Shom qo‘zg‘oloniga makr qilish davom etmoqda

96
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shom qo‘zg‘oloniga makr qilish davom etmoqda

Undan qutulishning yagona yo‘li ongli xolis siyosiy yetakchilik atrofida birlashishdan iborat

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Turkiya armiyasi Suriya Demokratik Kuchlari (kurd kuchlari)ni Saydo, Jadida va Ma’laq qishloqlaridagi obyektlarida hamda Raqqa shimolidagi «M-4» avtomagistralida bombardimon qilgan. Bombardimonlar, shuningdek, Hasaka shimolidagi Kuzuliya, Talli-Laban va Tovila qishloqlarigacha yetib borgan. O‘z navbatida, shanba kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabarida «Turkiyaning Suriyadagi rejalashtirilgan quruqlik operatsiyasi erta tashlangan qadam» ekani aytildi.

Roya:

Rossiya Turkiya qadamlarini tuzatishga harakat qilmoqda. Ya’ni, unga ko‘ra, Asad rejimi bilan yarashuvchi turk rejimi shoshilmasdan qadam tashlashi kerak. Shundoq ham, Suriya Demokratik Kuchlari rejalashtirilganidek bosim ostida Asad rejimi changali tomon ketyapti. Turk rejimiga AQSH tomonidan yuklangan vazifa Rossiyaning Suriyadagi harakatini tartibga solib, uni AQSH manfaatlariga xizmat qiluvchi tarafga yo‘naltirishdan iborat. Rossiya Shomdagi qattol qonxo‘r rejimga qayta jon kiritishdan iborat turk rejimining missiyasiga yordam berayotgan ekan, bu narsani tushunib turibdi.

Shom qo‘zg‘oloniga qarshi siyosiy makr hamon davom etmoqda va bunga Alloh Taolo rozi bo‘ladigan siyosiy birlik hamda Ummatimiz qurbonliklarini zoye ketishdan saqlab qolish bilan javob qaytarish lozim. Faqat shunday javobgina jangovar qo‘zg‘olon mashinasini qayta ishga tushiradi va xorijga sotilgan xoin yetakchilarni yo‘q qilishni hamda so‘ng rostgo‘y xolis insonlarning qonxo‘r rejim markazi tomon harakat yo‘llarini ochib, qo‘zg‘olonning uzoq intizorlik bilan kutilayotgan g‘oyasiga eltishni kafolatlaydi.

Roya gazetasining 2022 yil 21 dekabr chorshanba kungi 422-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.