Xitoy Sharqiy Turkistonda Islom nurini o‘chirish uchun muslima uyg‘ur ayollarni kofirlarga turmushga chiqishga majbur qilmoqda

134
0

Xitoy Sharqiy Turkistonda Islom nurini o‘chirish uchun muslima uyg‘ur ayollarni kofirlarga turmushga chiqishga majbur qilmoqda

«The Telegraph» gazetasi 2022 yil 16 noyabrda Sharqiy Turkistonda muslima ayollar duchor bo‘layotgan majburiy nikoh holatlari haqida xabar tarqatdi. Maqola «Xitoyliklar uyg‘urlarni yo‘q qilish rejasi doirasida muslimalarga uylanish uchun pul mukofoti olmoqda» deb nomlanadi. Inson huquqlari tashkiloti Sharqiy Turkiston rasmiylarining uyg‘ur ayollarini majburan turmushga berish uchun ularga tahdid qilishayotgani va pora berishayotganini aniqlagan. Markazi Vashingtonda joylashgan «Uyg‘ur Inson Huquqlari Loyihasi» notijorat tashkiloti uyg‘ur ayollarining musulmon bo‘lmagan va hech tanimagan xan erkaklari bilan turmush qurishlarida ularni shantaj qilish va pora berish holatlarini hujjatlashtirgan. Hisobot rasmiy siyosiy hujjatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va xorijdagi uyg‘urlar bilan suhbatlarga asoslangan. Simina Mistreanu hisobotiga ko‘ra, Shinjon hukumati xan erkaklariga turmushga chiqmoqchi bo‘lgan uyg‘ur ayollariga uy-joy, ta’lim, ish va sog‘liq sug‘urtasi bilan bir qatorda naqd pul beradi. Agar rad javobi olsa, ayollarni yoki ularning oilalarini konslagerlarga jo‘natish bilan tahdid qiladi. Bir holatda, mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Aqsu viloyatidagi Kalasa qishlog‘i rasmiylari qishloqdagi «milliy birlik, bir oila» kampaniyasi doirasida uyg‘ur-xan qorishmasi uchun er-xotinga 40 ming yuan (4750 funt sterling) taklif qilgan. Xuddi shunday, rasmiy hujjatlarga ko‘ra, eski Qashqar shahri «etnik nikoh mukofotlari» uchun yiliga 20000 yuan (2380 funt sterling) ajratgan.

Xorijdagi faollar tomonidan yuklangan va Douyin’ nomi bilan tanilgan TikTokning xitoycha versiyasida tarqalgan videolarda, majburan turmushga chiqqan muslima ayollarning to‘y marosimlari aks etgan. Xitoy rasmiylari terrorizmning oldini olish va ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlash uchun bunday chora-tadbirlar zarurligini ta’kidlamoqda. Haqiqat shuki, bu Xitoy rejimining Islom dinidan va uning mintaqada kuchayib borayotganidan qattiq qo‘rqayotganini ko‘rsatadi. Muslima ayollar Ummatning kelajakdagi mentalitetining kalitidirlar. Bundan tashqari, ularning o‘z farzandlarini Islomning kuchli qadriyatlari asosida tarbiyalash qobiliyatiga putur yetkazish mintaqada islomiy g‘oyalarning qadimiy mavjudligiga putur yetkazish uchun qo‘llaniladigan strategik manevrdir. Biroq bu behuda siyosiy hujum bo‘lib, musulmonlarni faqat o‘z dinini himoya qilishga undaydi. Qolaversa, musulmonlarga qilingan zulmlar tarixda hech qachon ularni o‘z dinidan qaytarishga muvaffaq bo‘lmagan. Chunki Alloh Subhanahu va Taolo hamisha musulmonlar tarafida bo‘lgan va Sharqiy Turkistondagi muslima ayollar o‘zlari duchor bo‘lgan zulmlar evaziga Robbilaridan mukofot oladilar. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

﴿إِنَّمَا يُوَفَّى الصَّابِرُونَ أَجْرَهُم بِغَيْرِ حِسَابٍ﴾

«Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur»        [Zumar 10]

Darhaqiqat, Alloh Subhanahu va Taolo bizga ma’lum qilganidek, zulm – o‘ldirishdan ham yomonroqdir. Musulmonlar hukmdorlarining muslima opa-singillarimizga nisbatan qilinayotgan shafqatsiz munosabatlarga jim qarab turishlari jinoyatdir. Bu esa, ularni ag‘darib tashlashni va opa-singillarimiz sha’nini Islom dushmanlaridan himoya qilish uchun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini tiklashni talab qiladi.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.