Iydi Qurbon butun Islom Ummatiga muborak boʻlsin

819
0

Iydi Qurbon butun Islom Ummatiga muborak boʻlsin

اللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ لَا إلَهَ إلَّا اللَّهُ وَاَللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ وَلِلَّهِ الْحَمْدُ

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Vallohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni yer yuzida xalifa qilishni vaʼda qilgan Allohga hamdu sanolar boʻlsin.  “… soʻng Paygʻambarlik minhoji asosida Xalifalik boʻladi”, deya bashorat qilgan Allohning Rosuliga, u kishining oilalari, ashoblari va u zotga yaxshilik bilan ergashgan zotlarga salotu salomlar boʻlsin, ammo baʼd:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Barchamiz chin yurakdan orzuqib kutgan Iydi Qurbon bayrami ham yetib keldi. Biz, Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston viloyati butun Islomiy Ummatni, shu jumladan, Qirgʻiziston musulmonlarini ushbu ulugʻ bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Sizlarga yaxshiliklar tilab, Alloh rizosi uchun qilgan butun ibodatlaringiz qabul boʻlishini soʻrab qolamiz. Biz siz azizlarni iyd Qurbon bilan tabriklar ekanmiz, sizlarning barcha sharʼiy tilaklaringizga tilakdoshmiz.

Afsuski, Musulmonlar xursandchilik bilan oʻtkazishi kerak boʻlgan hayit bayramlarimiz bugungi kunga kelib, togʻutlar hukmdorlarning kasofati tufayli gʻam-anduhga aylandi. Chunki Suriya, Iroq, Afgʻoniston, Falastin, Arakan, markaziy Afrika, xullas dunyoning qayeriga qaramang, musulmonlar kufr zulmidan aziyat chekmoqda. Shunday boʻlsada, kelajakka umid ila boqib, Allohdan Ummat boshidagi musibatlarni koʻtarishini soʻrab qolamiz. Chunki biz Alloh Taoloning vaʼdasiga va Rosululloh s.a.v.ning bashoratlariga aniq ishonamiz.

 Insha Alloh keyingi hayit bayramlari tabrigini shaxsan Xalifamizning oʻzidan eshitishni Ulugʻ Robbimizdan yolvorib soʻraymiz. Zero, Xalifalik davlatiga musulmonlar Xalifasi bosh boʻlib odamlarni bu zulmlardan Islom nuri va adolatiga olib chiqadi.

 Barchangizni muborak Qurbon hayit bayrami bilan yana bir bor tabriklaymiz. Alloh Subhanahu va Taolo barchalarimizni Oʻzining Haq yoʻlidan adashtirmasin hamda Oʻz nusrati bilan rizqlantirsin! Xonadoningizdan qut-baraka, tanangizdan sogʻlik va salomatlik, qalbingizdan Iymoniy quvat va soʻnmas  shijoat arimasin, Amin.

Vassalamu alaykum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.