Afg‘on oilalar ochlikka qarshi o‘z farzandlariga giyohvand moddalar bermoqda!

116
0

Afg‘on oilalar ochlikka qarshi o‘z farzandlariga giyohvand moddalar bermoqda!

Britaniyaning Bi-Bi-Ci radiosi 2022 yil 24 noyabr kuni tarqatgan xabarida Afg‘onistondagi halokatli oziq-ovqat taqchilligi va inqiroz qanchalik ulkan ekanligi haqidagi hisobotni e’lon qildi. Bi-Bi-Ci qishloq oqsoqoli Abdulvahobdan bunday iqtibos keltiradi: «Farzandlarimiz ochlikdan uxlay olmay, tinmay yig‘lashadi. Bergani yeguligimiz yo‘q. Shu bois, dorixonadan uxlatadigan tabletka olib, uxlashlari uchun bolalarimizga ichirishga majbur bo‘lyapmiz». Jahon oziq-ovqat dasturi 20 milliondan ortiq odam – ya’ni aholining teng yarmi – oziq-ovqat xavfsizligi favqulodda darajasining 3-darajali yoki 4-darajali krizisidan aziyat chekayotgani haqidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. 5 yoshgacha bo‘lgan bir milliondan ortiq bola oziq-ovqat taqchilligining yuqori darajasi hamda uzoq vaqt to‘yib ovqatlanmaslik tufayli o‘lim xavfi ostida qolmoqda. Ochlikning yoshlarga ta’sirini shunchaki oziq-ovqat yordamlari hajmini ko‘paytirish bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Tibbiy haqiqat shundan iboratki, o‘sish va rivojlanishi to‘xtab qolgan bolalar hatto halok bo‘lishdan qutulib qolgan taqdirda ham, jiddiy sog‘liq muammolariga duch kelishadi. Jahon oziq-ovqat dasturining ma’lum qilishicha, G‘or tumanida o‘n minglab insonlar to‘yib ovqatlanmaslikning halokatli 5-darajasiga tushib qolgan. Bu ocharchilikning boshlanishi hisoblanadi. Umumiy hisob bo‘yicha, 2022 yil avgust oyidan beri afg‘onistonliklarning 90 %dan ortig‘i oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat chekib keladi. Bir necha kunlarni ovqatlanmasdan o‘tkazib yuborish, oziq-ovqatga pul topish uchun ekstremal mexanizmlar bilan shug‘ullanish, shu jumladan, bolalarni ishga chiqarish oddiy holga aylangan. So‘nggi paytlarda bolalarni giyohvand moddalar bilan uxlatish harakatlari yosh bolalarning qiyinchiliklarini yengillashtirish uchun odamlar tarafidan umidsiz choralar ko‘rilayotganidan dalolat beradi. Hirot shahrida G‘ulom Hazrat ismli bir birodar jurnalistlarga, Alprazolam tabletkalarini ko‘rsatgan. Bu dori vahima va xavotirlardan tinchlantirish uchun qo‘llaniladi. Biroq, bolalarga qo‘llanganda esa, buyrak va jigar kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, essitalopram bilan sertralin tabletkalarini bir burda nonning narxiga sotib olsa bo‘ladi.

Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish o‘rniga ularni zaharlashda gavdalanayotgan bunday vaziyat, shubhasiz, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik soyasida Islom boshqaruvi yo‘qligining oqibatidir. Shuningdek, Amerika va boshqa davlatlar Jahon Banki guruhi bilan birgalikda Tolibonning 2021 yil 15 avgustda hokimiyatni bosib olganligi uchun sanksiya sifatida Afg‘oniston markaziy bankining qimmatbaho qog‘ozlarini bekor qildi. «Afg‘onistonda kuchayib borayotgan ocharchilik va sog‘liqni saqlash krizisi juda dolzarb masala bo‘lib, uning ildizlari bank krizisiga borib taqaladi», deydi «Human Rights Watch»ning Osiyo bo‘yicha direktori Jon Sifton. Tolibonning xorijiy hukumatlar oldidagi mavqei yoki e’tiboridan qat’iy nazar, xalqaro iqtisodiy cheklovlar hamon Afg‘onistonni halokatga yetaklamoqda va afg‘on xalqiga zarar etkazishda davom etmoqda. Afg‘oniston Markaziy Banki o‘zining xorijiy valyuta zaxiralaridan foydalanish yoki ko‘plab davlatlararo tranzaksiyalarni olish imkoniga ega bo‘lolmayapti. Oqibatda yurt ulkan likvidlik krizisidan va banknotlar taqchilligidan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, kompaniyalar, gumanitar tashkilotlar va xususiy banklardan o‘zlarining operatsion imkoniyatlariga nisbatan keng qamrovli cheklovlar kiritilgani haqida xabarlar kelib turibdi. Shu bilan birga, xorijiy donorlar Afg‘onistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muhim tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash uchun beradigan mablag‘larni keskin qisqartirishgan… Millionlab inson daromad manbalaridan ayrilgan.

Darhaqiqat, o‘tgan yigirma yil davomida Afg‘onistonga ko‘rsatilgan yordam va mablag‘larning katta qismi amerikalik va yevropalik «pudratchi»larning o‘ziga ketdi. Afg‘onistonda birorta ham infratuzilma qurilmagan. Bu – mamlakatning qashshoqlik va oziq-ovqat taqchilligidan azob chekayotgani sabablaridan biridir. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiyot va G‘arb yordamlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ko‘p ishlar qilinmagan. Afg‘oniston, shubhasiz, Ummatga hujum qiladigan va uni xorlaydigan podshohlar to‘g‘risidagi Alloh Subhanahuning quyidagi kalomiga ochiq misoldir:

﴿قَالَتْ إِنَّ الْمُلُوكَ إِذَا دَخَلُوا قَرْيَةً أَفْسَدُوهَا وَجَعَلُوا أَعِزَّةَ أَهْلِهَا أَذِلَّةً وَكَذَلِكَ يَفْعَلُونَ﴾

«U aytdi: «Aniqki podshohlar qachon biron qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron eturlar, aholisining obro‘-e’tiborlilarini esa hor-zor qilurlar. Ularning qilmish-odatlari shudir»

         [Baqara 120]

Alloh Subhanahu va Taolo musulmonlarning g‘ayrimusulmon vujudlar hukmronligiga bo‘ysunishlaridan hargiz rozi bo‘lmaydi. U Zot quyidagi kalomida bunday deydi:

﴿وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً﴾

«Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo‘lmaydilar»

         [Baqara 120]

Shuning uchun biz Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga harakat qilmog‘imiz lozim. Chunki faqat Xalifalikkina Islomni keng miqyosda tatbiq qiladi hamda ushbu Ummatning, shu jumladan aziz farzandlarimizning himoyasini qayta tiklab, ularni azob-uqubatlardan qutqaradi.

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ﴾

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar»  [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.