Ey zolim hukumat, muslima ayollardan qoʼlingni tort!

167
0

Ey zolim hukumat, muslima ayollardan qoʼlingni tort!

Qirgʼiziston milliy xavfsizlik davlat qoʼmitasi 12-noyabr kuni Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi mafkurasini tarqatuvchi “ayollar qanoti”ning yashirin faoliyati fosh etilgani toʼgʼrisida xabar tarqatdi.
Xabarga koʼra, maxsus xizmat vakillari 14 oktyabrda va 4 noyabrda besh kishining turar joyida tintuv oʼtkazgan. Natijada gumonlanuvchilarning ekstremistik tashkilotga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillar topilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan sudgacha ish qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
30 yildan beri bir ketib, oʼrnini boshqasi egallayotgan va har bir ekstermistik yoʼllar bilan hokimiyat tepasiga kelayotgan qirgʼiz hukumatlarining barchasi boshqaruvda siyosiy va iqtisodiy jihatdan boshi berk koʼchaga kirib qolsa, xalqning amaldagi hukumatga nisbatan noroziligi kuchayib borgan sari odamlar eʼtiborini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga burishi odatiy hol boʼlib qoldi. Bakiev, Аtambaev, Jeenbekov oʼz boshqaruvi davrida oʼzining siyosiy noʼnoqligi sababli mamlakatni inqiroz yoqasiga olib kelib qoʼygan vaqtda daʼvat yukini koʼtarib chiqqan moʼmin va moʼminalarga qarshi, ojiza muslimalarga qarshi kurashni kuchaytirgan haqida misollar talaygina boʼlib, oʼz vaqtida bu haqida batafsil bayonotlar eʼlon qilingan.
Аmaldagi hukumat, xususan, Sadir Japarov hokimiyat tepasiga kelgunga qadar bergan vaʼdalaridan birortasini bajarmadi. Mamlakatni qarz beruvchi davlatga aylantirish u yoqda tursin, aksincha qarz botqogʼiga tobora chuqurroq botirib boryapti. “Qumtor” oltin koni milliylashtirilsa xorijdan qarz olishga ehtiyoj qolmasligi haqida lof urgan Japarov joriy yilning oʼn oyi mobaynida xalq zimmasiga yana 180 million dollar qarz yukini yuklab qoʼydi. Oʼzbekiston bilan “Kampirobod” suv ombori boʼyicha erishgan kelishuvlar mahalliy xalq tomonidan keskin qarshilikka uchrab, norozilik kayfiyati kuchayib borishi ortidan Japarov yana sinalgan usul “ekstremizm” va “terrorizm”ga qarshi kurash qurolini ishga sola boshladi.
Japarov rejimi mamlakatga millionlab va hatto milliardlab zarar yetkazgan amaldorlarni “qustirish” evaziga ozodlikka chiqarib yuboryapti. Ushbu “qustirilgan” mablagʼlar qaerga sarflanayotgani borasida esa aholiga biror maʼlumot berilgani yoʼq. Аmmo, Robbim Аlloh deyishdan boshqa aybi boʼlmagan, inson bu dunyoga sinov uchun yuborilgani, insoning yashashdan maqsadi Аllohning roziligiga erishish ekanligini anglab yetgan va bu yoʼlda insonlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish yoʼlida harakat qilayotgan ojiza ayollarga qarshi turli xil boʼhtonlar bilan jinoyat ishi ochib, taʼqib qilishdan toʼxtamayapti.

Ey Sadir Japarov, senga avvalgilarning taqdiri ibrat boʼlsin. Ojiza, mazluma muslimalarning duosidan ehtiyot boʼl, zero mazlumning duosi bilan Аllohning oʼrtasida parda yoʼq, pokiza muslimalardan qoʼlingni tort!
Аlloh taolo aytadi:

وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِغَيْرِ مَا اكْتَسَبُوا فَقَدِ احْتَمَلُوا بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا
“Moʼmin va moʼminalarga, ular biror narsa qilmasalar ham ozor beradiganlar, batahqiq, oʼz ustilariga ochiq boʼhton va gunohni olibdilar”. [33:58]

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.