Balfur deklaratsiyasi haqdorlarning mulkini nohaqlarga berishdir

102
0

Matbuot bayonoti

Balfur deklaratsiyasi haqdorlarning mulkini nohaqlarga berishdir

Poytaxt San’odagi oliy siyosiy kengash a’zosi Muhammad Solih Naimiy «Balfur deklaratsiyasi Ummat, xususan Falastin xalqi duch kelgan tarixiy va siyosiy jinoyat xotirasini eslatmog‘i darkor. Chunki yahudiylar mana shu mash’um deklaratsiya sababli Falastin yerlarini bosib olishgan», dedi. U bu gaplarni Balfur deklaratsiyasining 105 yilligi xotirasida «Mash’um Balfur deklaratsiyasini unutmaylik» shiori ostida Sho‘ro majlisi tomonidan uyushtirilgan ma’ruza tadbiri chog‘ida aytdi.

Aslida, Yaman yoki boshqa musulmon yurtlari hukmdorlaridan Balfur deklaratsiyasi fojialarini eslash uchun konferensiya va ma’ruza tadbirlarini uyushtirish talab qilinmaydi. Aksincha, hokimlarning zimmasidagi shar’iy vazifa – agar ular rostgo‘y bo‘lsalar – armiyalarni harakatga keltirishdan iborat. Chunki armiyalar ham, mag‘lub xalqlar ham shu hukmdorlarning hukmi ostida turibdi. Agar hokimlar yo‘l beradigan bo‘lsa, bu xalqlar yahudiylarga qarshi jang qilishni va ularni ildizlari bilan qo‘porib tashlashni intiqlik bilan kutib turibdilar.

Britaniya ayni deklaratsiya jinoyati bilan haqdorlarning mulkini haqsizlarga bergan. Britaniyaning bu jinoyati uning Xalifalik davlatini ag‘darish jinoyati bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun musulmonlar va ularning ustidagi hukmdorlar shuni unutmasinlarki, Xalifalik bilan Falastin egizakdir. Shu bois, Britaniya avval birinchisini, keyin ikkinchisini yo‘q qildi. Demak, armiyalarimiz birinchisini qayta barpo etmay turib, ikkinchisi bilan shug‘ullanmasligi kerak. Shu sababdan G‘arb Falastinni bosqin ostida turishini Xalifalikni oldini olish va barpo bo‘lsa unga qarshi kurashish rejalarida asosiy nuqta, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham Islom Ummati Balfur deklaratsiyasini xotirlayotgan ekan, deklaratsiyani imzolash jinoyati bilan Xalifalikni ag‘darish jinoyatini bir-biridan ayrimagan holda xotirlamog‘i lozim. Shuningdek, Falastin masalasi yolg‘iz Falastin ahlining yoki faqat arablarning masalasi emasligini, balki aslida islomiy masala ekanini unutmasligi lozim. Shubhasiz, u islomiy tuproq masalasi bo‘lib, yirik davlatlar ko‘magida va musulmon yurtlar hukmdorlari bilan hamkorlikda yahudiylar tomonidan ishg‘ol etilgan muqaddas zamin masalasidir.     Yahudiy vujudini yo‘q qilish va ushbu Islom zaminining har bir qarichini qaytarib olish Ummatning imkoniyatidagi ishdir. Buning kaliti esa Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishdan iborat. Chunki AQSH bilan Britaniyani jahon maydonidan chiqarib yuborishga, AQSHning xalqaro gegemonligini yo‘q qilib, olamni uning yovuzligidan qutqarishga, anavi yahudiylarni tag-tomiri bilan sug‘urib tashlab, Falastinni to‘lig‘icha musulmonlar qo‘li ostiga qaytarishga shu roshid Xalifalik kafildir. Bularning barchasi Islom Ummatining qo‘lidan keladigan imkoniyat doirasidagi ishlar. Zotan, Haq Subhanahu bunday degan:

 وَأَنْتُمُ الأَعْلَوْنَ وَاللهُ مَعَكُمْ وَلَنْ يَتِرَكُمْ أَعْمَالَكُمْ 

«Sizlar oliy-ustunsizlar, (chunki) Alloh sizlar bilan birgadir va U qilgan amallaringizni (savob-mukofotini) hargiz kamaytirmaydi»  [Muhammad 35]

Britaniyaning – u bilan birga Fransiya va AQSHning – Falastinga, Ummatga qarshi jinoyatlari javobsiz qolmaydi va buning javobi islomiy yurtlar hukmdorlarini yiqitishdir. Bu esa, ongli xolis yetakchilik atrofida birlashmoq va Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yurituvchi bitta hukmdorga bay’at qilmoq bilan bo‘ladi, ma’ruzali tadbirlar va quruq shiorlar bilan emas. Chunki bularning voqelikda hech bir amaliy jihati yo‘q! Yahudiy vujudi go‘yo shu hukmdorlarning soyasidir. Shu bois, o‘sha hukmdorlar yo‘q bo‘lsa, ularning soyasi ham yo‘qoladi. Demak, Ummat hukmdorlarni yiqitish bilan o‘zining jangovar irodasini qayta tiklab, mustamlakachilik hukmronligiga yakun yasaydi. Shu orqali Ummat ko‘ksiga xanjar qilib sanchilgan yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlaydi. Ana shunda butun Falastin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida yana Islom Ummati bag‘riga qaytadi.

Hizb ut-Tahrirning Yaman

viloyatidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.