Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Qirg‘izistonga keldi

131
0

Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Qirg‘izistonga keldi

Xabar: Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Leo Dokerti Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Britaniya elchixonasi xabar berdi.

 Bu Byuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining yuqori martabali mulozimining 2016-yildan beri birinchi tashrifidir.

 “Maqsad shundoq ham mustahkam bo‘lgan ikki tomonlama munosabatlarga yangi turtki berish, shuningdek, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish”, – deyiladi elchixona xabarida.

 Leo Dokerti Bishkekda Vazirlar mahkamasi va tashqi ishlar vazirligi rahbarlari bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni muhokama qiladi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyodagi xavfsizlik, Afg‘onistondagi vaziyat, savdo-iqtisodiy aloqalar hamda Britaniyaga bo‘lajak ish safarlari muhokama qilinadi.

 Bishkekdan keyin Leo Dokerti Qozog‘iston va O‘zbekistonga ham tashrif buyuradi.

 Izoh: Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining sanksiyalar bo‘yicha direktori Devid Rid 26-28-aprel kunlari Bishkekda tashrif buyurib, Moskvaga qarshi sanksiyalarni amalga oshirib yuzasidan hakimiyat vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashgan edi. Shuningdek, Britaniya parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Alisiya Kerns va qo‘mita a’zosi Nil Koyl ham 19-may kuni Bishkekda bir qator rasmiylar va faollar bilan uchrashdi.

 Shuningdek, Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O‘Sallivan Markaziy Osiyoga mamlakatlariga tashrifini Qirg‘izistondan boshlab, 28 mart kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlarning fikrini hurmat qilishini bildirib, bir vaqtning o‘zida Rossiya bilan munosabatlarni davom ettirayotgan mintaqa davlatlarni “muammolarga duch kelishi” bilan tahdid qilgan edi. Buyuk Britaniya 2020-yil boshida o‘z oyog‘iga tushov deb hisoblagan Yevropa ittifoqidan chiqib ketdi va yangi mustamlakalarni qo‘lga kiritish yo‘lida o‘zining “tulki siyosatini” keng ko‘lamda qo‘llay boshladi.

 Britaniyaning tashqi va ichki siyosati borasida Hizb ut-Tahrirning siyosiy tushunchalari kitobida batafsil tushuncha berib o‘tilgan: Ingliz xalqi

 Bu xalq dunyoga kelganidan boshlab, asosan baliqchilik va kemachilik bilan shug‘ullandi. Keyin dengizchilik va tijorat ham unga qo‘shildi. Natijada unda foyda ketidan quvish,

ekspluatatorlik va savdogarlik tabiati paydo bo‘ldi. Yurtining hajmi kichik bo‘lgani tufayli, dengiz ovchilari kabi boshqalardan yordam so‘ramay iloji yo‘q edi. Dengiz ovchilari kamdan-kam yakka holda ovga chiqadilar. Keyinchalik kapitalistik mabdani qabul qilib, manfaatdorlik unda tomir otdi. Shuning uchun ham ko‘rasizki, Angliyaning siyosiy hayoti yuzaga kelgandan hozirga qadar o‘zgalardan yordam so‘rash va ov uchun xo‘rak tayyorlashga asoslanib kelmoqda. O‘zi mustamlaka qilgan diyor bo‘ladimi, undan yordam so‘rayotgan davlat bo‘ladimi, farqi yo‘q. Xullas, uning barcha siyosati mustamlakachilik xususidagi bitimlar, uyushmalar, sherikchiliklar asosiga qurilgan. XIX asrda mustamlakachilik borasida boshqa davlatlar bilan sherikchilik qilardi. Angliyaning yonida turib, uning manfaatlarini himoya qilish uchun ayrim diyorlarni mustamlaka qilishga qattiq bel bog‘ladi. Xuddi shu maqsadda, ya’ni mintaqaga xavf tug‘ilgudek bo‘lsa, o‘zining oldida turib, xatarlarga ko‘ndalang qilish uchun Birinchi jahon urushidan keyin Yaqin sharqqa Fransiyani kiritishga harakat qildi. O‘shanda “Angliya oxirgi fransuz askari qolguniga qadar jang qiladi”, degan gaplar bo‘lgandi. Shunday qilib, baliq ovchilarining tabiati ularda o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida o‘zgalardan yordam so‘rash xulqini ham paydo qilgandi.

