1437 yilning Shavvol oyini kuzatish natijasi eʼloni

1545
0

1437 yilning Shavvol oyini kuzatish natijasi eʼloni hamda muborak ramazon hayiti tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Allohga hamd boʻlsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga hamda ul zotga ergashib, yoʻlidan yurgan, Islom aqidasini oʻzining fikratiga asos qilib olgan, sharʼiy ahkomlarni esa amallariga oʻlchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar boʻlsin, ammo baʼd:

Buxoriy oʻzining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra ning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy  yoki Abu Qosim  aytdilar:

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ”

“Oyni koʻrib roʻza tutinglar (roʻzani boshlanglar), oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar havo bulut boʻlsa, shaʼbon oyining sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar”.

Bu kecha, yaʼni dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasida muborak shavvol oyi kuzatilgandan keyin oyni sharʼiy koʻrish bilan koʻrilgani oʻz isbotini topmadi. Shunga binoan, ertaga seshanba kuni insha Alloh muborak ramazon oyining oxirgi oʻttizinchi kuni, indinga chorshanba esa shavvol oyining hamda muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kunidir.

Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta – u kishini Alloh hifzu himoyasida asrasin – sizlarni va barcha Islomiy Ummat farzandlarini muborak ramazon hayiti bilan qutlaydilar. U kishi Alloh Subhanahu va Taolodan yer yuzida Islomni tatbiq qiladigan, uni hidoyat va nur sifatida butun olamga yetkazadigan, yurtlarni ozod qilib, Allohning bandalariga xizmat qiladigan Xalifalik davlatini barpo etishga bizlarni muyassar qilishini soʻraydilar. Ushbu jihod davlati bilan avvalgi fathlar qayta amalga oshadi. Natijada, odamlar hayit bayramlari va fathlarida Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd… deya hayqiradilar.

Shuningdek, men ham Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi raisi va matbuot boʻlimi xodimlari tomonidan ushbu muborak oy munosabati bilan yoʻllangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga yetkazayotganimdan mamnunman. Zero, Alloh bu hayitning roʻzadorlarni shodlantiruvchi, musulmonlar birligini namoyon qiluvchi va musulmonlarga odamlardan alohida yagona ummat ekanliklarini eslatuvchi boʻlishini iroda qildi.

Ey Yer yuzining barcha joyidagi musulmonlar!

Butun kufr millatlarining ustingizga itdek tashlanishi, hukmdorlaringizning mustamlakachi dushmanlar bilan til biriktirishi sizlarni aldab qoʻymasin-tashvishga solmasin. Sizga shuni eslatmoqchimanki, Quraysh zodagonlari Makkada haq ovozini bostirish va Islom daʼvati nurini oʻchirishga ojiz qolganlaridan soʻng, Rosululloh ni oʻldirishga til biriktirishdan oʻzga chora topisholmadi. Shunda mushriklar Nabiy  doʻsti Abu Bakr Siddiq  bilan yashiringan Gʻorgacha yetib borishgan boʻlsa-da, Alloh Subhanahu va Taolo ularning kuchini ham, makrlarini ham behuda ketkazishni ixtiyor qildi. Darhaqiqat, Qurʼoni Karimda ushbu tarixiy lahza Allohning ushbu kalomi sifatida saqlanib qoldi:

﴿إِلَّا تَنْصُرُوهُ فَقَدْ نَصَرَهُ اللَّهُ إِذْ أَخْرَجَهُ الَّذِينَ كَفَرُوا ثَانِيَ اثْنَيْنِ إِذْ هُمَا فِي الْغَارِ إِذْ يَقُولُ لِصَاحِبِهِ لَا تَحْزَنْ إِنَّ اللَّهَ مَعَنَا فَأَنْزَلَ اللَّهُ سَكِينَتَهُ عَلَيْهِ وَأَيَّدَهُ بِجُنُودٍ لَمْ تَرَوْهَا وَجَعَلَ كَلِمَةَ الَّذِينَ كَفَرُوا السُّفْلَى وَكَلِمَةُ اللَّهِ هِيَ الْعُلْيَا وَاللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ﴾

