Ey Kinona ahli! Qutulishingiz Islom loyihasini qabul qilish hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishdadir

27
0

Matbuot bayonoti

Ey Kinona ahli! Qutulishingiz Islom loyihasini qabul qilish hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishdadir

Rejimning Kinona ahlining oddiy ehtiyojlarini ham qondirolmasligi fosh bo‘lib, odamlarni o‘zi sabab bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa krizislardan qutqarishda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgani ko‘rindi… Mana shunday bir manzarada norozilik namoyishlariga chaqiriqlar kuchayib borayotgan ekan, biz Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati a’zolari odamlarga yo‘l ko‘rsatishimiz lozim. Qo‘zg‘olonlari qanday bo‘ladi, nimalar qilmoq kerak va qanday qo‘zg‘olon Robbilarini rozi qilib, istaklarini qondiradi, G‘arb va malaylarining uni o‘g‘irlashlaridan qanday qilib saqlab qoladi, shularni yoritib bermog‘imiz lozim. Chunki yetakchisiz boshlangan har qanday harakat birovlarning jilovlab olishiga va adashtirishiga mahkumdir.

Muqobil loyihasi va insonlar muammosini yecha oladigan tuzumi yo‘q bo‘lgan har qanday namoyish o‘g‘irlangan hisoblanadi. U hali boshlanib-boshlanmayoq, muvaffaqiyatsizlik tupigiga kiradi va olgan «samara»si o‘ziga, diniga va Ummatiga dushman bo‘lganlarning o‘qlari bo‘ladi. Kimda-kim rejimdagi basharalarning o‘zgarishiga rozi bo‘lsa va muammo shaxslarning korrupsiyasida, deb bilib, o‘nlab yillardan beri bizni boshqarayotgan demokratiyadan yaxshilik kutsa, demak u o‘zini o‘zi aldayapti, quruq hayollar bilan yashayapti… Ko‘p o‘tmay ko‘zini ochib qarasa, kelgan yangi basharalar biz uchun avvalgilardan ham shafqatsiz va zolimligiga guvoh bo‘ladi.

Odamlarni g‘azablantirgan va shunday norozilikka olib chiqqan krizislar Sisiy va a’yonlarining korrupsiyasi oqibati emas. Garchi ularning korrupsiyasi ochiq bo‘lib, shubhasiz bo‘lsa-da, biroq sababchi boshimizda hukm surayotgan demokratiyadir. Shu demokratiya o‘zining manfaatparastligi va to‘ymasligi bilan hukmdorga erk berdi… U ushbu erkinlikdan foydalanib, odamlar ustidan zulm qilishiga va G‘arbdagi kofir xo‘jayinlarining yurt boyliklarini talon-toroj qilishiga qulaylik yaratuvchi qonunlar ishlab chiqdi.

Demak, namoyishdagi talab eng birinchi mana shu demokratik rejimni apparatlariyu basharalari bilan qo‘shib ag‘darish bo‘lmog‘i darkor. Ya’ni shaxslarni o‘zgartirilishini emas, balki demokratiyaning barcha qonun va manbalari bilan hamda G‘arbga, uning tashkilotlariga, shartnomalariyu xalqaro qonunlariga qaramlik kabi shu demokratiya oqibatida kelib chiqayotgan narsalar bilan qo‘shib yo‘q qilinishi talab qilinmog‘i darkor. Shuningdek, demokratik tuzum o‘rniga adolatni kafolatlaydigan, Misr va uning ahlini krizislardan qutqarib, rivojlantira oladigan muqobil tuzumni taqdim etish kerak.

Tuzum adolatining kafolati uning o‘zidagi odillikdan kelib chiqadi. Ya’ni uning qonunlarini insonlar manipulyatsiya qilishga ham, ularni o‘zgartirishga ham, o‘z istaklariga mostlashtirishga ham qodir bo‘lolmaydigan darajada odil tuzum bo‘lishi kerak, shundagina uning adolati kafolatlanadi. Bu esa buyuk Islomdan boshqa tuzumda yo‘q. Chunki Islom Alloh Subhanahu va Taolodan vahiydir. Shu bois, Islom ushbu tuzum rahbarlarining odil bo‘lishini kafolatlaydi. Shuning uchun qo‘zg‘olon rejimning ag‘darilishini va uning xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati barpo etilishini talab qilmog‘i darkor. Chunki ushbu davlatgina Misr va uning ahlini taraqqiy toptirishga qodirdir.

Ey Kinona ahli!

Shuni bilingki, har qanday namoyish harakati o‘z oldiga agar rejimni ildizi bilan qo‘porib tashlashni, uning rahbarlarini ishdan olib, Misr va uning ahliga qarshi jinoyatlari uchun ulardan hisob so‘rashni, so‘ng shariatni tatbiq qiladigan va G‘arbga bo‘lgan turli surat va shakldagi tobelikka yakun yasaydigan Islom davlati barpo etishni maqsad qilmagan bo‘lsa, uni G‘arbga malay har qanday kimsalar jilovlab olishi muqarrardir. G‘arb yangi tuzumni yana mana shu kimsalar nusxa-qolipida yasayveradi va Misrni ham, uning ahli amalga oshirayotgan namoyishlarni ham qayta nolga olib borib qo‘yaveradi.

Ey Kinona armiyasidagi xolis insonlar!

Xalq bu rejimdan butunlay zada bo‘lib, dunyoning narigi chekkasidagilar ham eshitadigan darajada undan dod deya nola qilganlaridan so‘ng, endi bugun umid ko‘zlarini sizga tikadigan va sizdan nusrat so‘raydigan bo‘lib qoldi. Orangizdan Rosululloh ﷺning ansorlari kabi yordam beruvchilarni qidirmoqda. Bu jinoyatkor malay rejimlarning har biridan yuzini burib, Alloh, Rosuli va diniga yuzlanib, Ummati tomonga o‘tmoqda. Ummatning Islomni tatbiq qilishga harakat qilayotgan xolis farzandlariga nusrat beruvchilarni qidirmoqda. Bas, aytingchi, Islomga siz nusrat bermasangiz kim beradi?! Siz buyuk fotihlar nabiralaridan boshqa kim yordam beradi?! Mana, orqangizda o‘z ahlini hargiz aldamaydigan Hizb ut-Tahrir faoliyat qilyapti, keling, bu rejimni ag‘darib, Hizbga nusrat bering. Zero, Hizb Rosululloh ﷺ bashorat bergan Xalifalikni barpo etish orqali Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritish uchun barcha kerakli narsalarni tayyorlab qo‘ydi. Shoyadki, Alloh barchamizdan rozi bo‘lib, Kinona osmonidagi, butun insoniyat boshidagi qora bulutlar tarqalsin. Shubhasiz, Islomga nusrat berishning mukofoti kengligi yeru osmonchalik jannatdir. Biz Alloh Subhanahudan ushbu ansorlar va jannat ahli sizlar bo‘lishingizni, sizning qo‘lingiz bilan Islom va musulmonlarni aziz qilishini so‘rab qolamiz. Alloh Taolo bunday dedi:

﴿وَالَّذِينَ آمَنُواْ وَهَاجَرُواْ وَجَاهَدُواْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالَّذِينَ آوَواْ وَّنَصَرُواْ أُولَـئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقّاً لَّهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ﴾

«Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida kurashgan zotlar va (muhojirlarga) uy-joy berib, yordam qilgan zotlar (ansorlar) — ana o‘shalar haqiqiy mo‘minlar bo‘lib, ular uchun mag‘firat va ulug‘ rizq bor»         [A’rof 74]

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.