Sadir Japarov Vengriya prezidenti bilan uchrashdi

119
0

Sadir Japarov Vengriya prezidenti bilan uchrashdi

Xabar: 13-fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Budapeshtda Vengriya prezidenti Katalin Novak bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Sadir Japarov 12-fevral kuni rasmiy tashrif bilan Vengriyaga tashrif buyuridi. Qirg‘iziston rasmiy delegatsiyasi tarkibida tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbakiyev, Qirg‘izistonning Vengriyadagi elchisi Talantbek Kushchubekov, ta’lim va fan vaziri Ulanbek Mambetakunov, raqamli rivojlanish vaziri Talantbek Imanov, iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiyev va adliya vaziri Ayaz Bayetovlar bor.

Rasmiy tashrif doirasida Sadir Japarov Vengriya prezidenti Katalin Novak boshchiligidagi qator rahbarlar bilan uchrashadi. Bundan tashqari, u qirg‘iz-venger biznes forumida ishtirok etadi. Tashrif doirasida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Izoh: Sadir Japarov Qirg‘izistonning tashqi siyosati to‘g‘risida gapirar ekan Yevropa davlatlaridan Vengriya bilan aloqalar mustahkamlanib borayotganini aytgan edi. Vengriya bilan munosabatlar Japarov boshqaruvi davrida iliqlashgani yo‘q. Bundan avvalroq, 2018 yil sentyabr oyida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ko‘chmanchilarning III Butunjahon o‘yinlarining ochilishi marosimida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga kelgan edi. Keyinchalik, Qirg‘izistonning o‘sha vaqtdagi prezidenti Jeenbekov ham 2020-yil oktabr oyi boshida Vengriyaga tashrif buyurigan va Vengriya prezidenti Yanosh Ader va Milliy yig‘ilish spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi. 2021-yil noyabr oyida esa Bishkekda qirg‘iz-venger taraqiyot jamg‘armasi rasmiy ochilgan va uning kapitali 50 million dollar bo‘lishi aytilgan edi. Bundan tashqari, Vengriya Turkiya boshchiligidagi Turkiy davlatlar tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega. Garchi, Vengriya prezidenti bilan bo‘lgan uchrashuvda Japarov Qirg‘iziston uchun Yevropaga yo‘l Vengriya orqali ochilayotganini aytgan bo‘lishiga qaramay, hozircha Vengriya bilan aloqalar asosan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni yo‘lga qo‘yish masalalaridan iborat bo‘lmoqda. Qolaversa, Vengriya Yevropa ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lishiga qaramay Yevropada hal qiluvchi so‘zga ega emas.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.