«Navid Battning o‘g‘irlab ketilganiga 11 yil bo‘ldi… Uni darhol ozod etinglar!»

66
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati «Navid Battning o‘g‘irlab ketilganiga 11 yil bo‘ldi… Uni darhol ozod etinglar!» nomli kampaniya boshladi

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati ijtimoiy tarmoqda (hijriy 1444 yil 15 shavvol, milodiy 2023 yil 5 maydan boshlab) «Navid Battning o‘g‘irlab ketilganiga 11 yil bo‘ldi… Uni darhol ozod etinglar!» nomli kampaniya boshladi. Kampaniyadan maqsad 11 yil avval o‘zining maxfiy xavfsizlik xizmati orqali Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi rasmiy notig‘i muhandis Navid Battni o‘g‘irlab ketgan Pokiston rejimiga bosim o‘tkazishdir. O‘shanda Navid Battni o‘z farzandlari va qo‘ni-qo‘shnilari ko‘z o‘ngida o‘g‘irlab ketishgan edi. Navid Batt haqni ochiq gapirgani uchun hamda musulmonlar va ularning armiyalaridan o‘z vazifalarini bajarishni, ya’ni zararkunanda rejimlarni ag‘darishni hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etib, Allohning Kitobi va Rosuli Aning Sunnati bilan boshqaradigan roshid xalifani saylashda Hizb ut-Tahrirga nusrat berishni talab qilgani uchun o‘g‘irlab ketildi.

Roya gazetasining 2023 yil 10 may chorshanba kungi 442-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.