Hukumat har bir litr yoqilg‘idan yo‘l ta’miriga pul olib turishni taklif qildi

107
0

Hukumat har bir litr yoqilg‘idan yo‘l ta’miriga pul olib turishni taklif qildi

Xabar: Vazirlar mahkamasi “Qirg‘izistonning soliqdan tashqari tushumlar to‘g‘risidagi kodeksi”ga yo‘llarni ta’mirlash va saqlash uchun yoqilg‘ining har bir litridan ma’lum miqdorda pul olish imkonini beruvchi o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda.

“Bu yerda “kim ko‘proq haydasa, ko‘proq haq to‘laydi” tamoyili amalda qo‘llanilgan va hamma sifatli yo‘llarda harakatlanadigan mamlakatlar amaliyotini nazarda tutadi”, – deyiladi qonun loyihasining asosiy izohida.

Vazirlar mahkamasi bunday o‘zgartirishni yo‘llarni ta’mirlashga hamda xizmat ko‘rsatishga mablag‘ yetmayotgani uchun taklif qilmoqda. Hozirgi vaqtda Yo‘l jamg‘armasida pul jarima pullardan hamda yoqilg‘i moylarining aksiz solig‘idan 50% tushib turadi.

“Ushbu manbalardan olinadigan daromadlar prognozi ularning yo‘llarimizni talab darajasida ko‘tarish uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda yo‘llarni xavfsiz standart holatda saqlash uchun yiliga 10 milliard somga yaqin mablag‘ talab etiladi. Darhaqiqat, respublika budjetidan 2 milliard somga yaqin mablag‘ ajratilmoqda, bu esa yo‘llarni to‘g‘ri saqlash uchun 1 km yo‘lga 100 somga yaqin mablag‘ni tashkil etadi”, – deb hisoblaydi Vazirlar mahkamasi.

Ayni hujjatda hokimiyat shinalar, pokrishkalar va yoqilg‘i moylarini qayta ishlash uchun qayta ishlash to‘lovlarini joriy qilishni taklif qilmoqda. Ular ushbu turdagi mahsulotni import qiluvchilar tomonidan to‘lanadi.

Izoh: Kapitalistik tuzumda budjet xalqdan yig‘iladigan soliqlar hisobiga to‘ldiriladi. Kapitalizmni tatbiq qilayotgan Qirg‘iziston hukumati ham budjetni to‘ldirish va tashqi qarzni to‘lashni xalq zimmasiga yuklash uchun soliqlarning yangidan-yangi turlarini o‘ylab topmoqda. O‘tgan yilning yoz oyida Jogorku Keneshda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Vazirlar mahkamasi raisi Akilbek Japarov “Yo‘l fondi” orqali har bir avtomobildan soliq yig‘ish masalasi ko‘rib chiqilayotgani, joriy etiladigan yangi soliq turi yo‘llar ta’miri va tashqi qarzlarni to‘lash uchun yo‘naltirilishini ma’lum qilgan edi.

Iyun oyi oxirida bo‘lib o‘tgan JK yig‘ilishda Vazirlar mahkamasi raisi tashqi qarzni to‘lash masalasi budjetning xarajatlar qismida alohida o‘rin tutishini ma’lum qilgan va agar Qirg‘iziston qarzni o‘z vaqtida to‘lamasa, bir qancha obyektlar boshqaruvi boshqalar qo‘liga o‘tib ketishi mumkinligini eslatib o‘tgan edi. Ma’lumki, keyingi besh yil davomida Qirg‘iziston tashqi qarzlarni to‘lash uchun yiliga 400 million dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltirishi zarur. Ammo Qirg‘izistonning hozirgi iqtisodiy holati har yili buncha mablag‘ yo‘naltirishni ko‘tara olmaydi. Shu sababli ham hukumat turli xil soliq, majburiy sug‘urta va to‘lovlar topish orqali buni oddiy xalq – soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklashga urinmoqda…

Islomda zakotdan bo‘lak xech qanday majburiy soliqlar mavjud emas. Davlat zakotni soliq emas ibodat e’tiborida yig‘adi. Zakot budjet kamomadlari yopish, davlat ishlarini idora qilish yoki favqulotda holatlar uchun olingan qarzlarni ado etishga sarflanmaydi. Buning uchun davlat mulki ishlatiladi. Zakotni shariat belgilab bergan o‘rinlargagina sarflaydi, oddiy xalqning soliq to‘lovchi bo‘lib qolishga ruxsat bermaydi. Aksincha boylardan zakot olib muhtojlarga taqsimlash orqali jamiyatda farovon hayot va muvozanatni ta’minlaydi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.