Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati: kuch-qudrat namoyishi

91
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati: kuch-qudrat namoyishi

Ibn Ali hokimiyatdan ag‘darilib, qochib qolishining o‘n ikki yilligi munosabati bilan hamda 2011 yil 14 yanvar oqshomda Tunis ahli ko‘targan qo‘zg‘olonni xotirlab, Hizb ut-Tahrir – markaziy matbuot bo‘limining Tunis viloyatidagi vakili bayonot chiqardi. Unda quyidagilar ta’kidlanadi:

«Xalqni tiz cho‘ktirish, qo‘zg‘olon cho‘g‘ini so‘ndirish va undagi zamon va makon ramziyligini o‘chirish maqsadida Tunis rejimi tomonidan qilingan qator urinishlarga qaramay, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati yurish o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Hijriy 1444 yil 21 jumodussoniy, milodiy 2023 yil 14 yanvar shanba kuni yurish qatnashchilari qo‘zg‘olon trassasiga kirishga muvaffaq bo‘ldilar. Odamlar bilan bir-biriga yelkadosh bo‘lib, mustahkam xavfsizlik qamallarini va trassaga olib boruvchi yo‘llarga o‘rnatilgan to‘siqlarni yorib o‘tdilar. Yurishda Hizb a’zolari takbir hayqiriqlari ostida roya va livolar ko‘tarib chiqdilar. Darhaqiqat, namoyishchilar, ko‘tarib chiqqan plakatlarning birida «Ummatning rejimni ag‘darish va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish qo‘zg‘oloni davom etadi», deb yozilgan edi…».

Bayonotda bunday qo‘shimcha qilindi:

«Qo‘zg‘olon trassasidagi namoyish chog‘ida Hizb o‘zining shior va nutqlari bilan jamoatchilikka siyosiy risola yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Masalan, birinchi Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Xubayb Karboka Zuytuna ahliga qaynoq murojaat yo‘llab, ularni zolim podshohlar tuzumiga qarshi Ummat qo‘zg‘olonini oxiriga yetkazishning yagona yo‘li hamda tub o‘zgarishning asosi va hazoriy alternativasi sifatida Islom atrofida jipslashishga chaqirdi. Qays Said rejimini ag‘darishga chaqirayotgan siyosiy doiralarning har biridan ogoh etib, ular Qaysning o‘rniga o‘zlari o‘tirib, o‘zlari ham mustamlakachilar loyihasiga xizmat qilishmoqchi, dedi. Zaytuna ahlini qo‘zg‘olonga tuzoq qo‘yishga payt poylab turgan mustamlakachi davlatlar va ularning qaroqchi tashkilotlariga qarshi kurash imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslikka da’vat qildi. Ustoz Xubaybning ta’kidlashicha, Ummatni uyg‘otishga, birlashtirishga va uning mustamlakachilik kishanlaridan qutulish istaklarini gavdalantirishga hamda haqiqiy real suverenlikni ro‘yobga chiqarishga qodir birdan-bir hazoriy alternativa, bu Payg‘ambarimiz  ushbu buyuk Ummatga bashorat qilgan roshid Xalifalik davlatidir»…

Umar Arabiy bilan Muhammadaliy Avniy ustozlar o‘z ma’ruzalarida qo‘zg‘olon bo‘lgan makonning ramziyligini, chunki u yerda bo‘g‘izlardan o‘zgartirishni talab qiluvchi hayqiriqlar otilib chiqqanligini ta’kidladilar. Shuningdek, «mo‘tadil islom» Tunis xalqini tarbiyalash qo‘lidan kelmagach, bugun xalqning Islom va uning da’vat ahliga ergashmoqlari muhim ekanini qo‘shimcha qildilar. Keyin ustoza Saoda Xasharim ma’ruza qilib, ushbu korrupsiyachi rejimning ayollarga zulm qilayotgani, ularning sha’nini tahqirlab, izzat-hurmatlarini toptayotgani to‘g‘risida gapirdi.

Shunday qilib, Hizb erkagu ayol, yoshu qari, barchaning bu zulmlarga sukut qilishlari hamda adolat davlati bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishda sustkashlik qilishlari hargiz durust emasligini bayon etish bilan Zaytuna ahliga o‘z risolasini yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, rejimni ildizi bilan ag‘darib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga bo‘lgan hayqiriqlar ushbu ma’ruzalar orasida tinmay takrorlanib turdi. So‘ng Hizb yigitlari yana yo‘lga tushib, ayni trassadagi Fransiya elchixonasi oldiga bordilar va «Xalq mustamlakachilikni ildizi bilan qo‘porib tashlashni istaydi» kabi so‘zlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqdilar.

Ustoz Xubayb so‘zlari nihoyasida bunday dedi:

«Mahalliy va xalqaro axborot vositalari kameralari qo‘zg‘olon trassasidagi ushbu muhim piketni chetlab o‘ta olmadi, balki ko‘pchiligida tadbir keng yoritilib, piketing naqadar tartibli va tinch uyushtirilgani ayrim axborot bayonotlari va izohlarida bayon qilindi. Biroq, mustamlakachilar jarchilari piket hajmini kichraytirib ko‘rsatishga va uning prezident Qays Sayidning ketishini talab qiluvchi oddiy xalq namoyishi qilib tasvirlashga urinishdi. Vaholanki, ko‘tarib chiqilgan qator shiorlarda rejimni ildizi bilan qo‘porib tashlash va uning xarobalari uzra Islom davlatini barpo etish ochiq aytib qo‘yilgan edi. Bu esa, yurtlarimizdagi mustamlakachilik nufuzini yo‘q qilish zarurligining yana bir tasdiqidir. Ana shunda ommaviy axborot vositalari Islom yurtidagi, jumladan Zaytuna yurtidagi barcha balolarning sababchisi bo‘lgan xorijiy aralashuvdan himoyalanadi».

Roya gazetasining 2022 yil 25 yanvar chorshanba kungi 427-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.