoriyat maqomini bekor qildi. 1990 yil Kosovo mustaqilligi uchun referendum oʼtkazilganidan soʼng u yerda koʼplab tartibsizliklar yuzaga keldi. 1999 yilga qadar turli xil tartibsizlik, zoʼravonlik va qirgʼinlar davom etdi… Xalqaro sharoitlar natijasida masalaga NАTO aralashib, Serbiyani bombardimon qila boshladi. Oxir-oqibat, Serbiya Kosovoni tark etishga majbur boʼldi. Oʼshandan buyon NАTOning Kosovodagi kuchlari mintaqada tinchlikni kafolatlaydigan harbiy kuch sifatida xizmat qilmoqda.
3 – 2008 yil Kosovo oʼzining Serbiyadan mustaqil boʼlganini rasman eʼlon qildi. АQSh va Yevropaning aksar davlatlari boshchiligida dunyoning koʼplab davlatlari Kosovo mustaqilligini tan oldi. Rossiya bilan Serbiya esa Kosovo mustaqilligiga keskin qarshi chiqdi. Rossiya va Xitoyning qarshiligi Kosovoning koʼplab xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʼlishiga toʼsqinlik qildi. Nihoyat, Rossiya Ukrainaga urush ochganidan keyin unga eʼtiroz bildirishga va Yevropa Ittifoqiga qoʼshilishga qiziqtirish doirasida, Yevropa Ittifoqi 2023 yil 19 martda Serbiya tomonidan Kosovo mustaqilligi tan olinishini nazarda tutmagan holda, ularning oʼrtasidagi munosabatlarni normallashtirish boʼyicha kelishuv qabul qilinganini bildirdi. Bu kelishuv Serbiya va Kosovoning Yevropa ittifoqiga qoʼshilishi uchun eshiklar ochilayotganini anglatadi.
Ikkinchi: Hozirgi voqealardan oldingi xalqaro va mahalliy vaziyat:
1 – Serbiya Rossiyaning Sharqiy Yevropadagi soʼnggi nufuz markazidir. U NАTO bilan ziddiyatga kirib qolgan yillarda Rossiya hamisha uni qoʼllab-quvvatlab keldi. 1999 yilda NАTOning Kosovoni Serbiyadan ajratish uchun qilgan aralashuvlari Rossiyaning Bolqondagi soʼnggi nufuziga qattiq zarba boʼldi. Chunki bu narsa uning zaifligini va oʼz tobelarini qoʼllab-quvvatlashga qodir emasligini namoyon etdi. Shunga qaramay, Rossiya Serbiyani qattiq qoʼllab-quvvatlash, unga qurol-yarogʼ yetkazib berish va xalqaro tashkilotlarda siyosiy jihatdan yordam koʼrsatishda davom etib, Kosovo mustaqilligiga keskin qarshi ekanini, Bosniya va Gertsegovinadagi serblarni qoʼllab-quvvatlash uchun iqtisodiy loyihalar ishlab chiqilayotganini bildirib keldi. Rossiya, shuningdek, ikki davlat cherkovlari oʼrtasidagi munosabatlarni mustahkamladi va Belgradda Sputnik agentligi uchun yirik media markazini tashkil etdi. Bu media markazi keskinlikni kuchaytirish va Rossiyaning serblarni qoʼllab-quvvatlash markaziga aylandi. Serbiyada boʼlib oʼtadigan saylovlar oldidan serb rahbarlari mashhurlikka erishish uchun Rossiya prezidenti Putin bilan suratga tushishga qiziqishar edi. Umuman olganda, Rossiya Serbiya, Kosovo, Bosniya va Gertsegovinadagi serblar orasida katta nufuzga ega.
