Xalifalik davlatining qulatilishi musulmonlar boshiga tushgan eng katta falokat bo‘ldi

267
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalifalik davlatining qulatilishi musulmonlar boshiga tushgan eng katta falokat bo‘ldi

Bunga sukut qilganliklari badalini shu kunlarimizga qadar og‘ir shaklda o‘tab kelmoqdalar

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati Xalifalik davlatining qulatilishi musulmonlar boshiga tushgan eng katta falokat bo‘lganini, unga sukut qilganliklari badalini shu kunlarimizga qadar og‘ir shaklda o‘tab kelayotganlarini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi chiqargan bayonotda bunday deyildi:

«Xalifalik qulatilishi bilan Islomning eng katta asosiy halqasi uzilib, xo‘jayinlik – demokratiya niqobi ostida odamlar ustidan temir va olov bilan hukm yuritayotgan zolim hukmdorlar qo‘liga o‘tdi. Bu bilan shariat o‘z xo‘jayinligini, Ummat o‘zining eng yaxshi Ummatligini, musulmonlar o‘z hokimiyatlari va boshqa xalqlar o‘rtasidagi haybatlarini yo‘qotdi. Oqibatda musulmonlar xuddi bo‘rilar galasi hujumiga uchragan etim qo‘zilar holiga tushib qoldilar. Bu esa, kapitalistik sistemaning hukmron bo‘lib, butun olamni o‘z olovida kuydirishiga olib keldi».

Matbuot bayonotida Shomdagi musulmonlarga quyidagicha murojaat qilindi:

G‘arb Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik barpo bo‘lishi vaqti allaqachon kelganini bilib tursa-da, buni oldini olishni o‘zining taqdiriy masalasi qilib belgiladi. Shu bois, siz Shomdagi musulmonlar ko‘rib turibsizki, G‘arb Islomni chetlashtirib, o‘zining tuzumlarini tiqishtirishda hamda Ummatni uyg‘otish va Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qilayotganlarga qarshi kurashishda zo‘r berib harakat qilmoqda. Biroq uning o‘jarligi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik nuri qayta charaqlashiga hargiz to‘sqinlik qilolmaydi. Chunki Xalifalik Allohning albatta ro‘y beruvchi va’dasi, Rosuli akram ﷺning xushxabaridir.

Roya gazetasining 2021 yil 24 fevral chorshanba kungi 327-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.