7-aprel: O‘rinlar almashgani bilan natija o‘zgarmaydi

107
0

7-aprel: O‘rinlar almashgani bilan natija o‘zgarmaydi

 2010-yil 7-aprelda xalq namoyishlari ortidan prezident Kurmanbek Bakiyev mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. 6-7-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi namoyishlar chog‘ida 100ga yaqin odam halok bo‘ldi.

 Ma’lumki, birinchi prezident Askar Akayev SSSR parchalanganidan keyin hokimiyat tepasiga kelib, Rossiyaga sadoqat bilan xizmat qildi. Rossiyaning o‘zi umumiy inqirozga uchraganiga qaramay, Akayev rejimi Rossiyaning ko‘ziga qarab turishi hamda boshqaruvga layoqatsizligi xalqda kuchli norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi. Shu tufayli, G‘arb boshchiligidagi kuchlar vaziyatdan unumli foydalanib, Bakiyevni Qirg‘izistonda muxolifatchi kadr sifatida tayyorlashga kirishdi. Rus hukumati ham bunga qarshilik qilmadi. Chunki, Bakiyev hokimiyatga kelsa Rossiya buyuruqlariga so‘zsiz itoat qilishiga ishonchi komil edi. Shunday qilib, G‘arb xohishi va Rossiya roziligi bilan Akayev Bakiyevga almashtirildi. Bunday usul barcha mustamlakachi davlatlar o‘z mustamlakalarida qo‘llaydigan hiylalardan biri hisoblanadi. Chunki, hokimiyatning o‘zgarishi ichki keskinliklarni bir necha yilga pasaytiradi. Kutilganidek, Bakiyev hokimiyatga kelganidan so‘ng dastlabki yillarda tashqi siyosatda to‘lig‘icha Rossiya yo‘nalishi bo‘ylab yurdi. Keyinchalik, AQSHga yuzlandi va AQSHning Qirg‘izistondagi harbiy bazasini chiqarib yuborish bo‘yicha Rossiyaga 2009-yil 3-fevralida bergan va’dasini bajarmay, bazani yuk tashish bazasiga aylantirdi va mamlakatda qoldirdi.

 Ichki siyosatda xalq ishonchini qozonish uchun islohotlar o‘tkazgandek bo‘ldi. Shuningdek, ichkarida o‘z hokimiyatini mustahkmlashda janub aholisining qo‘llab-quvvatlashiga tayandi. Davlat lavozimlarida janublik kadrlar sonini ko‘paytirdi. Mana shundan keyin o‘zini “xon”dek xis qilib, ukasini “vazir”, o‘g‘li Maksimni “shoxzoda” qilib qo‘ydi. Bakiyevlarning tobora ishtahalari ochilib, xalqning cho‘ntagiga, gapirgan gapigacha qo‘l sola boshlashdi. Bu vaziyatdan foydalangan Rossiya yana hokimiyatni almashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu safargi almashinuv qon to‘kish bilan bo‘ldi. Hokimiyatga kelgan muvaqqat hukumat Roza Otunbayevani raisa, keyinroq prezidet etib tayinladi. Otunbayeva davrida yana bir qonli voqea yuz berdi – janubda millatlararo nizo kelib chiqib, yuzlab odamlar qurbon bo‘ldi. Bu voqea Rossiya manfaatlari uchun Karimovga bosim o‘tkazish maqsadida amalga oshirildi. Hodisani xalqaro komissiya darajasida tekshirish uchun sharoit yaratildi. Bunda G‘arb kadrlaridan bo‘lgan Otunbayevaning roli katta edi.

 Aprel va iyun voqealarida ham bunday fojeani maxsus snayperlar guruhi amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Prezident Atambayev davrida Rossiyadan olib kelingani tahmin qilinayotgan desantlarga oid tergov olib borildi, ammo yakuniga yetmadi. Chunki, ularning xo‘jayinlari ma’lum edi. Shu sababli “Ozodlik” boshchiligidagi G‘arb matbuoti, demokrat siyosatchilar va tarixchilar rasmiylardan bu amaliyotni tekshirishni talab qilib keladi. 2010-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng G‘arb hokimiyatga bir qancha malay kadrlarini olib kelishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga Otunbayevani vaqtinchalik prezident bo‘lishi misol bo‘la oladi. Bunday ko‘rinish Rossiya 2010-yilgi siyosiy jarayonni to‘liq nazorat qila olmaganidan dalolat beradi.

 Biroq, keyinchalik Atambayev prezident bo‘lganidan so‘ng Rossiya yo‘nalishini ushlab, turli siyosiy o‘yinlar orqali g‘arbparast muxolifatni sindirib yubordi. Ammo, hokimiyatni tark etgach o‘zi ham yana g‘arbparastlik yo‘nalishiga qaytdi. Biroq, merosxo‘ri bo‘lgan Jeenbekov hokimiyatga kelganidan so‘ng uning orzulari barbod bo‘ldi. Kreml ko‘rsatmasi bilan Atambayev qamog‘ga olindi. Jeenbekov esa “g‘ing demay” Rossiyaga to‘liq itoatkorlik bilan xizmat qildi. Biroq u ham muddatini oxiriga yetkaza olmadi. G‘arbparast siyosatchilar xalqning noroziligidan foydalanib uni ag‘darishga erishdi. Ammo, shunga qaramay Rossiya xo‘jaynligini qo‘ldan chiqarmadi. Natijada g‘arbparstlar siqib chiqarildi va hokimiyat tepasiga Rossiya ma’qullagan guruh keldi. Endi bu hukumat – xalqaro siyosatdagi tebranishlar tufayli – “ikki o‘t orasida” o‘ynamoqda.

 Mustamlakachilikning tabiati shunday. Mustamlaka ostidagi mamlakatlar rahbarlari vaqtinchalik manfaatlar uchun it kabi xizmat qilishadi. Xizmatlari tugaganidan so‘ng xo‘jayinlari oldida ularning eski kiyimchalik ham qadri qolmaydi. Ularni surgun yoki qamoq kutib turadi. Afsuski, xalqimiz ham, hokimiyatga kelgan yangi kuchlar ham bunday o‘rin almashishlardan saboq olmayapti. Aslida, muammo prezident yoki guruhlarni almashtirishda emas. Muammo rahbarlarmizni itdek ishlatib, so‘ng uloqtirib yuborayotgan mustamlakachilik siyosatida. Biz mana shu siyosatga qarshi kurashish, ularni rad etish orqali haqiqiy yetakchilarning hokimiyatga kelishini ta’minlay olamiz.

 Xulosa qilib aytganda, 2010-yilgi davlat to‘ntarishi – undan avvalgisi ham, keyingisi ham – hokimiyat almashishidan boshqa hech qanday yaxshi natijaga olib bormadi. Demokratiya niqobidagi kapitalistik imperializm hamon ustimida ezib turibdi. Demak biz musulmonlar, bu zolim tuzumni ag‘darib tashlab, uning o‘rniga o‘z Islomimizni olib kelishimiz kerak. Bu harakat, albatta, shar’iy tariqat asosida olib borilishi shart!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.