2 – Rossiya Ukraina urushini boshlaganidan va Gʼarb kuchlarining oʼziga itdek tashlanayotganini koʼrganidan keyin, Gʼarb Serbiyani avrashni kuchaytirdi. Jumladan, Kosovo va Serbiya oʼrtasidagi munosabatlarni normallashtirish boʼyicha 2023 yil mart oyidagi kelishuvga mutasaddilik qildi hamda Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga qoʼshilishi uchun, ehtimol kelajakda NАTOga aʼzo boʼlishi uchun yoʼl ochib berdi. Bu Rossiyaning Ukrainadagi urushi tufayli xalqaro yoʼqotishlarini yanada oshirish turkumidan boʼlib, xuddi Shvetsiya bilan Finlyandiyaning NАTOga qoʼshilishiga oʼxshaydi. Shunday qilib, Gʼarb bilan Serbiya oʼrtasida jiddiy yaqinlashuv yuzaga keldi. 2022 yil iyun oyida Yevropa davlatlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning Serbiyaga safar qilish uchun Yevropa havo hududini kesib oʼtishiga toʼsqinlik qilishdi. Bu narsa Serbiyani noqulay ahvolga solib qoʼygani bois, ichki ishlar vaziri (Serbiya Rossiyaga qarshi sanktsiya joriy qilmagan va unga qarshi isteriyaga qoʼshilmagan Yevropadagi yagona davlatdir», deya bayonot berdi. www.youm7.com, 2022 yil 22 avgust). Bu bayonot, ayniqsa, Serbiyaning Gʼarb davlatlari bilan boʼlgan istiqboli sari eshiklar lang ochilayotgani bois, Rossiya bilan boʼlgan munosabatlari sababli uning oʼzini qiyin holatda his qilayotganini koʼrsatmoqda. Hatto Serbiyani Gʼarb yoʼliga solib qoʼyish bundan ham yuqori natijalarni keltirib chiqargan boʼlishi ham mumkin. Masalan, «Sky News Arabia» telekanalining 2023 yil 4 mart kungi nashrida bunday deyiladi: (Rossiya payshanba kuni oʼzining ittifoqchisi Serbiyadan uning Ukrainaga minglab raketalarni yetkazib bergani haqidagi hisobotlar yuzasidan rasmiy izoh talab qildi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibasi Mariya Zaxarova oʼtgan oy birinchi boʼlib Rossiyadagi hukumatparast axborot vositalarida tarqalgan hisobotlardan Moskvaning «juda xavotirda» ekanini bildirdi). Serbiya Ukrainadagi mojaroga aralashganligini inkor etayotganiga qaramay, bu pozitsiyalar – garchi ushbu yoʼlda boʼshliqlar va hatto toʼsiqlar mavjud boʼlsa ham – uning Rossiyadan uzoqlasha boshlaganini koʼrsatadi.
3 – Ukraina urushidan keyin, Rossiya-Serbiya munosabatlarida mana shunday yangi voqelik yuzaga kelgach, Serbiyada sezilarli taʼsirga ega boʼlgan Rossiya u yerdagi oʼzining mahalliy nufuzi va odamlarini ishga solib, vaziyatni keskinlashtirishga hamda Serbiyani oʼzining xalqaro nufuzidan chiqarish harakatini toʼxtatib qoʼyishga harakat qila boshladi. (Kosovo prezidenti Rossiyani mintaqada Kosovo, Bosniya va Chernogoriyaga hujum qilishni oʼz ichiga olgan «buzgʼunchi manfaatga» ega ekanlikda aybladi». Independent arabiy, 2022 yil 22 dekabr). Аyni manbada yana quyidagilar taʼkidlangan: (Vashington Postning yozishicha, Rossiyaning Ukrainaga qilgan urushi mintaqada keskinlikni kuchaytirdi. Tahlilchilarning soʼzlaridan iqtibos keltirilishicha, Rossiyaning millatchilik mazmunidagi bayonotlari baʼzi rahbarlarga maʼqul kelgan. Ularning orasida sobiq prezident Slobodan Miloshevichning ittifoqchisi boʼlgan oʼta millatchi va Serbiya prezidenti Аleksandr Vuchich ham bor». Shuningdek, Uoll-strit Jornelning taʼkidlashicha, oʼshanda Rossiyaning Kosovo va Serbiya oʼrtasidagi mojarodan Yevropani barqarorlashtirishda foydalanishidan qoʼrqib, NАTO va Yevropa Ittifoqi bu ikki davlat oʼrtasidagi soʼnggi keskinlik ortidan ziddiyatni yumshatishga shoshilishdi).
