Suriyada harbiy amaliyotlarni to’xtatishga oid Kerri va Lavrov o’rtasidagi «dastlabki kelishuv»

420
0

Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri rus hamkasbi Sergey Lavrov bilan Suriyada harbiy amaliyotlarni to’xtatishga oid «dastlabki kelishuv»ga erishdi. Kerri Iordaniya tashqi ishlar vaziri Nosir Javda bilan Ammonda uchrashgan paytida Lavrov bilan telefon orqali o’t ochishni to’xtatish haqida suhbatlashgani hamda mojaroning barcha jihatlarini muhokama qilishga kelishib olishganini ta’kidladi.

Kerri jumladan bunday dedi: «Ishonamanki, biz o’t ochishni va harbiy amaliyotlarni to’xtatish borasida dastlabki kelishuvga erishdik, bu kelgusi kunlarda kuchga kirishi kutilmoqda». Keyin u prezident Barak Obama bilan prezident Vladimir Putinning o’t ochishni to’xtatish ijrosini boshlash uchun yaqin orada suhbatlashishlariga umid qilayotganini bildirdi.

Biroq u kelishuvni ijro etish tafsilotlari va yo’llarini hanuzgacha har ikki tomon ham o’rganayotganini hamda «xalqaro hamjamiyat o’t ochishni to’xtatishga har qachongidan ko’ra, bugun yaqinroq kelib qolgan»ini ta’kidladi. (Bi-Bi-Si arabiy).

Roya gazetasi sharhi:

Amerika «harbiy amaliyotlarni» to’xtatishga erishish uchun o’zini Rossiya bilan muloqot o’tkazayotgan qilib ko’rsatish bilan Shom ahlini, jangchi guruhlarni va boshqa davlatlarni aldamoqda.

Amerika uchun Shomdagi muammo Rossiyada ham, Eronda ham va uning Hizbida ham emas. Chunki bularning barchasi Amerika siyosatiga xizmat qiladi. Uning uchun Shomdagi muammo hozirgi malayi Bashar Asad o’rniga boshqa bir alternativni paydo qilib olishdadir. Shuning uchun ham Rossiya bilan Eron Shom ahliga qarshi kulini ko’kka sovurish siyosatini amalga oshirib olishlari uchun Amerika ularga etarli fursatni berib, vaqtni cho’zyapti. Bir vaqtning o’zida, Suriya borasida Amerika xohlagan echimni qabul qilishlari uchun qo’zg’olonchilarga bosim o’tkazib kelmoqda. Agar qo’zg’olonchilar bir ozgina yon bersalar, battar vaqtni cho’zib, Rossiya va tarafdorlarining yanada ko’proq qirg’inlarni sodir etishiga yo’l ochib beradi hamda qo’zg’olonchilarning tinimsiz yon berishlariga erishish uchun yana ularga bosim o’tkazishga kirishadi. Qachon o’zining rejasi muvaffaqiyatli chiqqaniga ishonch hosil qilgach, o’t ochishni to’xtatishni e’lon qilib, o’zining siyosati ijrosini oxiriga etkazadi…

Shom ahlining sabot bilan turib, Alloh Subhanahuning mustahkam arqonini mahkam ushlashlari va Uning o’zidangina yordam so’rashlari Amerika rejalarini barbod qilish yo’lidir.

Roya gazetasining 2016 yil 24 fevral chorshanba kungi 66-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.