 Britaniya yana bir xulqi bilan mashhur. To‘g‘rirog‘i, bu uning eng e’tiborli xulqi. U konservatizm (eskilikka berilish), o‘zgarishga, rivojlanishga shoshilmaslik, ilojsiz qolgandagina bu ishga ruju qilish. Ingliz xalqi, lo‘nda qilib aytganda, konservativ kayfiyatdagi xalqdir. Unga qadimdan hozirga qadar oq suyak oilalar, boylar, yirik sarmoyadorlar o‘z hukmini o‘tkazib keladi. Garchi u o‘zini demokratik xalq, deb da’vo qilsa-da, sinchiklab qaralganda bunday emasligi ayon bo‘ladi. Hokim tayinlashda xalqning hech qanday ta’siri yo‘q. Uni oq suyak oilalar, monopoliya egalari tayinlaydi. O‘tmishda ham, hozirda ham shunday. Hozirga qadar uning taqdirini oq suyak zodagon oilalaru kapitalistlar hal qilib kelishmoqda. Qadimdan Angliyadagi har bir xalq harakati jirkanch suratdagi qarshilikka uchragan va xuddi shu suratda bostirilgan. Inglizlar faxrlanadigan Kromvel qo‘zg‘oloni xalq qo‘zg‘oloni emas, aksincha, oq suyak oilalarning xalq qo‘zg‘oloniga qarshi qo‘zg‘oloni bo‘lgan. O‘shanda oq suyak oilalar va kapitalistlar saltanatini qulatish maqsadida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarilib, zafar quchishga bir bahya qolgandi. Shunda oq suyak oilalar hiyla ishlatdi va ayrim huquqlarni talab qilib chiquvchi qo‘zg‘olon ko‘tarsin deb, Kromvel yuborildi. Uning atrofiga ko‘pchilik to‘plandi. Ayrim talablar qondirildi ham. Shu bilan xalq qo‘zg‘oloni beshigidayoq bo‘g‘ib tashlandi…

 …Angliyaning dengiz o‘rtasidagi orolligi, bu orolning aholi ehtiyojlarini ta’minlay olmasligiga nazar tashlanganda inglizlarning hayot uchun kurashib chetga chiqmasdan boshqa ilojlari yo‘qligi ayon bo‘ladi. Biroq, ular savdogarlik uchun mol ayirboshlash maqsadida emas, mustamlakachilik, o‘zga xalqlar qonini so‘rish, boyliklarini talash maqsadida chetga chiqdilar. Negaki dastlab ularda ayirboshlaydigan molning o‘zi bo‘lmagan. Shunga ko‘ra, boylik istab yo‘lga otlandilar. Oroldan chiqqan paytlaridagi ahvollari mana shu edi. Manfaatdorlik tarkibiy qismi bo‘lmish kapitalistik mabdani qabul qilganlarida bu mabda ularning tabiatiga uzukka ko‘z qo‘ygandek mos tushdi. Shu bilan ularda mustamlakachilik jihati diqqat markaziga chiqib, birinchi darajali mustamlakachi davlatga aylandilar. Oz sonli bo‘lganlari va o‘zlaridan kattaroq kuch qarshisida turolmaganlari tufayli boshqa xalqlar va davlatlarni yordam berishga majburlash vositasini qo‘lladilar. Bu yordam bitimlar, anjumanlar, ittifoqlar kabi uyushmalar shaklida namoyon bo‘ldi. Shunga binoan uyushmachilik jihati Angliya siyosatining ajralmas qismiga aylandi. Ular garchi zakovat bobida boshqalar kabi oddiy bo‘lsalar-da, o‘z zakovatlarini oxirgi qatrasigacha ishlatishlari bilan ajralib turadilar. Shu bilan bo‘layotgan ishlarni tushunish, siyosatni anglash, muammolarni hal etishda yetuklikka erishdilar. Kengayishga o‘ta muhtojliklarini e’tiborga olib, sanoatlarini harbiy sanoat asosida barpo qildilar. Bu narsa ularni tom ma’nodagi davlat bo‘lishga olib bordi. Ular harbiy kuchdan ham, harbiy texnikadan ham, sanoatga oid kuchdan ham keragicha foydalanadilar. Boz ustiga siyosatni ham, boshqaruvni ham teran tushunadilar. Ko‘pincha ifloslik namoyon bo‘ladigan ayyorliklarni ham ishga soladilar.

