Rossiya buzg’inchi kuchlarga qarshi Qirg’izistonga yordam beradi

448
0

AQSh 2014 yilning oxirigacha Afg’onistondan qo’shinlarini chiqishni rejalashtirish bilan birga O’rta Osiyoda o’z nufuzini kuchaytirish uchun harakatlar olib borayotgani hech kimga sir emas. Ayni paytda Moskva ham bu mintaqalardagi ayrim rasmiylarning diqqatini o’ziga jalb qilish bilan AQShning mintaqadagi nufuziga soya solishga harakat qilmoqda.

Fors Axborot agentligining xabariga ko’ra, Moskva xavfsizlik bo’yicha maslahatchilarini qirg’iz hamkorlariga yordam berish uchun Qirg’izistonga jo’natadi. Bu Rossiya va Qirg’iziston o’rtasidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Rus axborot vositalarining bu borada yozishicha, bu qonun loyihasi ko’rib chiqilishi va qabul qilinishi uchun prezident Vladimir Putin tomonidan davlat Dumasiga yuborilgan.

Mazkur xabarga ko’ra, Rossiya buzg’inchi kuchlarga qarshi kurashish uchun Qirg’izistonga yordam beradi. Qirg’izistonga jo’natilishi kutilayotgan doimiy maslahatchilarning vazifasi diplomatlarni himoya qilish emas, balki Qirg’iziston xavfsizlik kuchlari bilan xalqaro jinoyatlar va tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlik qilishdan iboratdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.