“Agar sizlar unga (yaʼni, paygʻambarga) yordam qilmasangiz (Allohning Oʻzi unga yordam qilur). Uni kofirlar ikki kishining biri boʻlgan holida (yaʼni, bir hamrohi bilan Makkadan) haydab chiqarganlarida, unga Alloh yordam berdi-ku. Oʻshanda ikkovlon gʻorda boʻlgan paytlarida hamrohiga: “Gʻamgin boʻlma, shubhasiz, Alloh biz bilan birgadir”, der ekan, Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va uni sizlar koʻrmagan lashkarlar (yaʼni, farishtalar) bilan qoʻllab-quvvatladi hamda kofir boʻlgan kimsalarning soʻzlarini tuban qilib qoʻydi, Allohning soʻzigina yuksak soʻzdir. Alloh qudratli, hikmatlidir”               [Tavba 40]

Ha, kufr davlatlarining ustingizga itdek tashlanishi sizlarni aldab qoʻymasin-tashvishga solmasin. Chunki bu – kofirlar va ularga malay boʻlgan hukmdorlarning Ummatni qullik yoʻlida tiz choʻktirishdan ojiz ekaniga bir dalildir. Allohning izni ila, ular bu ishda hargiz muvaffaqiyat qozonolmaydi. Chunki ularning uylari, oʻrgimchak uyasidan ham moʻrtdir. Siz hozir zolim podshohlik zamoni oʻzining soʻnggi nafasini olayotganiga, zim-ziyo zulmat tongga aylanish arafasida turganiga guvoh boʻlyapsiz. Shu boisdan, hukmdorlarni agʻdarish va Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish uchun qatʼiy qaror qilib, Allohning arqonini mahkam ushlang.

Alloh Subhanahu va Taolodan sizu bizning tutgan roʻzalarimiz, qiyomlarimiz va solih amallarimizni Oʻz dargohida qabul qilgan boʻlishini soʻrayman. Shuningdek, kelgusi roʻza Alloh sizlarni adolatli roshid xalifa bilan ikrom qilgan holda qaytib kelishini ham soʻrab qolaman. Shunda sizlar bu xalifa bilan himoyalanasiz va uning ortida turib jang qilasiz… va u sizlarni Allohning kitobi va Rasuli ning Sunnati bilan boshqaradi… Bu ish Allohga qiyin emas.

Hayit xursandchiligi toʻliq boʻlishi uchun siyosat, iqtisod, ijtimo va taʼlim kabi hayotning barcha sohalarida islomiy hayotni qayta boshlash lozim. Shuningdek, hayit xursandchiligi toʻliq boʻlishi uchun Islomning buyuk qasrini, Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik qasrini qurish lozimdir.

Sizlarni eng buyuk hayitga, uni roʻyobga chiqarish uchun faoliyat olib borishga daʼvat qilaman. Hayitingizni Alloh Subhanahu va Taolo amriga boʻysunish hamda ushbu dinni qudratli va gʻolib qilish uchun ixlosli kishilar bilan birga harakat qilish orqali xotimalang. Toki, barchamiz aniq gʻalaba kunida gʻoliblar, toat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, tavba qiluvchilar takbirini aytaylik…

اَللهُ أَكْبَرُ اَللهُ أَكْبَرُ اَللهُ أَكْبَرُ … لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ

اَللهُ أَكْبَرُ اَللهُ أَكْبَرُ .. وَللهِ الْحَمْدُ

اَللهُ أَكْبَرُ كَبِيرًا وَالْحَمْدُ للهِ كَثِيرًا وَسُبْحَانَ اللهِ بُكْرَةً وَأَصِيلاً

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ … صَدَقَ وَعْدَهُ .. وَنَصَرَ عَبْدَهُ .. وَأَعَزَّ جُنْدَهُ وَهَزَمَ الْأَحْزَابَ وَحْدَهُ

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ .. وَلاَ نَعْبُدُ إِلاَّ إِيَّاهُ .. مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

Barchangizni hayitingiz muborak boʻlsin! Alloh Subhanahu va Taolo barchalarimizning toat-ibodatlarimizni qabul qilsin!

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

1437 yil, muborak ramazon oyining oxirgi oʻttizinchi kuni, seshanbaga oʻtar kechasi

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning

markaziy matbuot boʻlimi raisi

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.