Shifo Alloh azza va jalla tomonidan keladi

90
0
Tele medicine concept,Medical Doctor online communicating the patient on VR medical interface with Internet consultation technology

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

 Bismillahir rohmanir rohiym

 Shaxslarning sog‘lig‘ini saqlash – shaxslarni   davolash chora-tadbirlari

 Shifo Alloh azza va jalla tomonidan keladi

  Tibbiyot jismoniy va ruhiy kasalliklarni davolashdir. Tabib esa, shu sohadagi bilimga, mahoratga va tajribaga ega bo‘lgan hamda yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsdir. Lekin, shifo beruvchi faqat, yagona Allohdir. Imomi Ahmad o‘z “Masnad”ida Abu Rimsa at-Taymiydan rivoyat qilib, aytadi:

انْطَلَقْتُ مَعَ أَبِي وَأَنَا غُلَامٌ، إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ فَقَالَ لَهُ أَبِي إِنِّي رَجُلٌ طَبِيبٌ فَأَرِنِي هَذِهِ السِّلْعَةَ الَّتِي بِظَهْرِكَ قَالَ وَمَا تَصْنَعُ بِهَا قَالَ أَقْطَعُهَا قَالَ لَسْتَ بِطَبِيبٍ وَلَكِنَّكَ رَفِيقٌ طَبِيبُهَا الَّذِي وَضَعَهَا (وَقَالَ غَيْرُهُ الَّذِي خَلَقَهَا‏)

 “Men bolalik chog‘imda otam bilan Nabiy sallollohu alayhi va sallam xuzuriga bordim. Otam Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga;

– (payg‘ambarlik muhrini nazarda tutib) Orqangizdagi o‘smani ko‘rsating, – dedi.

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:

Nima qilasan?, – dedilar.

Kesib tashlayman – dedi otam.

Sen tabib emassan. Sen faqat rafiqsan. Uning tabibi uni yaratgan Zotdir, – dedilar Rasululloh sallollohu alayhi va sallam”.

“Sen tabib emasan. Sen faqat rafiqsan”, degani “Sen kasalga mehribonlik qilasan, lutf ko‘rsatasan. Alloh esa, uni kasaldan xalos etib, unga shifo beradi, deganidir. Ya’ni, sen unga lutf ko‘rsatasan, bu bilan bemorga yordam berasan, unga nasihat qilasan. Lekin unga shifoni yolg‘iz Allog‘ning o‘zi beradi. Jobir raziyallohu anhu Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi:

لِكُلِّ داءٍ دَواءٌ، فإذا أُصِيبَ دَواءُ الدَّاءِ بَرَأَ بإذْنِ اللهِ عزَّ وجلَّ.

 “Xar bir kasallikning davosi bor. Agar kasallikning davosi topilsa, bemor Allohning izni ila sog‘ayib ketadi.” Sahihi Muslim.

Abu Xuzoma otasidan rivoyat qiladi, aytadiki: Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan so‘rab, dedim;

 يا رسولَ اللهِ أرأيتَ رُقىً نسترْقيها ودواءً نتداوى به وتقاةً نتقِيها هل تردُّ من قدرِ اللهِ شيئًا؟ قال: هي منْ قدرِ اللهِ

-Yo Rasulalloh, nima deysiz, bizlar ruqya qilamiz, kasallansak davolanamiz. Kasalliklardan saqlanamiz. Bu ishlarimiz bilan Allohning qadarini inkor qilgan bo‘lmaymizmi?

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:

-Bular ham Allohning qadaridandir, –  dedilar”. Termiziy chiqargan va uni hasan, sahih hadis degan. Demak, shaxsning kasallik Alloh tomonidan kelishini va shifo ham faqat, aynan, Alloh ta’olo tomonidan kelishini idrok etishi muhimdir.

Musulmon uchun kasallikka sabr qilishi joiz bo‘lganidek, unga davolanishga harakat qilishi ham tavsiya etiladi

Shaxs davolanishga harakat qilishi mumkin – bu unga savob bo‘ladi – yoki buning o‘rniga muolajani rad etib, kasallikka sabr qilishi mumkin. Demak, davolanish farz emas, mandub ishdir. buning dalillari:

1-Buxoriy Abu Hurayra tomonidan rivoyat qiladi: rasululloh sallollohu alayhi va salla marhamat qildilar:

ما أنزل الله داء إلا أنزل له شفاء

“Alloh ta’olo biron kasallikni tushirgan bo‘lsa, albatta uning shifosini ham tushirdi”.

Muslim Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladi, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar:

لِكُلِّ داءٍ دَواءٌ، فإذا أُصِيبَ دَواءُ الدَّاءِ بَرَأَ بإذْنِ اللهِ عزَّ وجلَّ

“Xar qanday kasallikning davosi bor. Agar kasallikning davosi topilsa, u Allohning izni bilan tuzaladi”.

Ahmad o‘z “Musnad”ida Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qiladi:

ما أنزل الله داء إلا قد أنزل له شفاء، علمه من علمه، وجهله من جهله

“Alloh biron kasallik tushirgan bo‘lsa, albatta uning shifosini ham tushirgan. Buni bilgan biladi, bilmagan bilmaydi”.

Ushbu hadisi shariflarda Allohning izni bilan dardga davo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muolajaga, davolanishga intilishga dalolatlar mavjuddir.