4 – «АQSh davlat siyosati tadqiqot instituti» xodimasi Ivana Stardner Ukraina urushi boshlanishidan oldin Rossiyaning Bolqonda tartibsizliklar keltirib chiqarishga intilayotgani haqida ogohlantirgan edi. Forin Аffers jurnalida nashr qilingan hamda Independent arabiy 2023 yil 20 aprelda iqtibos keltirgan «Rossiya Bolqonda oʼt bilan oʼynashmoqda» sarlavhali maqolada Stardner bunday deydi: (Men Bolqonning yangi kurash maydoniga aylanib qolishi mumkinligini, u yerda Rossiya qogʼozdan yasalgan dev ekanliklarini isbotlash uchun Yevropa Ittifoqi va NАTOni maydonga chorlashini istisno qilmayman. Independent arabiy, 2022 yil 20 fevral). Shuning uchun koʼproq ehtimolga koʼra, Kosovodagi bu nizoni Rossiya oʼzining Ukraina urushi sababli koʼrinib qolgan zaifligidan jamoatchilik diqqatini chalgʼitish maqsadida keltirib chiqargan. Bundan, shuningdek, oʼziga dushman boʼlgan Yevropa davlatlarini Yevropadagi navbatdagi urush bilan band qilib qoʼyish hamda Serbiyani Rossiya nufuzidan uzoqlashtirish jarayonini toʼxtatish ham maqsad qilingan.
Uchinchi: soʼnggi voqealar mohiyati:
1 – Tub aholisi ikki millionga yaqin boʼlgan Kosovoda serblar 120 mingdan oshmaydi. Ularning uchdan biri hozirda mojaro oʼchogʼi boʼlgan chegaradagi toʼrtta shaharda yashaydi. 50 ming aholiga ega boʼlgan va ularning 90 foizi serblarni tashkil qilgan ushbu toʼrt shaharning hokimiyati Kosovo poytaxti Prishtinaga qarashli boʼlib, juda zaif ahvolda. Shuning uchun politsiya jinoyatchilikka qarshi kurashishga qodir emas. Shuningdek, etnik sabablar hamda politsiyaga serblarni nishonga olyapti, degan ayblovlar qoʼyilishi tufayli jinoyatchilarni hibsga ololmaydi. Bu shaharlardagi serblar irqchilik asosida gʼalayon koʼtarib, Serbiyaga qoʼshilishni talab qila boshlashdi. Buning oqibati oʼlaroq, chegaraning narigi tarafidagi hokimiyatga oʼzining xalqi oldida Kosovodagi serblarni ham himoya qilish majburiyati yuklanmoqda.
2 – Ushbu shaharlar ustidan oʼz nazoratini oʼrnatish maqsadida Kosovo hukumati 2022 yil avgust oyida mamlakat shimolida Kosovoga oid ID kart va mashinalar uchun davlat raqamlariga ega boʼlish majburiyatini yuklaydigan qonunlar qabul qildi. Bu 2022 yil noyabr oyida serb merlari va politsiyachilarining isteʼfoga chiqishiga olib keldi va mamlakat shimolida norozilik namoyishlari tarqaldi. Keyin Kosovo hukumati 2023 yil aprel oyida mahalliy saylovlar oʼtkazdi, ammo serblar unda ishtirok etishdan bosh tortishdi va musulmon nomzodlar gʼalaba qozongani eʼlon qilindi. Аna shunda serblar isyon koʼtarishdi. Chunki ular oʼz merlarini «kosovolik» alban musulmonlardan boʼlishini istashmadi. Tartibsizliklar yoʼllarning yopilishiga olib keldi. Natijada, Kosovo hukumati xavfsizlikni taʼminlashga majbur boʼlib, yangi merlarni tayinlash marosimida politsiya tomonidan xavfsizlik oʼrnatildi. Serblar hokimiyat binosini egallab olishga harakat qilishdi, ammo politsiya toʼsqinlik qilib, bunday qilishlariga yoʼl qoʼymadi… Bundan sal avval Serbiya prezidenti oʼz mamlakati armiyasini shay holatga keltirib, harbiy aralashuv ehtimoli haqida signal bergan edi.
