Tahrir Shom hay’ati Hizb ut-Tahrirning ikki a’zosini o‘g‘irlab ketdi

97
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tahrir Shom hay’ati Hizb ut-Tahrirning ikki a’zosini o‘g‘irlab ketdi

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhobning bayon qilishicha, 2023 yil 20 yanvar juma kuni Tahrir Shom hay’ati xavfsizlik xizmati Fodi Abud Abu Jamol bilan Ali Abu Abdullohlarni o‘g‘irlab ketdi. Bu qilmish Hizb a’zolarining Idlibda «Turk rejimi va uning malaylari Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilish uchun Asad rejimiga sherikdir», deb nomlangan namoyish o‘tkazishlari ortidan sodir etildi. Namoyishda yarashuv tashabbusi qoralanib, qo‘zg‘olon ahli va ularning xolis farzandlaridan o‘z qarorlarini qaytarib olishlari hamda asosan, qonxo‘r rejimni ag‘darish va Islom boshqaruvini barpo etishdan iborat qo‘zg‘olon maqsadlarini mahkam ushlashlari talab qilingan edi.

Ustoz Ahmad quyidagicha qo‘shimcha qildi:

«Shunday qilib, Tahrir Shom hay’ati o‘zining turk xo‘jayinlari chaqirayotgan yarashuvga nisbatan o‘z pozitsiyasini isbotlamoqda. Vaholanki, bu rostgo‘y kimsalar rozi bo‘lmayotgan, sotqinlar xohlayotgan yarashuvdir… Biroq, zo‘ravonlik va zulm da’vatni yelkasida tashuvchi insonlarni qo‘rqitolmadi va Alloh Azza va Jallaning izni ila, hargiz qo‘rqitolmaydi va burchlarini bajarishdan to‘xtatolmaydi. Aksincha, Alloh nusrat va g‘oliblikka izn bergunga qadar, ahd-paymonlarini yanada ziyodalashtiradi».

Roya gazetasining 2022 yil 25 yanvar chorshanba kungi 427-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.