2-Ahmad Anas raziyallohu anhudan rivoyat qiladi, aytadiki; Rasululloh sallollohu alayhi va salllam dedilar:

إن الله حيث خلق الداء، خلق الدواء، فتداووا

“Alloh ta’olo dardni yaratgan paytda albatta uning davosini ham yaratdi. Bas, shunday ekan, davolaninglar!”.

Abu Dovud Usoma ibn Shuraykdan rivoyat qiladi, aytadiki; Nabiy sallollohu alayhi va sallam xuzurlariga keldim. U zot sahobalar bilan edilar. Sahobalar boshlariga qush qo‘nganidek jim o‘tirardilar. Men salom berib, o‘tirdim. Keyin har tomondan badaviy arablar keldilar va dedilar; Yo Rasulalloh! Bizlar davolanamizmi? Rasululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar:

تداووا فإن الله عز وجل لم يضع داء إلا وضع له دواء، غير داء واحد الهرم

“Davolaninglar! Zero, Allox biror dardni davosiz qo‘ymadi. Faqat bitta dardaga davo yo‘q. u ham bo‘lsa, qarilikdir”.

Avvalgi hadisda davolanishga buyruq bor. Mana bu hadisda esa, badaviylarga davolanish haqida gap boradi. Bandalarga davolanish haqida, Alloh ta’olo biron dardni davosiz qo‘ymaganligi haqida xitob qilinadi. Har ikki hadisda xitob amr-buyruq siyg‘asida kelgan. Amr vojiblikni emas, mutloq talabni ifodalaydi. Agar u jozim amr(qat’iy talab) bo‘lsagina vojiblikni ifodalaydi. Jozim amr bo‘lishi uchun unga dalolat qiladigan qarina(ishora) mavjud bo‘lishi lozim. Mazkur ikki hadisda esa, vojiblikka dalolat qiladigan hech qanday qarina yo‘q. Bunga qo‘shimcha, davolanishni tark etish mumkinligiga dalolat qiladigan hadislar kelgan. Bu esa, ushbu ikki hadisdan vojiblik ifodasini yo‘qqa chiqaradi. Muslim Imron ibn Xusayndan rivoyat qiladi, Nabiy sallollohu alayhi va sallam marhmamat qiladilar:

يَدْخُلُ الْجَنَّةَ مِنْ أُمَّتِي سَبْعُونَ أَلْفًا بِغَيْرِ حِسَابٍ

-“Ummatimdan yetmish mingi jannatga hisobsiz, so‘roq-savolsiz kiradilar.”

-Ular kimlar, yo Rasulalloh, deb so‘radilar.

هُمْ الَّذِينَ لا يَكْتَوُونَ لا يَسْتَرْقُونَ وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُون

-“Ular dori surtib o‘zlarini kuydirmaydilar, dam soldirmaydilar. Ular Parvardigorlariga tavakkal qiladilar”, deb javob berdilar. Dori surtib o‘zini kuydirish va dam soldirish davolanish turiga kiradi. Buxoriy Ato ibn Abiy Rabohdan rivoyat qiladi, u kishi aytadiki;

قالَ لي ابنُ عَبَّاسٍ: أَلَا أُرِيكَ امْرَأَةً مِن أَهْلِ الجَنَّةِ؟ قُلتُ: بَلَى، قالَ: هذِه المَرْأَةُ السَّوْدَاءُ، أَتَتِ النبيَّ صَلَّى اللَّهُ عليه وسلَّمَ، قالَتْ: إنِّي أُصْرَعُ وإنِّي أَتَكَشَّفُ، فَادْعُ اللَّهَ لِي، قالَ: إنْ شِئْتِ صَبَرْتِ وَلَكِ الجَنَّةُ، وإنْ شِئْتِ دَعَوْتُ اللَّهَ أَنْ يُعَافِيَكِ قالَتْ: أَصْبِرُ، قالَتْ: فإنِّي أَتَكَشَّفُ فَادْعُ اللَّهَ أَنْ لا أَتَكَشَّفَ فَدَعَا لَهَا.

 “Menga ibn Abbos;

– “Ahli jannatlardan bo‘lgan bir ayolni senga ko‘rsataymi”, – dedilar. Men

– ha-da, ko‘rsating, – dedim.

– Bir bu qora ayol Rasululloh salollohu alayhi va sallam xuzuriga kelib, dedi;

–  Albatta meni tutqanog‘im tutib qoladi va avratlarim ochilib qoladi. Shuning uchun menga duo qiling, yo Rasulalloh!.

Rasulullh sallolllohu alayhi va sallam dedilar:

-“Agar hohlasang sabr qilasan va jannatga tushasan. Agar hohlasang senga shifo so‘rab, Allohga duo qilaman”-.

Ayol:

-Sabr qilaman, lekin mening avratlarim ochilib qoladi. Bunday bo‘lmasligi uchun Allohga duo qiling – dedi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam uning uchun duo qildilar”.

Ushbu ikki hadis davolanishni tark etish joizliga dalolat qiladi. Mana bularning barchasi hadisi shariflarda kelgan “Davolaninglar”, “Davo izlanglar!”, degan buyruqlarning vojiblikni ifodalamasligiga dalolat qiladi. Demak, bu yerdagi buyruq mubohlik yoki mandublikni ifodalaydi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning davolanishga qattiq undaganliklari uchun hadisi shariflarda davolanishga bo‘lgan buyruqdan mandublik hukmi tushiniladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.