Falastin masalasi milliy emas, islomiy masaladir

359
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰ الرَّحِيمِ

Falastin masalasi milliy emas, islomiy masaladir

«Maan» axborot agentligi veb-saytida (hijriy 1442 yil 18 jumodussoniy, milodiy 2021 yil 31 yanvar yakshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

Islomiy Jihod harakati siyosiy bo‘limi a’zosi Xolid Batsh saylovda ishtirok etish masalasi saylovlarning amaldagi manbalarini o‘zgartirishga bog‘liq ekanini ma’lum qildi. Batshning ta’kidlashicha, Jihod harakatining rasmiy pozitsiyasi Qohira uchrashuvidan so‘ng «agar siyosiy saylovlarning amaldagi manbalari o‘zgartirilib, barcha ishtirok etadigan milliy siyosiy dasturga kelishib olinsa, shuningdek qonunchilik kengashi bilan milliy kengash o‘rtasini ajratish zarurligiga qat’iy amal qilinsa» shunga asoslangan holda e’lon qilinadi. Keyin bunday dedi: «Jihod harakatining ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligidan qat’iy nazar, umid qilamizki, siyosiy jarayon ishtirokchilari saylovlarda milliy birlik hukumati uchun qatnashajaklar»».

Roya:

Falastin masalasiga islomiy aqida nuqtai nazaridan qaragan kishi shuni anglab etadiki, Falastin bosib olingan zamin bo‘lib, echim uni ozod etish bilan amalga oshadi. Saylovlarda ishtirok etish va hokimiyatga kirib borish esa, ushbu muborak zaminni ozod qilish emas, undan voz kechishdir. Ammo ozod qilishdan maqsad ikki davlat echimi bo‘lsa agar, bu echimda Falastinning 80 % eri bosqinchi yahudiylarga beriladi.

Aslida, muammo saylovlar o‘tkazish mexanizmida ham, uning shaffofligida ham emas. Qonunchilik kengashi bilan milliy kengash o‘rtasini ajratishda ham, milliy birlik hukumatining yo‘qligida ham, Oslo shartnomasiga manba sifatida tayanishda ham emas. Balki, muammo Ozodlik Tashkiloti ham, uning ortidan paydo bo‘lgan Falastin rejimi, majlislar va saylovlar ham tashkil topishda Amerikaning ikkita davlat qurish loyihasiga tayanganidadir. Holbuki, bu loyihada Falastinning uchdan ikki qismini yahudiy vujudiga topshirish ko‘rsatilgan. Shuning uchun muammo Ozodlik Tashkilotining o‘zida hamda tashkil topishdagi asosidadir. To‘g‘ri harakat esa, mana shu tashkilotni ta’mirlash va qayta ishlash bilan emas, uni fosh etish va uni siyosiy jihatdan yo‘q qilish bilan bo‘ladi.

Ammo Qohira uchrashuvi va Falastin muammosini hal qilishda unga suyanish masalasiga kelsak, bu xomxayoldan o‘zga narsa emas. Chunki Misr Oslo shartnomasida tasdiqlangan ikki davlat echimi loyihasiga muvofiq muzokaralarni qayta boshlash uchun Amerikaning istagi bo‘yicha harakat qilmoqda. Shundan keyin qanday qilib saylovlar manbalarini o‘zgartirishni tasavvur qilish mumkin, axir, u Amerikaning yuvindixo‘ri bo‘lmish Sisiyning rahnamoligida bo‘lyapti-ku?!

Bas, shunday ekan, vaqt keldi. Endi, Falastin guruhlari etakchilari Ozodlik Tashkiloti va uning rejimining asl basharasini tan olib, basharalarini yaxshilashga urinmasinlar hamda Falastin masalasini bachkanalashtirib, uni yo‘q qiladigan milliylikdan kelib chiqib gapirishni bas qilsinlar. Zero, barcha guruhlarning ushbu muborak zaminning bir qarichidan ham voz kechishga kelishishlari yon berish, xoinlik va botilga kelishishdir. Chunki Falastin zamini guruhlarning mulki emas, balki Islom Ummatining mulkidir.

Falastin masalasi Islom masalasi bo‘lib, uning manbai Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlaridir. Bu bizga Islom Ummati va uning armiyasi g‘ayratini qo‘zg‘ab, Falastinni daryosidan dengiziga qadar ozod etishdek burchlarini ularga eslatmoq vazifasini yuklaydi.

Roya gazetasining 2021 yil 10 fevral chorshanba kungi 325-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.