 Angliyaning tashqi siyosati mustamlakachilik asosiga qurilgan. Biroq, unda ikki ish ko‘zga tashlanib turadi: Birinchisi – xalqaro muvozanatni saqlab qolish bo‘lsa, ikkinchisi – har qancha qimmatga tushmasin, xalqaro siyosatdagi o‘z o‘rnini saqlab qolish. Shuning uchun ham u salib yurishida oshkora ishtirok etdi. Muqaddas ittifoqda yirik davlatlarning eng oldingi safida bo‘ldi. Napoleonni sindirish, Fransiyani o‘z o‘rniga qaytarishda oldingi safda turdi. Bismark davridagi Germaniya harakatida Berlin anjumanida ishtirok etib, uning kuchini kesishni ko‘zladi. Germaniya quvvatining favqulodda ortib borayotganini sezib, unga qarshi urush e’lon qildi. Har ikki jahon urushida unga qarshi tarafda turdi. Olam xaritasini o‘zgartirish va o‘sha paytda, ya’ni kelishuv davrida dunyoni boshqarayotgan ikki gigant davlatni zaiflashtirish maqsadida butun dunyoni jahon urushiga jalb qilib ko‘rdi. Ikki gigant ittifoqi oqibatida xalqaro siyosatdan chetlatilgach, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan odamga o‘xshab qoldi. Yana qayta xalqaro maydondan joy olish va xalqaro siyosatda ishtirok etish uchun o‘zini xavfga solib bo‘lsa ham asabiy tarzda harakat qildi. Bu ishda davlatlar bilan bitimlar tuzish, shaxslarni jalb qilib, ular orqali ta’sir o‘tkazishga tayanardi. Savdolashish yo‘lida raqibga kattaroq luqma berib qo‘yishi parvosiga kelmasdi. U siyosatda na do‘st va na dushmanni tan oladi. Manfaatdan boshqa narsalarning borligiga ishonmaydi, ularni aldash quroli, deb hisoblaydi. Ishonchga kirish uchun yolg‘onni ko‘rsatmaslikka harakat qilsa-da, uni siyosatidagi eng faol qurol sifatida qo‘llaydi. Britaniya bosh vaziri Cherchill urushning taqdiri va Germaniyaning kelajagini hal qilish uchun Ruzvelt va Stalin bilan uchrashgan paytida ochiqdan-ochiq shunday degan edi: “Urushdagi haqiqat shu qadar qimmatki, uni yolg‘onlardan tuzilgan posbonlar bilan qo‘riqlamay ilojingiz yo‘q”. Britaniya siyosatida yolg‘on qanchalar asl narsa ekani mana shundan ko‘rinib turibdi.

 Britaniya va uning siyosatining voqei – mana shu. U bilan mustamlakachilik va xalqni qul qilish asosiga qurilgan davlat sifatida munosabatda bo‘lmoq lozim. Yillar va hodisalar uning bu yo‘lini o‘zgartirolmadi. Bir necha xalq qo‘zg‘olonlariga duch keldi. Birontasining ham muvaffaqiyat qozonishiga yo‘l qo‘ymadi. Uning mustamlakachiligiga qarshi turish uchun vositalarini idrok qilish hamda uslublari yashirin, ko‘rinishda sodda, ayyorligiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqish bilan bo‘ladi. Uning kuchi shoirning: “Meni sen davola kasallik ila”, degan satrida o‘z ifodasini topgan. Tashqaridagi quvvati boshqalarni, hatto qarshi turuvchilarni o‘ziga og‘dira olishidadir. Uni yengish uchun an’anaviy siyosiy qurollaridan ajratish, hech bir yordamchisiz, sheriksiz, yolg‘iz o‘ziga qarshi turishdan boshqa yo‘l yo‘q. (iqtibos tugadi)

 Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.