Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot konferensiyasi o‘tkazdi

79
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot konferensiyasi o‘tkazdi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati (hijriy 1444 yil 3 jumodulavval, milodiy 2022 yil 27 noyabr yakshanba kuni kunduz soat o‘n birda) «Nizoni bartaraf etadigan, bo‘linganlarni birlashtirib, dushmanni g‘azablantiradigan dastur loyihasi taqdimoti», deb nomlangan matbuot konferensiyasini o‘tkazdi. Ko‘plab jurnalistlar, siyosatchilar, faollar, tadqiqotchilar va jamoatchilik ishlari xodimlari bilan to‘lgan ushbu konferensiya zalida barchaga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati dastur loyihasi nomli kitobcha tarqatildi.

Ta’kidlash lozimki, matbuot anjumanida birinchi Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) nutq so‘zlab, Hizb tomonidan yurt muammolarini hal etish uchun taqdim etilgan Xalifalik davlatining dastur loyihasiga izoh berib o‘tdi. Ustoz o‘z nutqida «Ushbu dastur ahkomlari Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning Sunnatlari, sahobalar ijmoi va shar’iy qiyosdan to‘g‘ri ijtihod bilan ishlab chiqildi», dedi.

Keyin, advokat ustoz Hatim Ja’far nutq so‘zlab, dastur moddalarini huquqiy jihatdan tushuntirib o‘tdi hamda uning ilohiy vahiyga asoslangani va hayot muammolariga yechim berish imkoniyatini bayon qildi.

Anjumanning o‘zaro bahs-munozaralar bo‘limida ishtirokchilar juda faol bo‘ldilar. Muloqot va bahs-munozaralarga qo‘shimcha, bir qancha ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan savollar berilib, reaksiyalar bildirildi. Jumladan, jurnalistlar uyushmasi xodimi ustoz Imoduddin Muso, Al-Voqiya telekanalidan Ahmad Abkar Mandub, Vatan gazetasidan Honiy Usmon, Axborul Yavm gazetasidan Rashid Ahmad, ustozlar Sufyon Nurinul Intiboh bilan Honiy Usmon, Ehromul Yavm gazetasidan Nahla Muslim va siyosiy faol Sarvat Hodiy va boshqalar. Anjumanda o‘zining har doimgi faxrli tashrifi bilan yozuvchi jurnalist Muhammad Mabruk ham ishtirok etdi. Shuningdek, «Nil Arzaq» telekanali bilan «Hilol» telekanali xodimlari ham qatnashib, ustoz Abu Xalildan intervyu olishdi.

Roya gazetasining 2022 yil 7 dekabr chorshanba kungi 420-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.