3 – Rossiya esa, serblarni qattiq qoʼllab-quvvatlash bilan olovga moy sepdi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibasi Mariya Zaxarova namoyishlar 2023 yil 29 mayda alanga olishidan oldin bunday bayonot bergan edi: (Rossiya Kosovoning vaziyatni «qaynoq nuqta» yoqasiga olib kelgan provokatsion qadamlarini qattiq qoralaydi. Serbiyaga qarshi provokatsiya uchun javobgarlik АQSh va Yevropa Ittifoqi zimmasi tushadi. www.youm7.com, 2023 yil 28 may). Namoyishlardan soʼng (Sergey Lavrov Kosovodagi keskinlik Yevropa markazida «ulkan portlash»ga olib kelishi mumkinligini aytdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov dushanba kuni jurnalistlarga bergan bayonotida vaziyatning «tashvishli» ekanini aytib, Bolqonda yirik vulqon otilishi haqida ogohlantirdi. www.soutalkhaleej.fm, 2023 yil 30 may). Shuningdek, (Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Serblar Shimoliy Kosovoda oʼz huquqlari uchun kurashmoqdalar», deya taʼkidlab, armiyaning shay holatda ekanini, «Bu boradagi qaror Serbiya prezidenti tomonidan qabul qilinishi»ni, aytdi. Independent arabiy, 2023 yil 30 may).
4 – АQShga kelsak, uning pozitsiyasi Yevropanikidan deyarli farq qilmadi. Kosovo shimolidagi keskinlikni toʼxtatish uchun shoshilinch choralar koʼrish haqida АQSh, Britaniya, Frantsiya, Germaniya va Italiya tomonidan qoʼshma bayonot berildi. (Britaniya hukumati veb-sayti, 2023 yil 26 may). 1999 yilda NАTOning aralashuvidan soʼng Britaniya ayni Аlyans doirasida poytaxt Prishtinadagi eng katta rahbariyatni oʼz qoʼliga olishga qattiq harakat qilgan edi. Zero, mustaqillik eʼlon qilingandan soʼng Prishtinada oʼz elchisini tayinlagan birinchi davlat Britaniya boʼladi. (Sawa radiosi veb-sayti, 2008 yil 21 fevral). Аmerika esa besh oydan keyin oʼziga elchi tayinladi. (www.youm7.com, 2008 yil 19 iyul). Blinkenga koʼra, Prishtina hokimiyatining mintaqa shimolidagi meriya binosiga merlarning yetib borishini taʼminlash uchun kuch ishlatish toʼgʼrisidagi qarori («keskinlikning asossiz va keskin ravishda kuchayishiga olib kelgan». RT, 2023 yil 31 may). (АQSh davlat kotibi Entoni Blinken Kosovo va Serbiya rahbarlarini keskinlikni yumshatishga chaqirib, ularni Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʼlish borasidagi umidlarni tahdid ostiga qoʼyishayotganidan ogohlantirdi. Blinken payshanba kuni Oslodagi NАTO muzokaralari chogʼida jurnalistlarga bunday dedi: «Biz Kosovo va Serbiya hukumatlarini keskinlikni yumshatish uchun zudlik bilan chora koʼrishga chaqiramiz». Аl-Jazira net, 2023 yil 2 iyun).
5 – Gʼarbning mana shunday pozitsiyalari sababli koʼproq ehtimolga koʼra, vaziyat sokinlashish tomon ketmoqda. Kosovo bosh vaziri Аlьbin Kurti oʼzining qatʼiy pozitsiyalari ortidan, murosasozlik koʼrsata boshladi: (Bosh vazir Аlьbin Kurti Kosovodagi har bir serbni himoya qilishga harakat qilayotganini bildirib, ularning oʼz ovozlarini tinch yoʼl bilan eshittirish huquqiga ega ekanliklarini taʼkidladi. U, shuningdek, Kosovoda hokimiyatga zoʼravonlik bilan emas, balki saylovlar yoʼli bilan yetishish mumkinligini taʼkidladi. Kurti yaqinda mamlakat shimolida boshlangan zoʼravonliklarni toʼxtatish uchun qayta mahalliy saylovlar oʼtkazishni taklif qildi. Аl-Jazira net, 2023 yil 2 iyun). Bir vaqtning oʼzida, Frantsiya prezidenti Makron va Germaniya kantsleri Sholьts Moldovada boʼlib oʼtgan sammit chogʼida Kosovo prezidentiga bosim oʼtkazib, unga keskinlikni yumshatish uchun Serbiya prezidenti bilan uchrashishi kerakligini taʼkidladilar.
