Hizb ut-Tahrir a’zolari safida yoppa qamoqqa olishlar…

130
0

Matbuot bayonoti

Hizb ut-Tahrir a’zolari safida yoppa qamoqqa olishlar…

Ular Tunisning Xalqaro Valyuta Fondiga sotib yuborilishiga qarshi chiqqanlari uchungina qamoqqa olindilar!

Kecha, 2022 yil 11 noyabr juma kuni bir guruh poytaxt xavfsizlik xizmati xodimlari Hizb ut-Tahrir a’zolaridan o‘n nafarini Fath masjidi oldida ma’ruza tadbiri chog‘ida qamoqqa oldi. Ular ma’ruzada odamlarga prezident tomonidan Tunisni Xalqaro Valyuta Fondiga sotish siyosati olib borilayotganiga qarshi Hizb pozitsiyasini yoritib berayotgan edilar. Shuning uchun bu qamoqqa olish u yerda to‘plangan oddiy insonlar orasida kuchli g‘azabni paydo qildi. Oqibatda xavfsizlik xizmati Hizb a’zolarining har biriga 2022 yil 17 noyabrda xavfsizlik idorasiga kelish to‘g‘risida chaqiruv qog‘ozini bergandan so‘ng qo‘yib yubordi.

Biz Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi a’zolari rejimni Hizb a’zolarini qamoqqa olishda davom etishdan ogohlantiramiz. Qudratga kelgan paytda Tunis ahliga ajnabiy doiralarga malaylik qilish siyosati to‘xtatiladi, deya va’da bergan prezident Qays Saidga quyidagilarni eslatamiz: Yigitlarimizni qamoqqa olish uyat emasmi, axir, ular Ummatning ko‘ruvchi ko‘zlari-ku, shuningdek, kuch-qudratga erishish yo‘li yurtimizni talab to‘ymayotgan mustamlakachilar siyosatiga ergashish bilan bo‘lmasligini hukumatga nasihat qilmoqdalar-ku?!

Ummatning xavfsizlik xizmatidagi farzandlariga ushbularni eslatamiz: Hizb ut-Tahrir a’zolarini hibsga olishga qanday jur’at qildingiz, axir, ular sizga dushmaningiz qilayotgan makr-hiylalarni ko‘rsatib berayotgan bo‘lsalar?! Shuningdek, dushmanning farzandlaringiz nonini tortib olib, na burchga va na ahdga boqayotganini ochib berayotgan bo‘lsalar, sizga o‘zining xolis qo‘lini uzatib, Xalqaro Valyuta Fondi qo‘ygan «moliyaviy komissiya» tuzog‘idan qutqarayotgan bo‘lsalar?!

Biz Allohga hamd aytamizki, saflar ajralib-saralandi, rejimning barcha ayblari fosh bo‘ldi. Alloh Taolo bunday deydi:

مَا كَانَ اللَّهُ لِيَذَرَ الْمُؤْمِنِينَ عَلَى مَا أَنْتُمْ عَلَيْهِ حَتَّى يَمِيزَ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ

«Alloh mo‘minlarni sizlar bo‘lgan mana shu holatda hargiz tashlab qo‘ymaydi, hali U nopokni pokdan ajratadi» [Oli Imron 179]

Allohga beadad shukrki, biz mustamlakachi va uning yurtimizdagi gumashtalariga qarshi safdamiz.

Bu qamoqqa olishlar va tadbir-choralardan maqsad Hizb ut-Tahrirni xalqdan yakkalab qo‘yish va yurtni Xalqaro Valyuta Fondi va uning bo‘limlariga garov va qul qilib berayotgan siyosatni fosh etuvchi ovozlarining xalqqa yetib borishidan to‘sishdir. Biroq, bu urinishlarning barchasi Tunisni G‘arb va uning mahalliy qo‘g‘irchoqlari hukmronligidan qutqarish hamda Islom asosidagi roshid boshqaruv barpo etishdek maqsadimizni yanada qat’iylashtiradi, xolos.

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.