Ummat qo‘zg‘oloni to Xalifalik barpo bo‘lgunga qadar davom etadi

101
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ummat qo‘zg‘oloni to Xalifalik barpo bo‘lgunga qadar davom etadi

Joriy yil 17 dekabrda Tunisda qo‘zg‘olon boshlanganiga o‘n ikki yil to‘ldi. Islom va Xalifalik Tunis doxil musulmon yurtlarida afkori ommaga aylangan bir paytda, Mustamlakachi kofir G‘arb hamda uning hokimiyatdagi vakillari Tunis ahli irodasini sindirish, qo‘zg‘olon olovini yuraklaridan o‘chirish va Islom asosida tub o‘zgarish qilishga bo‘lgan har qanday urinishni yo‘q qilish uchun barcha vosita va imkoniyatlarini sarflashyapti.

Ha, kofir G‘arb ushbu qo‘zg‘olon uning mintaqadagi nufuziga ulkan xavf tug‘dirgani uchun birinchi kundan boshlab uni harakat yo‘lidan adashtirishga urindi. Shu maqsadda 2011 yilning mayida Fransiyaning Dovil kommunasida G8 sammiti o‘tkazildi. Sammitning yakuniy xulosasi mazmuni Tunisni xalqaro shartnomalar bilan zanjirband qilish, tashqi qarzlar botqog‘iga botirish va uning kelajagini inson tomonidan yaratilgan konstitutsiya orqali G‘arbning hayotga bo‘lgan qarashlariga muvofiq chizishdan iborat bo‘ldi. Ma’lumki, G‘arb Islomni hokimiyatga yaqinlashtirmaydigan va o‘z manfaatlarini himoya qiladigan ushbu konstitutsiya orqali siyosiy maydonda gegemonlik qilib, istagan odamlarini hokimiyat tepasiga olib keladi. Mana shunday makr-hiylalarga qaramay, G‘arb ham, arzongarov qo‘g‘irchoqlari ham qo‘zg‘olon olovini o‘chirishga muvaffaq bo‘lisholmadi. Ana shunda  2021 yil 25 iyul harakati paydo bo‘ldi. Bu harakat bir malay o‘rniga boshqa bir malayni o‘tqazish va 2014 yilgi konstitutsiyani boshqa konstitutsiyaga almashtirish orqali Tunisda jar yoqasiga kelib qolgan ilmoniy rejimni saqlab qolishga qaratildi. G‘arb shunday qilsa, yurtni avval Islomidan, tuzumidan va ahkomlaridan ayirib, so‘ng qonunchilik va boshqa ijro sohalarida o‘z hukmronligini saqlab qolishni ta’minlagan bo‘ladi.

Ushbu Tunis qo‘zg‘olonining o‘n ikki yilligi xotirasida, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Parlament saylovlari, degan bu sahna o‘yini Alloh bilan qonunchilik talashish jinoyatidir. Bu jinoyatning prezident Qays Said tomonidan aynan Ummat qo‘zg‘oloni xotirasi paytida qilinayotgani esa, sahna o‘yinining ikkinchi bo‘limidir. Bunday til biriktiruvdan qo‘zg‘olon ishini yopish va barcha mashaqqatu baxtsizlik sababchisi bo‘lgan ilmoniy tuzumni mustahkamlash ko‘zlangan. Bundan tashqari, ayni til biriktiruv G‘arb davlatlariga yangi parlament tuzish orqali favqulodda holatdan chiqib olish, shu orqali G‘arb manfaatlarini saqlab qolish va prezident hokimiyatining Xalqaro Valyuta Fondi oldidagi majburiyatlarini bajarishda oldinga siljitish imkonini beradi.

Haqiqatda, umid chiroqlarini yoqayotgan narsa shuki, bu saylovlar rejimni mustahkamlovchi bir o‘yin ekanini, saylovlarda G‘arb doiralarining funksional mulozimlaridan boshqa kimsalar kelmasligini Ummat tushunmoqda. Mana, Odamlar konstitutsiya bo‘yicha  referendumni boykot qilib, kelasi saylovlarda qatnashishdan bosh tortdilar va bu mustamlakachi bilan uning malaylari yuziga tortilgan qaqshatqich tarsakidan boshqa narsa emas».

Matbuot bayonotida Tunis ahliga xitoban bunday deyildi:

«Tub o‘zgarishni amalga oshirish bugun zimmamizdagi farz amali hisoblanadi. Buzuqligiga o‘zlari guvoh bo‘lgan bu voqelikni o‘zgartirish uchun odamlarning jiddiy harakat qilishdan boshqa alternativasi ham, ixtiyori ham yo‘q. Zero, hozirda qo‘zg‘olon aro yo‘lda qolib, og‘ir imtihonga duch keldi. Ya’ni ba’zilar uni ildizi bilan qo‘porib yo‘q qilishni, harakat olovini o‘chirib bitirishni istayotgan bo‘lsa, ularning qarshisida, qo‘zg‘olon mafkurasini saqlab qolish, olovini alangalatish va harakatini o‘zining siyosiy loyihasi asosidagi strategik nazariyaga muvofiq to‘g‘ri yo‘nalishga solish uchun faoliyat qilayotganlar turibdi. Shubhasiz, bu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasidir…

Biz Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati a’zolari siz tunislik ahlimizga qo‘zg‘oloningizni Islom bilan oxiriga yetkazishingizni va sizlarga taqdim etayotganimiz alternativani qabul qilishingizni nasihat qilamiz. Buyuk Islomga asoslangan ushbu alternativa Ummatni boshi berk ko‘chadan chiqarishga va qo‘zg‘olonni o‘zgarmas maqsadlarini amalga oshirishga qodir yagona alternativadir. Shubhasiz, qo‘zg‘olonning o‘zgarmas maqsadlari qonxo‘r rejimni barcha basharalari, arkonlari va ramzlari bilan birga ag‘darish hamda Islomga asoslangan hokimiyatni barpo etishdan iborat. Zero, Alloh bizga amr qilgan ushbu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik hokimiyati adolat tarozini qo‘yadi».

Roya gazetasining 2022 yil 21 dekabr chorshanba kungi 422-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.