Yahudiy vujudining G‘arbiy Sohilni anneksiya qilishi yon berishlar samarasidir!

92
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiy vujudining G‘arbiy Sohilni anneksiya qilishi yon berishlar samarasidir!

Doktor Mus’ab abu Arqub

Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin

zaminidagi matbuot bo‘limi a’zosi

«Middle East Eye» veb-saytida nashr qilingan maqolada aytilishicha, yahudiylarning G‘arbiy Sohilni anneksiya qilishi yaqinlashib kelayotgan muqarrar ishdir. Ammo bu bevosita qilinmaydi, balki «suverenitetni o‘rnatish» orqali amalga oshiriladi. Chunki «suverenitetni o‘rnatish» atamasiga «anneksiya» atamasiga nisbatan kamroq reaksiya bildiriladi.

Yahudiy vujudining G‘arbiy Sohilni anneksiya qilishi to‘g‘risidagi gaplar shunday bir vaqtda aytilyaptiki, hozir u yerdagi haqiqatlarni Falastin ma’muriyati hamda G‘arbga malay rejimlar va uning siyosati doirasida harakat qiluvchi rejimlar boshdan kechirayotgan illyuziyadan farqlab olish lozim. Zero, u yerdagi haqiqatlar balandparvoz bayonotlar yoki xayoliy loyihalar bilan o‘zgartirib bo‘lmaydigan voqelikni aks ettirib turibdi.

Musulmon yurtlaridagi g‘arbparast malay hukmdorlar yahudiy vujudiga muborak zaminni topshirish va xalqaro qarorlarni ayni masalada murojaat qilinadigan manbaga aylantirish bilan nakbaga yoki Falastin fojiasiga sherik bo‘lishdi… Bugungi kunda nakba yoki Falastin fojiasi muborak zamindan voz kechish va uni topshirishdan yahudiy vujudini tan olish va chegaralarini qo‘riqlash, u bilan xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik olib borishga ko‘chib o‘tdi.

Yurtlarimizdagi hukmdor rejimlardan tortib, xususan Falastin ma’muriyatiga qadar, barchasi yahudiy vujudini mustahkamlashning asl sheriklaridir. U yerdagi asl voqelik shuki, butun muborak zamin amalda yahudiy vujudi bosqinchiligi va xo‘jayinligi ostida qolgan bo‘lib, voqeda anneksiya qilib bo‘lingan deyish mumkin. Chunki Falastin zaminining chor atrofida kelgindi yahudiylar uy-joy qurishda va ikki davlat qurish yechimi loyihasini chetga surishda davom etishmoqda. Zotan, Falastin davlatini tashkil etishi taxmin qilingan tor bir hududda ikki davlat yechimini hech tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’muriyat ham boshqa g‘arbparast rejimlar ham o‘nlab yillardan beri yahudiy vujudiga yon berish, uni tan olib, qonuniylashtirish, vaqtini cho‘zish, masalani muzlatib, yordamsiz qoldirish, Falastin ahlini zaiflashtirish va qo‘zg‘olonchilarni bostirish bilan mana shu ikki davlat illyuziyasini vaysab kelishmoqda. Bu qilmishlarning barchasi yahudiy vujudini navbatdagi qadamini tashlashiga zamin yaratmoqda. Yahudiy vujudi shu orqali mazkur illyuziyalarni yo‘qqa chiqarib, hozirgi tayyorgarlik bosqichidan ham oshib o‘tib ketmoqda. Falastin ma’muriyati va boshqa malay rejimlar ham ayni shu tayyorgarlik bosqichida ishtirok etib kelishdi. Ya’ni ikki davlat yechimi, tinchlik va normallashuv degan narsalarni muborak zaminning siyosiy anneksiyasi va buni zo‘rlab joriy qilish bosqichiga almashtirishdi. Albatta bundan yahudiy vujudi tomonidan G‘arbiy Sohil yerlari bosib olinib, o‘zining bir qismiga aylantirishlari ko‘zlangan. Shundan so‘ng, ma’lum xalqaro vaziyat ostida butun Falastin yerlaridagi «xalqaro qonuniylik», degan narsa o‘g‘irlanadi-yo‘q qilinadi, binobarin, yahudiy vujudining orzusi ushalishi uchun bosqinchilik qonuniy va xalqaro miqyosda mustahkamlanadi. Bu ularning yahudiylashgan davlat loyihasini oxiriga yetkazish uchun falastinliklarni o‘z tuproqlaridan chiqarib, ko‘chirib yuborish orqali Falastinni bo‘shatish orzusidir.

Bugun barcha yerlarni anneksiya qilish taklifi bilan chiqayotgan yangi yahudiy hukumati a’zolari «Isroil yeri», deb atashayotgan yerlarda o‘zlarining haq-huquqlari borligini da’vo qilishyapti. Anneksiya bu yerda bir reja va harakat bo‘lib, u – garchi uzoq vaqt talab qilsa ham – Falastin ahlini ko‘chirib tashlashga qaratilgan. Chunki u paytga kelib, ishlar Falastin ahliga qarshi davlat siyosatiga aylanadi hamda Falastin zamini ustidagi jinoiy loyihalarning barchasi amalga oshib, aholiga qarshi jinoyatlarga o‘tishadi.