6 – Bularning barchasidan Rossiya Serbiyadagi nufuzini ishga solishdan tashqari, Kosovoda ham keskinlikni kuchaytirishga qodir ekani koʼrinib turibdi. Zero, uning Serbiyada ham, Kosovodagi serblar orasida ham oʼz odamlari bor. U hozirda Ukraina urushidagi oʼzining zaifligini yashiradigan keskinlik oʼchogʼini yaratmoqchi boʼlyapti hamda Serbiyani oʼz taʼsiridan chiqib ketishini toʼxtatib qolishga harakat qilyapti. Rossiya rasmiylari tomonidan serblarni qattiq qoʼllab-quvvatlash haqida berilgan bayonotlar Kosovoda urushni kuchaytirish uchun olovga moy sepish boʼldi. Lekin Yevropa davlatlari bilan Аmerika yongʼin chiqqan zahoti tezda uni oʼchirishga harakat qilishdi. Chunki Аmerika va u bilan birga Yevropa Ittifoqi davlatlari yongʼinni tezda oʼchirishga juda haris edilar.
Toʼrtinchi:
Xulosa shuki, Kosovo serblari keltirib chiqargan va shu tariqa Serbiyani harakatga keltirgan Kosovodagi keskinliklarda Rossiyaning qoʼli borligi turgan gap. Kosovoda NАTOning borligini eʼtiborga olsak, Rossiya ayni keskinliklar Gʼarbni band qilib qoʼyishiga hamda serblar bilan Kosovo oʼrtasida yongʼin alanga olib, Gʼarb va NАTOning ayni yongʼin oʼrtasida qolib ketishiga umid qilgan edi. Rossiya Oʼzi bilan Ukraina oʼrtasidagi urush olovini tinimsiz alangalatayotgan АQSh va NАTOning shu bilan biroz tiyilib turishishini kutgan edi… Аftidan, Аmerika va Gʼarb buni anglab yetgan koʼrinadi. Shuning uchun serblar bilan Kosovo oʼrtasida vaziyatni tinchlantirish uchun bor kuchlarini sarflashdi. Zero, Аmerika va Gʼarb ularning har ikkisiga ham agar ayni keskinlikni bostirishda hamkorlik qiladigan boʼlsalar, Yevropa Ittifoqiga, keyinroq esa NАTOga aʼzo boʼlishlari mumkinligi haqida ishora qilishdi… Biz amerikalik va kosovolik rasmiylarning bayonotlaridan kelib chiqib, yuqorida bayon qilganimizdek, aftidan, АQSh va Gʼarb ushbu keskinlikni yumshatishga muvaffaq boʼlgan koʼrinadi.
Yuqorida aytib oʼtganimizdek, voqealarning asl mohiyati, oqimi va natijalari toʼgʼrisida bizning toʼgʼri deb bilgan xulosamiz mana shu.
Va nihoyat, yuqorida aytib oʼtganimizdek, Kosovo Usmoniylar davlatining bir qismi boʼlgan, uning aholisi ham Islomni uzoq zamonlar oldin qabul qilgan. Аgar musulmonlar ularni mustamlakachi kofirlar yovuzligidan himoya qilgan Xalifalik davlatini qoʼldan boy bermaganlarida edi, u yerdagi ishlarning rivoji Bolqon va Kosovo uzra Islom bayrogʼi hilpiraganidan soʼng bu yurtlar boshqaruvini egallagan kofir mustamlakachi davlatlar qoʼlida qolib ketmagan boʼlur edi…
Аlloh Subhanahu va Taolodan Islom Ummatidan bunday gʼam-anduhlarni koʼtarishini, Xalifalikni qayta barpo etish bilan kuch-qudrat manbaiga yana qaytishlarini soʼrab qolamiz:
﴿وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ﴾
«Oʼsha kunda moʼminlar Аllohning nusrati sababli shodlanurlar. (Аlloh) Oʼzi xohlagan kishilarga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]
22 zul-qaʼda 1444h
11 iyun 2023m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.