Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzila shahidlari borasida Hizb ut-Tahrir ta’ziyasi

180
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzila shahidlari borasida Hizb ut-Tahrir ta’ziyasi

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ * أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ

«Biror musibat kelganda: «Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz U zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o‘shalarga Robbilari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordur. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir»

Turkiya va Suriyadagi da’vatni ko‘tarib chiqayotgan aziz aka-uka va opa-singillarimizga hamda barcha da’vat ahliga…

Turkiya va Suriyadagi sabr qilayotgan va Allohdan ajr kutayotgan birodarlarimizga va butun Islom Ummatiga…

Hizb ut-Tahrir Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzila shahidlari borasida ta’ziya izhor etadi. Hizb oliy va buyuk Allohdan o‘tganlarni quyidagi hadisi sharifning tasdiqi sifatida oxirat shahidlaridan qilishini so‘rab qoladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan muttafaqun alayh hadisda Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«الشُّهَدَاءُ خَمْسَةٌ الْمَطْعُونُ وَالْمَبْطُونُ وَالْغَرِقُ وَصَاحِبُ الْهَدْمِ وَالشَّهِيدُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ»

«… Shahidlar besh turli bo‘lib, ular vabodan o‘lgan, qorin og‘rig‘idan o‘lgan, cho‘kib o‘lgan, xaroba sohibi (vayrona ostida halok bo‘lgan) va Alloh Azza va Jallaning yo‘lida shahid bo‘lgan kishilardir».

Alloh Taboraka va Taologa duo qilib, jarohat olgan va zarar ko‘rganlarga kasallikning hech qanday asarini qoldirmay, tezroq shifo berishini so‘rab qolamiz.

Allohning lutfi va marhamati ila omon qolganlarning bundan keyingi hayotlarini Alloh Subhanahu va Rosuli ﷺga itoat qilib, go‘zal suratda o‘tkazishlarini so‘raymiz.

Bu zilzila falokati musulmonlar qalbida Islomning chuqur ildiz otganini ko‘rsatdi. Zero, xarobalar ostidan o‘z birodarlarini qutqarib olar ekanlar, ular Allohu Akbar, deya takbir aytib turdilar. Bu takbirlar, xususan, Afrin shahridagi Jandaris mintaqasida vayronalar ostida tug‘ib, so‘ng o‘zi vafot etgan onaning chaqalog‘ini chiqarib olayotganlarida ham… yoki G‘aziantepdagi vayron bo‘lgan binodan bir ayolni chiqarib olishga urinayotganlarida sochlari ko‘rinib qolmasligi uchun ayolning ro‘mol so‘ragan paytida ham, shuningdek, Qahramonmarash shahrida bir kishini qutqarib olish uchun harakat qilayotganlarida, namozi qazo bo‘lmasligi uchun u kishining tahoratga suv so‘ragan paytida ham yangrab turdi… Ha, bunday holatlarning barchasida musulmonlar tillaridan Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar sadolari tinmadi.

Mo‘min boshqa odamlarga o‘xshamaydi. Chunki u Allohning qazosini qaytarib bo‘lmasligini, bu faqat Alloh Subhanahu va Taologa ma’lum bir hikmat sababli sodir bo‘lishini biladi. Shuning uchun Allohning roziligini istab, boshga tushgan har qanday narsaga sabr qiladi. Imom Muslim Suhaybdan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«عَجَباً لِأَمْرِ الْمُؤْمِنِ إِنَّ أَمْرَهُ كُلَّهُ خَيْرٌ وَلَيْسَ ذَاكَ لِأَحَدٍ إِلَّا لِلْمُؤْمِنِ إِنْ أَصَابَتْهُ سَرَّاءُ شَكَرَ فَكَانَ خَيْراً لَهُ وَإِنْ أَصَابَتْهُ ضَرَّاءُ صَبَرَ فَكَانَ خَيْراً لَهُ»

«Mo‘minning ishi ajoyib-da. Chunki uning har bir ishida yaxshilik bor. Bunday imkoniyat mo‘mindan boshqa hech kimda yo‘q. Mana, agar unga biror xursandchilik yetsa, shukr qiladi-da, bu unga yaxshilik bo‘ladi. Bordiyu, unga yomonlik yetsa, sabr qiladi, bu ham unga yaxshilik bo‘ladi».

Hech shubha yo‘qki, musulmon yurtlarida birin-ketin falokatlar yuz bermoqda. Zilzilalar, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik, qahatchilik, urushlar, ichki janglar, qashshoqlik, ochlik… kabi falokatlardan barcha yurtlarimiz aziyat chekmoqda. Tabiiy ofat, deya atalgan falokatlar garchi qazo doirasida esa-da, biroq, ehtiyot choralarini ko‘rish, beparvolik qilmay, musulmonlarga to‘g‘ri g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ularning ishlarini boshqarayotgan davlatning burch va vazifasidir. Agar musulmonlarning Xalifalik davlati bo‘lganda edi, barchalarini birlashtirgan, musibat yetgan paytda dardlariga sherik bo‘lgan, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan, muammolarini yelkasiga olgan va ularni barcha xayrli ishlarga yetaklagan bo‘lar edi… Bu bilan musulmonlar boshqalarning yordamiga muhtoj holatda qolmasdilar.

Alloh vafot etgan birodarlarimizni rahmat aylab, jarohat olganlarga shifo bersin va ushbu falokatda omon qolganlarni O‘z panohida asrasin. Boshida aytilgan oyatni yana bir bor takrorlash bilan so‘zimizni tamomlaymiz:

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ * أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ

«Biror musibat kelganda: «Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz U zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o‘shalarga Robbilari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordur. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» [Baqara 156]

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

Birodaringiz

Ato ibn Xalil Abu Roshta

Hizb ut-Tahrir amiri

18 rajab 1444h

9 fevral 2023m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.