Rossiya Qirg‘iziston osmonini himoya qiladi

156
0

Rossiya Qirg‘iziston osmonini himoya qiladi

 Xabar: Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston bilan Birlashgan mintaqaviy havo mudofaa tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilingan.

 Unga ko‘ra, Rossiyaning havo hujumidan mudofaa (HHM) qo‘shinlarini o‘z hududida joylashtirish uchun Qirg‘iziston besh gektar yer maydonini bepul beradi.

 Shartnomaga ko‘ra, BMHMT qo‘shinlarining hamkorlikdagi harakatlari Rossiya armiyasining Aerokosmik kuchlari bosh qo‘mondoni tomonidan muvofiqlashtiriladi. Rossiya HHM va Qirg‘iziston qo‘shinlarining hamkorlikdagi harakatlarini boshqarish Qirg‘iziston havo hujumidan mudofaa kuchlari qo‘mondoni tomonidan amalga oshiriladi.

 Davlatlararo shartnoma 5 yil muddatga tuzilgan. Agar tomonlar uni bekor qilish niyatida bo‘lmasa, avtomatik ravishda yana 5 yilga uzaytiriladi.

 Izoh: Jogorku Keneshning Xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi 2020-yil 9-iyunda Rossiyaning Qant shahridagi aviabazasi bo‘yicha shartnomaning ayrim bandlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasini tasdiqlagan edi. Mazkur qonun loyihasida Qantdagi harbiy aviabazaning samolyotlar uchib-qo‘nish maydonchasini Rossiya ta’mirlashi va bu hudud Rossiya mulki sifatida e’tirof etilishi ta’kidlangan.

 2022-yil dekabr oyida esa Qirg‘iziston parlamentining budjet, iqtisodiyot va fiskal siyosat bo‘yicha qo‘mitasi Bishkekdagi ikkita binoni ikki tomonlama kelishuv asosida Rossiya federal chegara xizmatiga 49 yilga ijaraga berishga rozi bo‘ldi. Ammo, Rossiya tomoni binolarni ijaraga olish o‘rniga sotib olish taklifi bilan chiqdi. Qirg‘iz qonunchiligida ko‘chmas mulk sotib olishda qonuniy to‘siqlar yo‘qligi iddaosi bilan mazkur binolarni sotish va binoga tutash yer uchastkasini 49 yilga ijaraga beriladigan bo‘ldi. Bishkekning Jibek Jolu va Kurongkeyev ko‘chalarida joylashgan va Rossiya tomonidan sotib olinadigan binoning umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan oshadi. Bino sotilganidan so‘ng u Rossiya davlat mulkiga aylanadi. Bundan tashqari, Rossiyaning Issiqko‘lda sinov bazasi, seysmostansiya va RF HDF (harbiy-dengiz floti)ning uzoq aloqa tarmog‘i ham faoliyat olib boradi va qirg‘iz hukumati ularning faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas…

 Odatdagidek, Qirg‘iziston va Rossiya qo‘shma havo mudofaasi tizimi uchun yer qirg‘iz hukumati tomonidan bepul taqdim etiladi. Tabiiyki, jihoz va mutaxassislar esa – mutaxassis niqobi ostidagi josuslar ham – Rossiyadan olib kelinadi. Mana shunda nafaqat yer, balki Qirg‘iziston havo kengliklari ham to‘liq Rossiya nazorati ostiga o‘tib ketadi. Rahbarlarimiz biz “mustaqilmiz” deb ko‘kraklariga urib, yerlar “vaqtinchalik ijaraga” berilgani, belgilangan muddat tugaganidan keyin chiqib ketishini aytib xalqni aldashdan charchashmaydi.

 Shar’iy jihatdan, islomiy yurtlarda xorij maxsus xizmatlarining josuslik va qo‘poruvchilik qilishi, daxlsizlikni buzib, xoinlar sotib olish bilan shug‘ullanadigan inlar qurishiga yo‘l qo‘yishlik joiz emas. Mustamlakachi davlatlar bosib, egallab olgan yerlarini hech qachon o‘z ixtiyorlari bilan tashlab chiqib ketishmaydi. Ularni faqat o‘zidan qudratli bo‘lgan boshqa bir kuchgina majburlab chiqarib yubora oladi. Allohning izni bilan tez kunlarda qayta barpo bo‘ladigan Islom davlati amalda urush holatida bo‘lgan mustamlakachi davlatlar uchun elchixonalar ochishga, mamlakatda biror bir davlatning harbiy bazasi bo‘lishiga, mustamlakachi davlat harbiylari mamlakatda emin-erkin izg‘ib yurishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi.

 Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.