Agar Anneksiya amalga oshsa, u oxirgi bosqich bo‘lmaydi. Aksincha, Falastin ahli va Islom Ummatiga qarshi navbatdagi jinoyatlar bosqichining boshlanishi bo‘ladi hamda siyosiy oqibatlari va asoratlari Falastin va uning ahlidan ham oshib o‘tadigan jinoyat va yangi nakbaning muqaddimasiga aylanadi. Demakki, anneksiyaning amalga oshishi navbatdagi bosqichning boshlanishidir, tugashi emas. Xuddiki, Oslo shartnomasi anneksiyadan oldingi qilmishlarga bosqich bo‘lgani va yahudiy vujudiga anneksiya va ko‘chirish uchun imkoniyat va vaqt bergani kabi. Zotan, yahudiy vujudi yovuzliklari tugamaydi. Davlatni yahudiylashtirish, demografik faktlarni o‘zgartirishga harakat qilish va falastinliklarni Iordaniyaga ko‘chirish, bularning barchasi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan g‘oyalar bo‘lib, ular uchun tegishli rejalar, dastur va ssenariylar ishlab chiqilgan.

Yahudiy vujudining «xalqaro hamjamiyat»ga qarama-qarshi kelayotganligi ushbu g‘oyaning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Chunki xalqaro hamjamiyat o‘nlab yillar davomida xalqaro rezolyutsiyalar va yuzlab konferensiyalar, bayonotlar va tashabbuslar orqali ikki davlat yechimini ilgari surib keldi. Buni yahudiy vujudini mustahkamlash va muborak zamindagi mavjudligini qonuniylashtirish maqsadida qildi.

Amerika va G‘arb mavjud vaziyatni va ikki davlat yechimini saqlab turishga da’vat qilib, anneksiya jarayoni yukini kamaytirishga urinyapti hamda yahudiy vujudiga mintaqani yoqishi mumkin bo‘lgan va foyda bermaydigan fojiali qadamlar tashlamasligi uchun bosim o‘tkazyapti. Amerika va G‘arbning bunday reaksiyasiga sabab, yahudiy vujudining ehtiyotsizligidan qo‘rqishayotganidir. Falastin ahli manfaatini o‘ylashayotgani uchun ham, insof va adolatga rioya qilishayotgani uchun ham emas.

Yahudiy vujudi ham bu haqiqatni tushunib turibdi. Shuning uchun u yumshoq istilohlarni qo‘llashga va siyosiy jihatdan ko‘proq qonuniy hisoblangan atamalarni ishlatishga o‘tdi, masalan, «anneksiya» so‘zidan ko‘ra yoqimliroq eshitiluvchi «suverenitetni qo‘llash» so‘zini ishlatayotgani kabi. Shu orqali xalqaro xijolatchilikni olib tashlashga, o‘nlab yillar davom etgan pozitsiyalarni boshqarish stressini yengillashtirishga hamda bir talay xalqaro rezolyutsiyalardan qutulishga urinyapti… Havoga uchib ketgan bu rezolyutsiyalar sababli vaqtdan yutyapti.

Boshqa tomonda, malay hukmdorlar bilan Falastin ma’muriyati yahudiy vujudini mudofaa qilish va uning rejalarini amalga oshirish pozitsiyasida davom etishmoqda. Oslo shartnomasi hukm surgan o‘ttiz yil davr mobaynida bu ma’muriyat Falastin ahlining istaklarini yanada so‘ndirish, faoliyatlarini cheklash hamda qarshi turish imkoniyatlarini pasaytirish ustida ishladi. Bu qilmishlari bilan u yahudiy vujudiga imkoniyat yaratib, uning foydasiga vaqtni cho‘zib keldi.

Anneksiya hamda kelishuvlardan bosh tortish masalasi bugun paydo bo‘lgan narsa ham, yangi hukumat paydo qilgan narsa ham emas. Balki u xoin yetakchilar ishtirokida avvaldan amalga oshirib kelingan asoslarga tayanadi. Masalan, ilgari yahudiy hukumatlari xalqaro hamjamiyat va xalqaro qonunlarga ergashar, ular bilan himoyalanar, shu orqali tinchlik va qonuniylikka ega bo‘lishga harakat qilar edi… Biroq, bugun yahudiy hukumatlari bu hamjamiyat va qonunlarga orqasini o‘girib, ularning shartnomalaridan foydalanib olgach, hammasini oyoqlari bilan depsamoqda.

Yahudiy vujudi saraton vujuddir, uni tagidan kesib tashlanmaguncha o‘sib chiqaveradi. O‘nlab yillar mobaynida tinchlik, degan nomlar ostida uning qarshisida qilingan xorlik va qo‘rqoqliklar bu vujudni yanada quturtirib yubordi. Shunga qaramay, anavi g‘arbparast malay rejimlar G‘arbiy Sohilni anneksiya qilish haqida gapirilayotgan bir paytda, shu vujud bilan munosabatlarni normallashtirish sari shoshmoqdalar.

Falastin ma’muriyatiga kelsak, uning hokimiyatda qolish va rahbarlar manfaatini o‘ylashdan boshqa g‘ami yo‘q. Chunki bu ma’muriyatning tub reja-maqsadi o‘zini saqlab qolish bo‘lib, u Falastinni himoya qilish yoki ozod etishni umuman o‘ylamaydi. Shu bois, anneksiya masalasi ma’muriyat rahbarlarining taxtda qolishlariga xatar hisoblanadi. Demak, ularning voqeligidan shunday haqiqat ko‘rinib turibdiki, kim xorlikka va ushoqlarga rozi bo‘lsa, dushmani unga hatto ushoqlarni ham bermaydi, ayniqsa, dushman yahudiy bo‘lsa.

أَمْ لَهُمْ نَصِيبٌ مِنَ الْمُلْكِ فَإِذاً لاَ يُؤْتُونَ النَّاسَ نَقِيراً

«Yoki ularning mol-mulklari bormi? Shunday bo‘lgan taqdirda ham odamlarga zig‘irchalik muruvvat qilmagan bo‘lur edilar!» [Niso 53]

Roya gazetasining 2023 yil 1 fevral chorshanba kungi 428-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.