Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati Tunis ahliga murojaat yo‘llamoqda, rejim esa o‘zining xavfsizlik xizmati yordamida bunga qarshi kurashmoqda!

219
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati Tunis ahliga murojaat yo‘llamoqda, rejim esa o‘zining xavfsizlik xizmati yordamida bunga qarshi kurashmoqda!

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, unda Tunis xalqiga murojaat yo‘lladi. Murojaatda yurtdagi G‘arb hukmronligiga rozi bo‘lish hamda uning ilmoniy tuzumini himoya qilishda o‘z aksini topgan prezident Qays Said ketayotgan xavfli yo‘ldan ogohlantirdi. Bayonotda shuningdek, uning boshqaruv shaklini prezidentlik boshqaruviga o‘zgartirishga urinayotgani hamda kapitalistik demokratik tuzum buzg‘unchiligiga qarshi kurashish o‘rniga, korruptsiyachilarga qarshi kurash shiorini ko‘tarib chiqayotgani odamlarni Islom asosida o‘zgarish yasashdan chalg‘itib-adashtirishdan boshqa narsa emasligi bayon qilindi.

Matbuot bayonotida Tunis harbiy va xavfsizlik xizmati safidagi xolis insonlarni AQSh bilan imzolangan «xavfsizlik hamkorligi» nomli shartnomaga ham, boshqa zolimona harbiy kelishuvlarga ham aslo amal qilmaslikka chaqirildi.

Hizb ut-Tahrir a’zolari joriy yil 10 sentyabr juma kuni Tunisning asosiy shaharlarida ushbu bayonot varaqasini tarqatdilar. Ammo bu narsa hokimiyatdagilarning halovatini buzdi va ularni o‘z xavfsizlik xizmatlarini fikrga qarshi qamash bilan kurashishga safarbar qilishga undadi. Bundan prezident Qaysning Islomga qarshi kurashda o‘zidan avvalgi hukmdorlardan farq qilmasligi ko‘rinib turibdi.

Bayonotda «Bunday qo‘rqitish va qamoqqa olishlar bizni hargiz ahdimizdan qaytarolmaydi, aksincha, yurtimizni mustamlakachilikdan ozod etishga bo‘lgan faoliyatimizga faoliyat qo‘shadi, xolos», deyiladi.

Roya gazetasining 2021 yil 22 sentyabr chorshanba kungi 357-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.