Jogorku Kenesh qirgʼiz-oʼzbek chegarasi boʼyicha shartnomani ratifikatsiya qildi

186
0

Jogorku Kenesh qirgʼiz-oʼzbek chegarasi boʼyicha shartnomani ratifikatsiya qildi

Xabar: Qirgʼiziston parlamenti qirgʼiz-oʼzbek chegarasining ayrim uchastkalari delimitatsiyasi boʼyicha shartnomani ratifikatsiya qilish toʼgʼrisidagi qonun loyihasi qabul qildi.
Biratoʼla uch oʼqishda qabul qilingan qonun loyihasini ovoz berish chogʼida 64 nafar deputat yoqlagan, 19 nafar deputat qarshi ovoz bergan.
Deputatlari, shuningdek, biratoʼla uch oʼqishda Kampirobod suv ombori suv zaxiralarini birgalikda boshqarish toʼgʼrisida Oʼzbekiston bilan tuzilgan shartnomani qoʼllab-quvvatlashdi.
Mazkur qonunlar, taomilga muvofiq, prezident tomonidan imzolanganidan keyin kuchga kiradi.
Oʼzbekiston parlamentining quyi palatasi bu hujjatlar ratifikatsiyasi boʼyicha qarorni 14 noyabrь kuni qabul qilgan edi.
Qirgʼiziston-Oʼzbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari delimitatsiyasi toʼgʼrisidagi shartnoma hamda Kampirobod suv ombori suv zaxiralarini birgalikda boshqarish toʼgʼrisidagi shartnoma ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan shu yil 3 noyabrida Bishkekda imzolangan.

Izoh: Qirgʼiziston va Oʼzbekiston hukumatlari oʼtgan yili chegarani belgilash boʼyicha kelishuvga erishganidan beri Kampirobod suv ombori masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Bugunga kelib bu masala boʼyicha tortishuv va shovqin-suronlar choʼqqisiga chiqib bormoqda. Vaziyatdan foydalanib qolmoqchi boʼlayotgan kuchlar ham buni kuch toʼplash va xalqni koʼtarish uchun qulay fursat sifatida koʼrmoqda. Rasmiy hukumat esa ularning ovozini oʼchirish uchun 20 dan oshiq taniqli siyosiy shaxslar va faollarni qamoqqa oldi.

Qirgʼizistonda chegara masalasi dolzarb mavzuga aylanib, rasmiy hukumat ham, muxolifat ham bu vaziyatdan oʼz manfaatlari yoʼlida foydalanib qolishga harakat qilayotgan bir vaqtda, biz musulmonlarning bu ishga nisbatan pozitsiyamiz qanday boʼlishi kerak?

Birinchidan, mustamlakachi kofirlar tomonidan islomiy yurtlar oʼrtalariga tortilgan sunʼiy chegaralar boʼlishi sharʼan harom boʼlgani sababli biz musulmonlar ushbu chegaralarni tan olmasligimiz kerak. Ikkinchidan, ushbu chegaralar hech qanday sharʼiy quvvatga ega boʼlmagani sababli, chegaralar bir chiziqdan ikkinchi chiziqqa koʼchirilishining hech qanday qiymati va ahamiyati yoʼq. Uchinchidan, musulmon shaxs nosharʼiy yaʼni xarom qilingan chiziqlar talashib, kufr manfaati uchun atayin siyosiy keskinliklar paydo qilinayotgan mojaro va namoyishlarda ishtirok etmasligi shart. Toʼrtinchidan, siyosiy vaziyatlarni toʼgʼri anglab, kufr gumashtalari boʼlgan hokimiyat bilan muxolifat oʼrtasida borayotgan hukm talashish oʼyinlarida ishtirok etmay, boshqalarni ham unda ishtirok etmaslikka chaqirishimiz zarur.

Kufr tomonidan oʼrtalarimizga tortilgan sunʼiy chegaralar xalq boshiga koʼp kulfat va balolar olib kelmoqda. Kampirobod masalasida hali soʼnggi nuqta qoʼyilganicha yoʼq. Ehtimol bu shu vaqtgacha sodir boʼlgan chegara mojarolari xolva boʼlib qoladigan vaziyatlarga sabab boʼlishi mumkin. Chunki chegara mojarolarida vaziyatlar aynan bir xil, ularning barchasida yer talashish urush va mojarolarning boshi boʼlib kelmoqda. Maʼlumki, kufr oʼz saqofati bilan musulmonlarni, xususan, oʼsib kelayotgan yosh avlodni millatchilik va vatanparvarlik fikrlari bilan sugʼorishga jiddiy eʼtibor qaratmoqda.
Аgar biz musulmonlar hozir bu fikr va tushunchalarga qarshi fikriy va siyosiy kurash olib borib, uning kirdikorlarini fosh etib bormasak, ertaga bu fikr va tushunchalar oʼzining achchiq mevalarini berishi hech gap emas. Vaziyatga faqat Islom robitasi – musulmonlar ogʼa-inidirlar – tushunchasigina toʼgʼri taʼsir koʼrsata oladi. Chunki vatanparvarlik tuygʼusi chegaralarda keskinliklar paydo qilsa, millatchilik tuygʼusi millatlararo ichki nizolar keltirib chiqaradi. Bir davlat ichida turli millat vakillari yashashi tabiiy hol. Ularni faqat Islom robitasigina birlashtira oladi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.