Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati delegatsiyasi parlament spikerining sobiq o‘rinbosari Eli Ferzlini ziyorat qildi

72
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati delegatsiyasi parlament spikerining sobiq o‘rinbosari Eli Ferzlini ziyorat qildi

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati delegatsiyasi o‘zining markaziy aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi nomidan 2023 yil 28 aprel juma kuni Livandagi parlament spikerining sobiq o‘rinbosari va sobiq deputat Eli Ferzlini ziyorat qildi. Uchrashuvda asosan yurtdagi va butun mintaqadagi mavjud siyosiy vaziyat muhokama qilindi, shuningdek, Livandagi suriyalik qochqinlar bilan bog‘liq dolzarb muammoga va ayni masalaga nisbatan hozirda qilinayotgan xavfli munosabatga to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuvda, shuningdek, davlat prezidentligi va unga ko‘rsatilgan shaxslar masalasi ham ko‘rib chiqildi. Janob Ferzlining so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi hal qiluvchi narsa prezidentning shaxsi bo‘yicha konsensusning mavjudligidir. Keyin delegatsiya Hizb ut-Tahrirning Saudiya-Eron kelishuvi va Sudanda bo‘layotgan harbiy kurash va uning oqibatlari mavzusi to‘g‘risida o‘z fikrini bayon qildi. Janob Ferzli ayni mavzuga o‘z qiziqishini bildirdi. Delegatsiya unga ayni mavzuga oid Hizbning mufassal yozma fikrini taqdim qildi.

Delegatsiya janob Ferzliga ushbularni ta’kidladi:

«Islom Ummati yagona Ummat. Uning davlatida etnik ozchilik degan termin yoki tushuncha yo‘q. Chunki Ummat o‘z farzandlariga musulmonlar va g‘ayrimusulmonlar ishlarini ajratmagan holda g‘amxo‘rlik bilan boshqarishni o‘rgatadi. Livan Islom Ummatining bir bo‘lagi bo‘lib, musulmonlar bilan g‘ayrimusulmonlar o‘rtasidagi munosabat mana shu tushuncha asosida bo‘lishi kerak. Islom o‘z davlatiga ega din bo‘lib, uning bag‘rida musulmon va g‘ayrimusulmonlar xalqlar uzoq yillar davomida aytarlik jiddiy muammolarsiz yashab kelishgan. Ular to G‘arb bostirib kirib, yurtlarni egallab olib, ularni mayda davlatchalarga parchalab tashlamaguncha hamda uni va boyliklari ustidan hukmronlik qilish uchun millatchilik, vatanparvarlik va toifachilikni oziqlantirgunicha shunday holatda bo‘lganlar».

Uchrashuv so‘nggida janob Ferzli delegatsiyaga o‘zining «Eng go‘zal tarix ertaga edi» nomli kitobining uchinchi nashrini sovg‘a qildi. Delegatsiya uchrashuvdan chiqar ekan, janob Ferzli bilan vaziyatni muhokama qilishni davom ettirishdan hamda unga Hizbning siyosiy fikrlarini muntazam yetkazib turishdan umidvor ekanini ma’lum qildi.

Roya gazetasining 2023 yil 10 may chorshanba kungi 442-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.